Microsoft Word ihyo ilm ziyouz com doc



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/70
tarix15.10.2018
ölçüsü0,58 Mb.
#74297
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   70

Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
99
qidirsa» degan jumla bilan) hadis isnodlarining eng oliylarini yoki oxiratni talab qilishda 
ehtiyoj bo‘lmaydigan hadislarni nazarda tutganlar. 
 
Iso (a.s.) aytgan ekanlar: «Yo‘li oxiratga yo‘nalgani holda, o‘zi dunyoga yuzlangan odam 
qanday qilib ilm ahlidan bo‘ladi?! Kalomni unga amal qilish uchun emas, balki faqat 
bilish uchungina o‘rgangan kishi qanday qilib ilm ahlidan bo‘ladi?!» 
 
Solih ibn Kayson Basriy (r.a.) aytadilar: «Men ko‘p olimlarni ko‘rdim.  Ular hadislarni 
biluvchi fojir olimlardan Allohdan panoh tilar edilar». 
 
Abu Hurayra (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): «Kim 
Allohning rizosini topishga vasila bo‘ladigan ilmni dunyo maqomlaridan biriga erishish 
uchun talab qiladigan bo‘lsa, qiyomat kunida jannatning hidini ham hidlamaydi»,
144
 
dedilar». 
 
Alloh taolo yomonlik olimlarini «ilm bilan dunyoni yeyish» sifati bilan, oxirat olimlarini 
esa, «xushu’ va zohidlik» sifati bilan sifatlagan. Alloh taolo dunyo olimlari haqida 
shunday deydi: 
 
«Eslang (Ey Muhammad), Alloh Kitob berilgan kimsalardan «Albatta, u Kitobni 
odamlarga ochiq bayon qilursizlar va yashirmagaysizlar!» deb ahd-paymon 
olgan edi. So‘ng ular bu ahd-paymonni ortlariga tashladilar va uni ozgina 
qiymatga sotdilar» (Oli Imron surasi, 187-oyat). 
 
144. Abu Dovud va Ibn Mojalar yaxshi isnod ila rivoyat qilishgan. 
 
 
Oxirat olimlari haqida esa, bunday marhamat qiladi: 
 
«Albatta, ahli Kitob ichida Allohga hamda sizlarga nozil qilingan va o‘zlariga 
nozil qilingan narsalarga iymon keltiruvchi, Allohga itoat qilib bosh eguvchi, 
Allohning oyatlarini ozgina qiymatga sotib yubormaydigan zotlar ham borligi 
aniq-ravshandir. Ana o‘shalar uchun Parvardigorlari huzurida ajru-savob 
bordir» (Oli Imron surasi, 199-oyat). 
 
Salaflardan biri aytadi: «Olimlar payg‘ambarlar bilan, qozilar podsholar bilan hashr 
qilinadi. Ilmi bilan dunyoni talab qilgan har bir faqih ham qozilar hukmida bo‘ladi». 
 
Abu Dardo (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): «Alloh taolo 
biz payg‘ambarlarga: «Dindan boshqa narsa uchun fiqh o‘rganadigan, amal qilishdan 
boshqa maqsad uchun ilm oladigan, oxirat amali bilan dunyo talab qiladigan, odamlar 
nazarida (g‘arib ko‘rinish uchun) qo‘y po‘stinini kiyadigan, ammo qalblari bo‘ri qalbi kabi 
bo‘lgan, tillari asaldan shirin, qalblari sabirdan (aloe) ham achchiq odamlarga aytingki, 
ular Meni aldamoqchi bo‘lyaptilarmi?! Meni masxara qilyaptilarmi?! Albatta, ularga 
shunday fitna (eshiklarini) ochamanki, eng halim kishilar ham hayratda qoladilar», deb 
vahiy qilgan»,
145
 dedilar». 
 
145. Ibn Abdulbar zaif isnod bilan rivoyat qilgan. 
 
 


Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
100
Zahhok (r.a.) Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilgan hadisda Rasululloh (sollallohu alayhi 
vasallam) shunday deganlar: «Bu ummatning olimlari ikki toifa. Bir toifasi Alloh unga ilm 
bergan, u esa, ilmini odamlarga sarflagan (o‘rgatgan), evaziga hech narsa olmagan va 
uni biror qiymatga sotmagan kishidir. Uning haqqiga osmondagi qushlar, suvdagi 
baliqlar, yerdagi hayvonlar va kiroman kotibin (amallarni yozuvchi farishtalar) salovot 
aytib turadi. U qiyomat kuni sharafli, ulug‘ inson sifatida  payg‘ambarlar hamrohligida 
Allohning huzuriga keltiriladi. Ikkinchi toifa esa, Alloh unga dunyoda ilm bergan, u esa, 
ilmni Allohning bandalaridan qizg‘angan, (o‘rgatsa ham) evaziga biror narsa olgan va 
ilmni (arzon qiymatga) sotib yuborgan kishidir. U qiyomat kuni olovli yugan bilan 
yuganlangan holda keltiriladi. Odamlar boshida turib, bir nido qiluvchi: «Bu falonchi o‘g‘li 
falonchidir. Dunyoda Alloh unga ilm bergan edi. U esa, Allohning bandalaridan qizg‘andi. 
(O‘rgatsa ham) evaziga bir narsa olgan va uni arzon qiymatga sotib yuborgan edi», deb 
nido qiladi. Odamlar hisob-kitobi tugagunga qadar shunday holda azoblanib turadi».
146
 
 
Quyidagi rivoyat bundan qattiqroqdir: «Bir kishi Muso alayhissalomga xizmat qilib yurar 
edi. Qachon gapirsa: «Muso safiyulloh (Allohning pokiza bandasi) menga unday degan», 
«Muso najiyulloh (Allohning sirdosh bandasi) bunday degan», «Muso kalimulloh ana 
shunday degan», deb gapirib yurardi. U boy bo‘lib, moli ko‘payib ketgach, Muso (a.s.) 
uni yo‘qotib qo‘ydilar (ya’ni, u Musoning oldilariga kelmay qo‘ydi). Muso (a.s.) uni ko‘p 
surishtirdilar. Lekin biror xabar topmadilar. Oxiri bir kuni Muso (a.s.) huzurlariga 
bo‘yniga arqon bog‘langan to‘ng‘izni yetaklab bir odam keldi. Undan Muso (a.s.): 
«Falonchini taniysanmi?» deb so‘radilar. U odam: «Ha, taniyman. U mana shu 
to‘ng‘izdir», deb javob berdi. Shunda Muso (a.s.): «Ey Rabbim! Sendan uni o‘z holiga 
qaytarishingni iltijo etaman, toki undan bu holga qanday qilib tushib qolganini so‘ray», 
deb duo qildilar. Alloh taolo unga vahiy qildiki: "Agar Menga Odam (a.s.) va undan 
keyingi (payg‘ambarlar) duosi bilan duo qilsang ham, bu odam haqidagi     duoyingni 
qabul etmayman. Lekin uni nega bunday holga solganimni xabar qilaman. Sababi shuki 
bu odam, din vositasida dunyoni talab qilar edi». 
 
Bundan-da qattiqroq xabarni Muoz ibn Jabal (r.a.) mavquf va marfu’ holda rivoyat 
qilganlar: «Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): «Olimning fitnalaridan biri – gapirish 
eshitishdan ko‘ra yoqimli bo‘lishidir»,
147
 dedilar».  
 
146. Tabaroniy zaif isnod bilan rivoyat qilgan. 
147. Abu Nu’aym va Ibn Javziy «Mavzu’ot»da rivoyat qilishgan. 
 
 
Gapirishda so‘zni bezash va ziyoda qilish bor. Gapiruvchi kishi xatodan omon qolmaydi. 
Sukutda esa salomatlik va ilm bordir. Shunday olimlar ham borki, o‘zi ilm to‘playdi, lekin 
bu ilmning boshqalarda bo‘lishini yoqtirmaydi, ular do‘zaxning birinchi tabaqasida 
bo‘ladi. Olimlardan yana shundaylari borki, ilmida o‘zini podsholardek tutadi. Uning 
ilmidan biror narsa e’tiborsiz qolsa, g‘azablanadi, ular do‘zaxning ikkinchi tabaqasida 
bo‘ladi. Olimlardan yana shundaylari borki, ilmini va g‘aroyib so‘zlarini sharafli va boy 
kishilarga sarflaydi. Lekin ilmga muhtoj kishilarni o‘ziga loyiq ko‘rmaydi, ular do‘zaxning 
uchinchi tabaqasida bo‘ladi. Olimlardan yana shundaylari borki, o‘zlarini fatvo beruvchi 
ko‘rsatib, noto‘g‘ri fatvolar beradi.  Alloh esa takalluf qilguvchilarni yomon ko‘radi. Ular 
do‘zaxning to‘rtinchi tabaqasida bo‘ladi. Olimlardan yana shundaylari borki, ilmini ko‘p 
ko‘rsatish uchun yahudiy va nasorolar so‘zini gapiradi. Ular do‘zaxning beshinchi 
tabaqasida bo‘ladi. Olimlardan shundaylari borki, ilmini odamlar orasida o‘zini ko‘rsatish, 
fazilatini bildirish va nomi zikr etilishi uchun vosita qilib oladi. Ular do‘zaxning oltinchi 


Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə