Microsoft Word ihyo ilm ziyouz com doc



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/70
tarix15.10.2018
ölçüsü0,58 Mb.
#74297
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   70

Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
101
tabaqasida bo‘ladi. Olimlardan yana shundaylari borki, kibr va manmanlik uni egallab 
olgan. Agar nasihat qilsa, qattiq gapiradi. O‘ziga nasihat qilinsa, e’tibor bermaydi. Ular 
do‘zaxning yettinchi tabaqasida bo‘ladi. Birodar! Sen sukutni mahkam tutki, u bilan 
shaytonni mag‘lub qilasan. Bema’ni kulishdan va foydasiz yurishdan saqlan!» 
 
Boshqa bir xabarda shunday deyiladi: «Ba’zan bir kishining dovrug‘i mashriq va mag‘rib 
orasini to‘ldiradigan darajada tarqaladi. Lekin uning Alloh huzurida pashshaning 
qanotichalik qadri bo‘lmaydi».
148
 
 
Rivoyat qilinishicha, xurosonlik bir kishi Hasan Basriyning majlislarida bo‘lib, so‘ng 
yurtiga qaytish vaqtida, u zotning huzurlariga besh ming dirham pul va nozik matodan 
tikilgan o‘nta kiyim solingan xaltani ko‘tarib kirdi. Shunda Hasan Basriy (r.a.) aytdilar: 
«Alloh taolo senga ofiyat bersin! Nafaqa va kiyimlaringni qaytarib ol, bizning bunga 
ehtiyojimiz yo‘q. Kimki men kabi        mavqe’da o‘tirsa (mav’iza qilsa) va odamlardan 
shunga o‘xshash narsani qabul qilsa, qiyomat kuni hech qanday nasibasiz holda Allohga 
ro‘baro‘ bo‘ladi». 
 
148. Bu ko‘rinishda topmadim. Lekin «Sahihayi»da bir oz farqli holatda topdim. 
 
 
Jobir (r.a.) mavquf va marfu’ holda rivoyat qilgan hadisda Rasululloh (sollallohu alayhi 
vasallam) aytganlar: «To‘g‘ri kelgan olimning huzurida o‘tiravermanglar. Balki besh 
narsadan qaytarib, besh narsaga chaqirgan olimning huzuridagina o‘tiringlar: shak-
shubhadan qat’iy ishonchga; riyodan ixlosga; dunyoga rag‘bat qilishdan zohidlikka; 
kibrdan kamtarlikka; adovatdan nasihatga».
149
 
 
Alloh taolo shunday marhamat qiladi: 
 
«So‘ng (Qorun) qavmi oldiga yasan-tusan qilib chiqqan edi, dunyo hayotini 
istaydigan kimsalar: «Eh, qani eni, bizlar uchun ham Qorunga ato etilgan molu 
davlat bo‘lsa edi. Darhaqiqat, u ulug‘ nasiba egasidir», dedilar. Ilm-ma’rifat ato 
etilgan kishilar esa: «O‘lim bo‘lsin sizlarga! Iymon keltirgan va yaxshi amal 
qilgan kishi uchun Alloh beradigan ajr-savob yaxshiroq-ku!, dedilar» (Qasas 
surasi, 79¬80-oyatlar). Alloh taolo bu oyatda ilm ahllarini «oxiratni dunyodan ustun 
qo‘yuvchilar» deya ta’rifladi. 
 
(Oxirat olimlarining alomatlaridan) yana biri fe’li so‘ziga zid bo‘lmasligi, balki o‘zi 
qilmagan ishni boshqalarga buyurmasligidir. Alloh taolo shunday marhamat qiladi: 
 
«Odamlarni yaxshilikka chorlab, o‘zlaringizni unutasizlarmi?» (Baqara surasi, 
44-oyat). 
 
149. Abu Nu’aym «Al-Huliya»da va Ibn Javziy  «Mavzu’ot»da rivoyat qilishgan. 
 
 
Boshqa bir oyatda aytadi: 
«Sizlarning o‘zlaringiz qilmaydigan ishni (qilamiz deb) aytishlaringiz Alloh 
nazdida o‘ta manfur (ishdir)» (Saf surasi, 3-oyat). 
 
Alloh taolo Shuayb (a.s.) qissasida shunday deydi: 


Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
102
«Men sizlarga xilof qilib, sizlarni qaytarayotgan narsani o‘zim qilishni 
istamayman» (Hud surasi, 88-oyat). 
 
Yana bir boshqa oyatda marhamat qiladi: 
«Allohdan qo‘rqingiz! Alloh sizlarga (shunday) ta’lim beradi» (Baqara surasi, 
282-oyat). 
 
Yana marhamat qiladi: 
«Allohdan qo‘rqingiz va bilingizki, siz U bilan muloqot qiluvchidirsiz» (Baqara 
surasi, 223-oyat). 
 
Yana Alloh taolo aytadi: 
«Allohdan qo‘rqingiz va eshitingiz» (Moida surasi, 108-oyat). 
 
Rivoyat qilinishicha, Alloh taolo Iso alayhissalomga shunday degan: «Ey Maryam o‘g‘li! 
Avvalo nafsingga nasihat qil. Agar nafsing bu nasihatni qabul qilsa, keyin  boshqa 
odamlarga nasihat qil. Aks holda Mendan uyal». 
 
Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) aytadilar: «Isro kechasida lablari olovdan bo‘lgan 
qaychilar bilan kesilayotgan qavmlar oldidan o‘tdim va: «Sizlar kimsizlar?» deb so‘radim. 
Ular: «Yaxshilikka buyurib, o‘zimiz qilmas edik, yomonlikdan qaytarib, uni o‘zimiz 
qilaverar edik»,
150
 deb javob berishdi. 
 
Yana Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) deydilar: «Ummatimning halokati fojir 
olimlar va johil obidlar sabablidir. Yomonlarning eng yomoni  – olimlarning yomoni. 
Yaxshilarning eng yaxshisi – olimlarning yaxshisi».
151
 
 
Avzoiy aytadilar: «Kofirlar jasadining hididan qabrlar shikoyat qilganida, Alloh ularga: 
«Yomon olimlarning qorinlari sizlar aytayotganingizdan ko‘ra badbo‘yroqdir», deb vahiy 
qildi». 
 
Fuzayl ibn Iyoz (r.a.) aytadilar: «Menga shunday so‘z yetdiki, qiyomat kunida 
butparastlardan oldin olimlar ichidagi fosiqlar hisob-kitob qilinadi». 
 
150. Ibn Hibbon «Sahih» kitoblarida, Imom Ahmad «Musnad»larida, Tabriziy «Mishkotul masobih»da rivoyat qilishgan. 
151. Doramiy hadisning oxirini mursal holda rivoyat qilgan. Lekin hadisning avvalgi qismini topa olmadim. 
 
 
Abu Dardo (r.a.) aytadilar: «Bilmaydiganlarning holiga bir bora voy bo‘lsin! Bilib, amal 
qilmaydiganlarning holiga yetti marta voy bo‘lsin!» 
 
Sha’biy (r.a.) aytadilar: «Qiyomat kuni jannat ahllaridan bir qavm do‘zax ahllaridan bir 
qavmni ko‘rib qoladi va ulardan: «Sizni nima do‘zaxga kiritib qo‘ydi? Holbuki, sizlar 
o‘rgatgan odob va ilm fazilati  bilan Alloh bizni jannatga kiritdi-ku!» deb so‘raydi. Ular: 
«Biz yaxshilikka buyurib, o‘zimiz qilmasdik. Yomonlikdan qaytarib, o‘zimiz qilar edik», 
deb javob beradi. 
 
Hotamul Asom (r.a.) deydilar: «Qiyomatda odamlarga ilm o‘rgatgan, odamlar o‘sha 
ilmga amal qilib, najot topgan, lekin o‘zi unga amal qilmasdan, halok bo‘lgan kishidan-
da qattiq hasrat qiluvchi kimsa bo‘lmaydi». 


Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə