Microsoft Word ihyo ilm ziyouz com doc



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/70
tarix15.10.2018
ölçüsü0,58 Mb.
#74297
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   70

Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
119
mavjuddir. Alloh taolo ular bilan O‘z hujjatlarini muhrfaza qiladi, toki ular o‘zlaridan 
keyingilarga uni yetkazadilar va o‘zlariga o‘xshaganlarning     qalblariga ekadilar. Ilm 
ularni ishning haqiqatiga (maqsadga) yetkazadi. Natijada, yaqiynning ruhiga ham 
erishadilar. Keyin esa, dunyoparastlarga og‘ir kelgan narsalarni ular osonlik bilan 
bajaradilar va g‘ofillar uchun begona bo‘lgan narsalar ular uchun qadrdon bo‘lib qoladi. 
Ular vujudlari bilan bu dunyoda yuradilar, lekin ruhlari oliy maqomlarga bog‘langan 
bo‘ladi. Ana o‘shalar Alloh taoloning xalqi ichida (tanlab olingan) do‘stlari va Uning 
ishonchli bandalari hamda Uning yerdagi xizmatchilari va diniga chaqiruvchilaridir». 
 
Shundan keyin Hazrati Ali (r.a.) yig‘ladilar va: «Oh, qaniydi ularni bir ko‘rsam!» dedilar. 
 
Ali (r.a.) oxirida zikr qilgan ushbu sifatlar oxirat olimlarining vasfidir. Bu shunday ilmki, 
uning aksari amal va mujohadada davom etish bilan qo‘lga kiritiladi. 
Yaqiynni kuchaytirishga qattiq e’tiborli bo‘lish ham oxirat ulamolarining vasfidandir. 
Albatta, yaqiyn dinning sarmoyasi. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): «Yaqiyn – 
to‘laligicha iymondir»,
172
 deganlar. Shuning uchun yaqiynni, ya’ni dinning avvalini 
o‘rganish lozimdir. So‘ng qalb sari yo‘l ochiladi. Shu sababdan ham Payg‘ambar 
(sollallohu alayhi vasallam): «Yaqiynni o‘rganinglar»,
173
 deganlar. Ma’nosi shuki, 
yaqiynga ega kishilar bilan hammajlis bo‘linglar, ulardan yaqiyn ilmini eshitinglar, ularga 
doimo iqtido qilinglar, toki, sizning yaqiyningiz ularning yaqiynidek kuchli bo‘lsin. 
Yaqiynning ozi amalning ko‘pidan yaxshidir. Rasulullohga (sollallohu alayhi vasallam) 
yaqiyni go‘zal, ammo gunohi ko‘p hamda ibodatda mujtahidu, yaqiyni kam kishilar 
haqida gapirilganida: «Hech bir odam yo‘qki, uning gunohi bo‘lmasin», deganlar. Lekin 
kim tug‘ma aqlli, tabiat yaqiynli bo‘lsa, gunohlar unga zarar qilmaydi. Chunki u qachon 
gunoh sodir etsa, tavba qiladi, istig‘for aytadi va pushaymon bo‘ladi. Bas, u gunohi 
to‘kilib, jannatga kirgizadigan fazilat bilan qoladi.
174
 Shu sababli ham Sarvari koinot 
(sollallohu alayhi vasallam): «Albatta, sizlarga eng kam berilgani yaqiyn va sabrga azmu 
qarordir. Kim bu ikkisidan nasibador bo‘lsa, tungi namoz va kunduzgi ro‘zasidan (ya’ni, 
nafl ibodatlardan) boy berganlariga parvo qilmasa ham bo‘ladi»,
175
 deganlar. 
 
 Luqmonning o‘g‘liga qilgan vasiyatlarida shunday so‘zlar bor: «Amalga yaqiyn bilangina 
qodir bo‘linadi, kishi faqat yaqiyni miqdoricha amal qiladi, yaqiyni nuqsonli bo‘lmaguncha 
amali qusurli bo‘lmaydi». 
 
Yahyo ibn Muoz: «Tavhidning nuri, shirkning o‘ti bor. Tavhidning nuri muvahhidlarning 
gunohlarini mushriklarning savoblarini yondiradigan shirk o‘tidan kuchliroq yondiradi», 
dedilar. Bu so‘zlari bilan yaqiynni nazarda tutdilar.  
 
172. Bayhaqiy va Xatib Ibn Mas’uddan hasan isnod ila rivoyat qilishgan. Alboniy «Az-za’iyfa» kitobida munkar deb aytgan. 
173. Abu Nu’aym mursal holda rivoyat qilgan. Abuddunyo ham  «Al-yaqin» kitobida rivoyat qilgan. 
174. Imom Termiziy Anasdan (r.a.) rivoyat qilgan. 
175. Aslini topa olmadim. Lekin Ibn Abdulbar, Muozning hadislaridan bir oz farqlisini rivoyat qilgan. 
 
 
Alloh taolo Qur’oni karimda yaqiynli zotlarni bir necha o‘rinda zikr etadiki, bu narsa 
yaqiyn yaxshiliklar va saodatlar robitasi ekaniga dalolat qiladi. 
 
Agar sen, avval yaqiynning ma’nosini, uning kuchayishi va susayishi qandayligini 
tushunib olib, keyin uning talab va ta’limiga mashg‘ul bo‘lish kerak, chunki surati 
fahmlanmagan narsaning talabi mumkin emas, deydigan bo‘lsang, bilgilki, «yaqiyn» 


Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
120
so‘zi ikki toifa farqli ikki ma’noga ishlatadigan mushtarak lafzdir. Nazzor va 
mutakallimlar u bilan shak-shubhadan xoli bo‘lish ma’nosini ta’bir qiladi. Zotan, nafs bir 
narsani tasdiqlashga mayl etishida to‘rtta maqom bor: 
 
Birinchisida tasdiqlash ham, yolg‘onga chiqarish ham barobardir. Bu hol shak deya ta’bir 
etiladi. Masalan, muayyan bir shaxs haqida sendan, Alloh uni azoblaydimi, yo‘qmi, deb 
so‘ralsa, uning holati senga noma’lum bo‘lsa, unga hukmni isbot yoki inkor etishga 
nafsing moyil bo‘lmasa, balki nazaringda ikki holning imkoni ham barobar bo‘lsa, mana 
shu shak deya nomlanadi. 
 
Ikkinchi maqom nafsingning ikki holdan biriga moyil bo‘lishidir. Bunda oldingi holning 
ustunligi ikkinchisiga ham bo‘lishi mumkinligini inkor etolmaydi. Masalan, sendan 
salohiyat va taqvo bilan taniydigan kishing haqida, agar u aynan shu holatda vafot etsa
jazolanadimi, deb so‘rashsa, nafsing uning jazodan ko‘ra jazolanmasligiga moyil bo‘ladi. 
Buning sababi unda salohiyat alomatlarining borligidir. Shu bilan birga, sen uning 
botinida azobni lozim etadigan ish yashirin bo‘lishini ham joiz sanaysan. Bu joiz 
sanashing yuqoridagi mayling bilan tengdir. Lekin u maylingning ustunligini daf 
etolmaydi. Bu holat gumon deb ataladi. 
 
Uchinchisi nafsning bir narsani tasdiqlashga moyil bo‘lishidir. Bunda mayl unga  g‘olib 
bo‘ladi, xayolga boshqa narsa kelmaydi. Agar kelsa ham, nafs uni qabul qilishdan bosh 
tortadi. Lekin bu narsa haqiqiy ma’rifat bilan bo‘lmaydi. Chunki agar bu maqom sohibi 
yaxshilab o‘ylasa, shubha va ehtimollarga quloq tutsa, tajvizga bag‘rini keng qiladi. Bu 
yaqiynga yaqin e’tiqod deyiladi. U barcha shar’iy ishlardagi avomning e’tiqodidir. Zotan, 
u eshitishning o‘zi bilanoq ko‘ngillarida qaror topganki, hatto har bir toifa o‘z 
mazhabining to‘g‘riligiga, imom va matbu’ining haqligiga ishonadi. Agar birortalariga 
imomning xato qilishi mumkinligini aytilsa, buni qabul qilishdan qochadi. 
 
To‘rtinchi maqom burhon (hujjat) yo‘li bilan hosil bo‘lgan haqiqiy ma’rifatdir, unda shak 
qilinmaydi, shak tasavvur ham etilmaydi. Agar shubhaning bo‘lishi va imkoni mahol 
sanalsa, bu yaqiyn deyiladi. Bunga misoli: agar oqil kishiga, borliqda qadim bo‘lgan 
narsa bormi, deyilsa, bu savolga badiha bilan javob qilishi mumkin emas. Chunki qadim 
quyoshga ham, oyga ham o‘xshagan hissiy narsa emas, ularning borligini his qilib 
tasdiqlanadi. Qadim narsaning borligini bilish ikkining birdan ko‘p ekanini bilish kabi 
azaliy va zaruriy emas. Balki hodisaning bo‘lishini bilish kabi maholdir. Buning o‘zi ham 
zaruriy. Aqlning tabiiy haqiqati tayyorgarliksiz va badiha yo‘li bilan qadimning borligini 
tasdiqlashdan    tiyilishdir. So‘ng odamlardan ayrimlari buni eshitadi-da, eshitish yo‘li 
bilan jazman tasdiq etib, shu holda davom etadi. E’tiqodning o‘zi mana shudir. Barcha 
avom mana shu ahvoldadir. Odamlardan ayrimlari esa, buni burhon bilan tasdiqlaydi. 
Shundayki, unga aytiladi: Agar borliqda qadim narsa bo‘lmasa, mavjudotning hammasi 
hodisdir. Agar uning hammasi hodis bo‘lsa, unda u sababsiz hodisdir yoki sababsiz unda 
hodisdir, bu esa maholdir. Shunda qadim narsaning borligini aqlda tasdiqlash lozim 
bo‘ladi. Bunday qismlar uchta: mavjudotning hammasi qadim yoki hammasi hodis yoki 
ba’zisi qadim, ba’zisi hodis. Agar ularning hammasi qadim bo‘lsa, matlub hosil 
bo‘lgandir. Zotan hammasiga qadimlik sobit bo‘ldi. Agar hammasi hodis bo‘lsa, bu hol 
bo‘lishi mumkin emasdir. Zero, u sababsiz hodisga bois bo‘ladi. Demak, uchinchi yoki 
birinchi qism sobit bo‘ladi. Shunday vajhda sobit bo‘lgan har qanday ilm ularning 
nazdida yaqiyn deya nomlanadi. Uning biz zikr qilgan mulohaza yoxud his yoxud tug‘ma 
aql bilan hosil bo‘lishining farqi yo‘qdir. Bu narsa sababsiz hodisning ro‘y bermasligini 


Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə