Microsoft Word ihyo ilm ziyouz com doc



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/70
tarix15.10.2018
ölçüsü0,58 Mb.
#74297
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   70

Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
113
Abu Zarr (r.a.) Salamaga (r.a.) shunday deganlar: «Ey Salama. Podshohlar eshigi oldida 
biror narsani qo‘lga kiritsang, ular sening dilingdan undan afzalrog‘ini olib qo‘yadi». 
 
Mana shu narsa olimlar uchun katta fitnadir va shayton uchun ularga qarshi adashtiruv 
qurolidir. Xususan,  nutqi ravon va so‘zlari shirin bo‘lsa, shayton unga doimo: 
«Podsholarga va’z qilishing va huzurlariga kirishing ularni zulmdan tiyilishga va shariat 
hukmlarini qoyim qilishga undaydi», deb shivirlab turadi. Borib-borib, unga podshohning 
oldiga kirish din ishlaridandir, degan    xayolni singdiradi. Keyin qachon kirsa, shirinso‘z 
bo‘lib qoladi, xushomad qiladi, uni maqtash va olqishlashda haddan oshadi, bu ishlarda 
esa dinning halokati bordir. 
 
Aytadilarki, olimlar qachon ilm o‘rgansalar, amal qilardilar, qachon amal qilsalar
(ibodatga) mashg‘ul bo‘lib qolardilar, qachon mashg‘ul bo‘lsalar, (odamlar ko‘zidan) 
yo‘qolib qolardilar, qachon yo‘qolsalar, qidirilar edilar, qachon qidirilsalar, qochardilar.  
 
Umar ibn Abdulaziz (r.a.) Hasan Basriyga (r.a.): «Alloh taoloning amrlarini bajarishda 
kimlardan yordam so‘rashim mumkin, ularni ko‘rsatib bersangiz», deb maktub yozdilar. 
Hasan Basriy (r.a.) shunday javob qaytardilar: «Din ahli sizning huzuringizga borishni 
xohlamaydi. Ammo dunyo ahlini esa, siz xohlamaysiz. Lekin siz sharafli zotlarni mahkam 
tuting. Chunki ular xiyonat bilan bulg‘anishdan sha’nlarini muhofaza qiladilar». 
Zamonasining eng zohidi bo‘lgan Umar ibn Abulaziz (r.a.) haqidagi gap mana shunday! 
Agar din ahllari u zotdan ham qochishlari shart bo‘lsa, boshqa amaldorlarni qidirish va 
ular bilan aralashib yurish haqida nima deyish mumkin?! 
 
Hasan Basriy, Sufyon Savriy, Ibn Muborak, Fuzayl ibn Iyoz, Ibrohim ibn Adham va Yusuf 
ibn Asbot (r.a.) kabi salaf olimlar Makka, Shom va boshqa shaharlik dunyo olimlari 
haqida yo ular dunyoga moyil  bo‘lganlari  yoki sultonlarga aralashib yurganlari uchun 
doimo gapirib turar edilar.  
 
(Oxirat olimlarining alomatlaridan) yana biri fatvo berishga shoshilmaslik, imkoni bo‘lsa, 
fatvo berishdan butunlay saqlanish va ehtiyot bo‘lishidir. Agar undan Allohning kitobidagi 
dalil yoki hadisdagi hujjat yoki ijmo’ yoxud ochiq va ravshan qiyos bilan haqiqatni 
biladigan masalasi haqida so‘rashsa, fatvo beradi. Agar shak-shubha qilib turgan masala 
xususida so‘ralsa, «bilmayman», deydi. Agar ijtihod va taxmin bilan to‘g‘ri javob bera 
olishiga ishongan masalasi haqida so‘ralsa, ehtiyot bo‘ladi va uni o‘zidan chetlatadi, 
boshqa loyiqroq kishi bo‘lsa, (javob berishni) unga qoldiradi. Mana shu ish 
ehtiyotkorlikdir. Chunki ijtihod og‘ir ish. 
 
Hadisda aytilganki: «Ilm uchtadir. Notiq kitob, qoyim sunnat va «bilmayman» 
demoqlik».
163
 
 
Sha’biy aytadilar: «Bilmayman, deyish ilmning yarmidir». 
 
163. Xatib, Abu Dovud, Ibn Mojalar marfu’ holda rivoyat qilgan. Alboniy zaif degan. 
 
 
Kimki bilmagan narsasi haqida so‘ralganida, Alloh rizosi uchun sukut qilsa, uning savobi 
javob berganning savobidan oz emasdir. Chunki bilmasligini e’tirof etish nafsga juda 
og‘ir. Zero, sahobai kiromlar va salaflarning odatlari shunday edi. 


Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
114
 
Ibn Umardan (r.a.) qachon fatvo so‘ralsa: «Odamlarning ishlarini o‘z zimmasiga olgan 
anavi amirga bor va buni uning bo‘yniga qo‘y», der edilar. 
 
Ibn Mas’ud (r.a.) aytadilar: «Odamlar so‘ragan barcha masalalarga fatvo (javob) 
beradigan kishi majnundir». 
 
Yana shunday deganlar: «Olimning qalqoni «bilmayman» deyishdir. Agar uni qo‘ldan 
chiqarsa, unga o‘ldiruvchi (zarbalar) keladi». 
 
Ibrohim ibn Adham (r.a.) aytadilar: «Bir ilmda gapirib, boshqa bir ilmda sukut qilishdan 
ko‘ra shaytonga og‘irroq narsa yo‘qdir. Shayton unday olim haqida: «Bunga qaranglar, 
uning sukuti men uchun gapirganidan og‘irroqdir», deydi». 
 
Ba’zilar (avliyolardan bo‘lgan) abdollarni sifatlab shunday deydi: «Muhtoj bo‘lgandagina 
yeydilar, uyqu g‘olib kelgandagina uxlaydilar, zarurat tug‘ilgandagina gapiradilar, ya’ni, 
so‘ralguncha gapirmaydilar. Qachon bir savol so‘ralganida o‘rinlariga javob beradigan 
kishini topsalar, sukut qiladilar. Agar majbur bo‘lsalar, (shundagina) javob beradilar. 
Ular savoldan oldin gap boshlashni gapirishga bo‘lgan maxfiy shahvatdan deb biladilar». 
 
Hazrati Ali (r.a.) va Abdulloh ibn Mas’ud (r.a.) odamlarga gapirayotgan bir kishining 
oldidan o‘tdilar. Birlari (ikkinchilariga): «Bu odam, meni tanib qo‘yinglar, deyapti», 
dedilar. 
 
Ba’zi hakimlar aytadilar: «Olim – undan savol so‘ralganda (sog‘lom) tishi sug‘urilgandek 
iztirob chekkan kishidir». 
 
Ibn Umar (r.a.) shunday der edilar: «Bizni ko‘prik qilib, jahannamga ustimizdan yurib 
o‘tishni xohlayapsizlarmi?!» 
 
Abu Hafs Nisoburiy (r.a.) aytadilar: «(Haqiqiy) olim savol so‘ralgan paytda, qiyomat kuni 
unga: «Qaerdan olib javob berding?» deyilishidan qo‘rqqan kishidir». 
 
Ibrohim Taymiydan (r.a.) biror savol so‘rashsa, yig‘lashni boshlar va: «Boshqani 
topolmay menga kuninglar qoldimi?!»  der edilar. 
 
Abul Oliya Riyohiy, Ibrohim ibn Adham, Sufyon Savriylar (r.a.) ikkita, uchta yo 
ozchilikdan iborat jamoatga gapirar edilar. Qachon (tinglovchilar) ko‘payib ketsa, turib 
ketardilar.  
 
Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) shunday deydilar: «Uzayr payg‘ambarmidi yoki 
yo‘qmi, bilmayman. Tubba’ mal’unmidi yoki yo‘qmi, bilmayman. Zulqarnayn      
payg‘ambarmidi yoki yo‘qmi, bilmayman».
164
 
 
164. Abu Dovud va Hokimlar sahih holda rivoyat qilishgan. 
 
 
Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) yerning eng yaxshi va eng yomon joyi haqida 
so‘ralganlarida, «bilmayman» deb javob berganlar. Hatto Jabroil (a.s.) tushganda 
Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) undan so‘radilar, u ham «bilmayman», deb javob 


Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə