Microsoft Word ihyo ilm ziyouz com doc



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/70
tarix15.10.2018
ölçüsü0,58 Mb.
#74297
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   70

Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
109
bilan ey xizmatkor! Menga bir obdasta suv keltiringlar!» dedi. Unga suv keltirishdi va u 
o‘tirib har bir a’zosini uch martadan yuvib tahorat qildi. Keyin: «Shunday tahorat qil», 
dedi. Hotam esa: «(Iltimos), shu yerda tursangiz. Men huzuringizda tahorat qilib 
ko‘rsatsam. Xatolarimni tuzatib qo‘yasiz», dedi. Tanofusiy o‘rnidan turdi va Hotam o‘tirib 
tahorat qila boshladi. Keyin a’zolarini to‘rt martadan yuvdi. Shunda Tanofusiy: «Ey 
birodar, isrof qilding», dedi. Hotam: «Qanday qilib?» deb so‘radi. U kishi: «A’zolaringni 
to‘rt martadan yuvding», dedi. Shunda Hotam: «Subhonalloh (vo ajab)! Men bir hovuch 
suvni ko‘p ishlatish bilan isrof qilgan bo‘lsam, sen shuncha narsalaring bilan isrof 
qilmayapsanmi?» dedi. Tanofusiy uning maqsadi o‘rganish emas, balki shu narsani 
bildirish ekanini bildi va uyiga kirib ketdi, so‘ng qirq kun odamlar oldiga chiqmadi. 
 
Keyin Hotam (r.a.) Bog‘dodga keldi. Bog‘dod ahli uning yoniga to‘planib: «Ey Abu 
Abdurrahmon! Siz ajamiy kishisiz. Kim siz bilan gaplashsa, albatta, mag‘lub qilasiz», 
deyishdi. Hotam aytdiki: «Menda uch xislat bor, ular bilan raqibim ustidan g‘olib 
bo‘laman: avvalo, raqibim to‘g‘ri fikr aytsa, xursand bo‘laman; xato qilsa, xafa 
bo‘laman; unga johillar kabi muomala qilishdan ehtiyot bo‘laman». 
 
Bu xabar Imom Ahmad ibn Hanbalga (r.a.) yetganida u kishi: «Subhonalloh! Naqadar 
aqlli ekan. Turinglar, birgalikda uning huzuriga boraylik», dedilar.  Huzuriga 
kirganlaridan keyin unga: «Ey Abu Abdurrahmon! Dunyodan salomat bo‘lish (chorasi) 
nima?» deb so‘radilar. Hotam javob berdi: «Ey Abu Abdulloh! Sizda (quyidagi) to‘rt 
xislat bo‘lmagunicha, dunyodan salomat bo‘lmaysiz: qavmning johilliklarini kechirasiz; 
ulardan o‘zingizning johilligingizni tiyasiz; hamma narsangizni ularga sarflaysiz; ularning 
narsalaridan umid qilmaysiz. Shunday qilsangiz salomat bo‘lasiz». 
 
Keyin (Hotam) Madinaga yo‘l oldi. Madina ahli uning istiqboliga chiqdi. Hotam: «Ey 
qavm! Bu qaysi shahar?» dedi. Odamlar: «Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam) 
shaharlari», deyishdi. U: «Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam) qasri qaerda? U 
yerda namoz o‘qimoqchiman», dedi. Ular: «U zotning qasri bo‘lmagan, balki  pastakkina 
kichkina uylari bo‘lgan, xolos», deyishdi. «Unday bo‘lsa, sahobalarining qasrlari 
qaerda?» deb so‘radi. Yana ular: «Ularning ham qasrlari bo‘lmagan. Pastak kulbalari 
bo‘lgan, xolos»,  deb javob qilishdi. Shunda Hotam: «Ey qavm! Bu Fir’avnning shahri 
ekan», dedi. Odamlar uni tutib, voliyning oldiga olib borib: «Bu ajamiy odam Madinani  
Fir’avnning shahri, deyapti», deyishdi. Voliy undan: «Nega bunday deding?» deb so‘radi. 
Hotam shunday dedi: «Menga jazo berishga shoshilmang! Men ajamiy g‘arib odamman. 
Shaharga kirib, bu kimning shahri deb so‘radim. Odamlar Rasulullohning (sollallohu 
alayhi vasallam) shahri, deyishdi. Men esa u kishining qasri qaerdaligini so‘radim...»  
 
Shunday qilib, u bo‘lgan voqeani aytib berdi. Oxirida esa Alloh taoloning: 
 
«Albatta, sizlar uchun Allohning payg‘ambarlarida go‘zal namuna bordir» 
(Ahzob surasi, 21-oyat), degan oyatini o‘qib: «Sizlar kimdan namuna olyapsizlar. 
Rasulullohdanmi (sollallohu alayhi vasallam) yoki birinchi bo‘lib g‘isht va toshdan uy 
qurgan Fir’avndanmi?» dedi. Shunda uni qo‘yib yubordi». 
 
Hotamul Asom (r.a.) hikoyati mana shudir. 
 
Salaflarning kamtarlik va zeb-ziynatni tark etish kabi siyratlaridan yuqoridagi ma’nolarga 
dalolat qiluvchi iboralar yana keladi. Bu boradagi haqiqat shuki, muboh narsalar bilan 


Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
110
ziynatlanish harom emas. Lekin unga chuqur kirishish unsiyatni paydo qiladi. Natijada 
uni tark qilish qiyinlashadi. 
 
Ziynatlanish faqat uning sabablariga rioya etish bilan mumkin bo‘ladi. Ko‘pincha uning 
sabablariga rioya etmaslik mudohana (murosa, xushomadgo‘ylik), xalqning xohishiga 
rioya qilish, riyokorlik va boshqa man’ qilingan ishlardan iborat gunohlarni keltirib 
chiqaradi. Bu gunohlardan qutulishning chorasi ziynatlanishdan saqlanishdir. Chunki kim 
dunyoga sho‘ng‘isa, albatta, undan salomat chiqmaydi. Agar dunyoga sho‘ng‘ish bilan 
birga, undan salomat qolish mumkin bo‘lganida edi, Rasululloh (sollallohu alayhi 
vasallam) dunyoni tark etishda mubolag‘a qilmas edilar. Hattoki, xutba vaqtida naqshli 
kiyimni
157
 va tilla uzukni yechib qo‘yar edilar.
158
 Bundan boshqa yana ko‘plab dalillar 
borki, bayoni yaqinda keladi. 
 
157. Muttafaqun alayh. 
158. Muttafaqun alayh. 
 
 
Hikoya qilinadiki, Yahyo ibn Yazid Navfaliy (r.a.) Imom Molik ibn Anasga (r.a.) shunday 
maktub yozgan: «Bismillahir rohmanir rohiym. O‘tmish va kelajakdagilar ichida Uning 
payg‘ambari Muhammadga Allohning salot va salomi bo‘lsin! Yahyo ibn Yazid ibn 
Abdulmalikdan Molik ibn Anasga. Ammo ba’d. Menga ma’lum bo‘ldiki, sen nafis      
 kiyimlar kiyib, nozik taomlar yer emishsan. Yana ko‘rpachalar ustida o‘tirib, eshigingga 
soqchilarni qo‘yibsan. Holbuki, sen ilm kursisiga o‘tirgan zotsan. Sening huzuringga 
kelish uchun ulovlar tayyorlangan va odamlar ham doimo sen tomonga oshiqadilar. Ular 
seni imom qilib olganlar va so‘zlaringdan rozi bo‘ladilar (qabul qiladilar). Shunday ekan, 
Allohdan qo‘rq, ey Molik! Mutavoze’ bo‘l. Bularni  senga nasihat uchun yozdimki, 
Allohdan o‘zga hech kim bundan xabardor emas. Vassalom!» 
 
Molik (r.a.) unga shunday javob yozdilar: «Bismillahir rohmanir rohiym. Alloh taolodan 
sayyidimiz Muhammadga, ahli va ashobiga salot va salomlar bo‘lsin! Molik ibn Anasdan 
Yahyo ibn Yazidga. Senga Allohning salomi bo‘lsin! Ammo ba’d. Maktubing menga yetib 
keldi va nasihat, shafqat, adab bo‘lib (qalbimga) joylashdi. Alloh seni taqvo bilan siylasin 
va nasihating evaziga yaxshilik bilan mukofotlasin. Alloh taolodan tavfiq so‘rayman. 
(Yaxshilik qilishga) kuch va (yomonlikdan saqlanishga) quvvat faqatgina buyuk va oliy 
zot bo‘lgan Allohdandir. To‘g‘ri, sen zikr qilganingdek, men nozik taomlar yeyman, nafis 
kiyimlar kiyaman, (soqchi bilan o‘zimni) qo‘riqlataman va yumshoq o‘rinlarda o‘tiraman. 
Mana shularni qilamiz va Alloh taolodan mag‘firat so‘raymiz. Zero, Alloh taolo: 
 
«Bandalari uchun chiqarilgan Allohning ziynatini va pok rizqlarni kim haromga 
chiqaradi?» (A’rof surasi, 33-oyat) deb marhamat qilgan. Albatta, buni tark etish unga 
kirishdan ko‘ra yaxshiroq ekanini bilaman. (Bundan keyin ham) bizni maktubingdan 
darig‘ tutma. Biz ham seni maktubimizdan darig‘ tutmaymiz. Vassalom!» 
 
Molikning (r.a.) insofiga qaraki, ziynatni tark etish uni olishdan yaxshiroq ekanini e’tirof 
etib, uning mubohligiga fatvo berdilar. U zot ikkala holatda ham to‘g‘ri so‘zlagandirlar. 
Bir inson qachon, bu nasihatdagi kabi insof va e’tirof bilan nafsini isloh etsa, keyin uning 
nafsi mubohlar huzurida to‘xtashga qodir bo‘lsa, ammo bu uni riyokorlikka, xushomad 
go‘ylikka va yomon ko‘rilgan ishlarga o‘tib ketishga majbur qilmagan bo‘lsa, u kishi 
Imom Molik kabi (buyuk) maqomdadir. Lekin ko‘plar ziynatlar oldida o‘zini to‘xtatishga 
qodir bo‘lmaydi. Shu sababdan mubohlar bilan ziynatlanish katta xatardir. Bu holat xavf 


Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə