Microsoft Word ihyo ilm ziyouz com doc



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/70
tarix15.10.2018
ölçüsü0,58 Mb.
#74297
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   70

Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
111
va qo‘rquvdan uzoq. Holbuki, oxirat ulamolarining asosiy xususiyati qo‘rquvdir. 
Qo‘rquvning xususiyati esa, xatar ehtimoli bo‘lgan ishlardan uzoqlashishdir.  
 
(Oxirat olimlarining alomatlaridan) yana biri podshohlardan uzoqroq bo‘lish, modomiki, 
qochishga imkoni bor ekan, umuman huzurlariga kirmaslikdir. Podshohlar uning 
huzuriga kelsalar ham, ularga aralashishdan saqlanishi lozim. Chunki dunyo shirin va 
ko‘rkamdir. Uning jilovi podshohlar qo‘lida. Ular zolim bo‘lishi bilan birga, roziliklarini 
topish va qalblarini o‘ziga moyil qildirish uchun takallufidan xoli bo‘lmaydi. Ularni inkor 
etish, zulmlarini bildirish va fe’llarining qabihligini aytish bilan dillarini ranjitish har bir 
dindorga vojib bo‘ladi. Sultonlar huzuriga kirib yurguvchi kishi yo ularning chiroyli 
hayotlariga qarab o‘zidagi Allohning ne’matini kamsitadi, yoki ularni inkor etishdan sukut 
qilib, ularga xushomad qiluvchi bo‘ladi, yoki ularning roziligini topish va hollarini 
maqtash uchun gapida takalluf qiladiki, bu ish ochiqdan-ochiq bo‘htondir, yoki ularning 
mol-dunyolaridan bir qismini qo‘lga kiritishni tama’ qiladiki, bu yomon sifatdir. 
Podshohlarning molidan olish joiz bo‘lganlari va joiz bo‘lmaganlari, yomon va yaxshilari 
(bayoni) yaqinda «Halol va harom» kitobida keladi. Xulosa qilib aytganda, ularga 
aralashish yomonliklarning kalitidir. Oxirat olimlarining yo‘llari esa, bundan ehtiyot 
bo‘lishdir. 
Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) aytadilar: «Kim sahroda yashasa, (qalbi) qattiq 
bo‘ladi, kim ovga ergashsa, g‘aflatda qoladi, kim podshoh huzuriga borsa fitnaga 
uchraydi».
159
 Yana shunday deydilar: «Yaqinda ustingizga shunday amirlar keladiki, 
ularning sizlarga maqbul va siz rad etadigan amallari bo‘ladi. Kim ularni inkor qilsa, 
gunohdan qutuladi. Kim yomon ko‘rsa, salomat bo‘ladi. Lekin kim rozi bo‘lsa va tobe’ 
bo‘lsa, Alloh taolo uni uzoq qiladi». Shunda (sahobalar): «Ularga qarshi jang 
qilmaylikmi?» dedilar. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): «Yo‘q, ular namoz 
o‘qisalar, urushmang»,
160
 dedilar. 
 
Sufyon Savriy (r.a.) aytadilar: «Jahannamda bir vodiy borki, unda faqatgina 
podshohlarni ziyorat qilguvchi qori-olimlar turadilar». 
 
Huzayfa (r.a.): «Fitna chiqadigan joylardan saqlaning», dedilar. «U qaysi joy?» deb 
so‘rashdi. U kishi: «Amirlarning eshiklari. Sizlardan birortangiz amirning huzuriga kirsa, 
uning yolg‘onini tasdiqlaydi va  unda bo‘lmagan sifatlarni gapiradi», deb javob berdilar. 
 
Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) aytadilar: «Olimlar, modomiki, podsholarga 
aralashmasalar, Allohning bandalari ichida payg‘ambarlarning ishonchli vakillaridir. 
Qachonki, aralashsalar, payg‘ambarlarga xiyonat qilgan bo‘ladilar. Shunda ulardan 
ehtiyot bo‘linglar va ajralinglar».
161
 Bu hadisni Anas (r.a.) rivoyat qilganlar. 
 
159. Abu Dovud, Termiziy va Nasoiylar rivoyati, sahihi.        
160. Imom Muslim Ummu Salamadan rivoyat qilgan. 
161. Ibn Javziy «Mavzu’ot»da zikr qilingan. 
 
 
A’mashga (r.a.): «Siz ilm ihyo qildingiz, chunki sizdan ko‘plar ilm oladi», deyishganida, u 
kishi aytdilarki: «Shoshmanglar! (Mendan ilm olganlarning) uchdan biri uni idrok 
etmasdan oldin vafot qiladi. Yana uchdan biri podshohlar eshigidan ajralmay qoladi, ular 
odamlarning eng yomonidirlar. Qolgan uchdan bir qismining ham juda ozi najot topadi». 
 


Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
112
Shuning uchun Said ibn Musayya (r.a.): «Qachon bir olimning amirlar atrofida o‘ralashib 
yurganini ko‘rsangiz, undan ehtiyot bo‘ling. Chunki u o‘g‘ridir», deganlar.  
 
Avzoiy (r.a.) aytadilar: «Amaldorni ziyorat qiluvchi olimdan ko‘ra Allohga yoqimsizroq 
hech narsa yo‘qdir». 
 
Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) shunday deganlar: «Olimlarning yomoni amirlar 
huzuriga borganlaridir. Amirlarning yaxshilari olimlar huzuriga kelganlaridir».
162
 
 
Makhul Damashqiy (r.a.) aytadilar: «Kim Qur’onni ta’lim olsa va dinni chuqur o‘rgansa, 
keyin podshohga laganbardorlik bilan uning huzuridagi narsani tama’ qilib, yaqin bo‘lsa, 
(shu maqsadda) bosgan qadamlari sonicha jahannam o‘tidan bo‘lgan dengizga sho‘ng‘ib 
boradi». 
 
162. Ibn Moja avvalgi qismini zaif sanad bilan rivoyat qilgan. 
 
Samnun (r.a.) aytadilar: «Olimning suhbatiga kelinadi, lekin u topilmaydi. Uning 
qaerdaligini so‘ralsa,  amirning huzurida deyiladi. Naqadar yomon!!». 
 
Yana aytadilar: «Ilgari qachon bir olim dunyoni sevganini ko‘rsangiz, undan ehtiyot 
bo‘linglar, deganlarini eshitgan edim» Men buni tajriba qilib, sinab ko‘rdim. Podshohning 
huzuriga kirib chiqqandan keyin nafsimni hisobga tortdim va unda inqirozni ko‘rdim. 
Holbuki, eng og‘ir va qo‘pol so‘zlar aytishimni hamda sultonning xohishiga qarshi 
chiqishimni bilasizlar. Shunga qaramasdan, men undan biror narsa olmasam ham va bir 
ho‘plam suvini ichmasam ham, o‘rnimga boshqasini yuborib, o‘zim kirishdan qutilib 
qolishni yaxshi ko‘rdim». 
 
Keyin yana shunday dedilar: «Zamonamiz olimlari Bani Isroil olimlaridan yomonroqdir. 
(Chunki) podshohga faqat ruxsat berilgan va nafsi havosiga muvofiq keladigan narsalar 
haqida gapiradilar. Agar podshohga zimmasidagi vazifalar va najotiga sabab bo‘luvchi 
ishlar haqida xabar bersalar edi, ularni og‘ir sanardi va huzuriga kirishlarini yomon 
ko‘rgan bo‘lardi. Mana shu narsa olimlar uchun Parvardigorlari huzurida najotdir». 
 
Hasan Basriy (r.a.) aytadilar: «Sizlardan oldingilar orasida Islomga kirishda muqaddam 
va Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam) suhbatlariga erishgan bir zot bor edi. 
(Abdulloh ibn Muborak: «Hasan Basriy Sa’d ibn Abu Vaqqosni (r.a.) nazarda tutgan», 
deganlar.) U podshohlar atrofida o‘ralashib yurmasdi va o‘zini ulardan chetga olar edi. 
Farzandlari unga: «Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam) suhbatlarida va Islomga 
kirishda peshqadamlikda siz kabi bo‘lganlar ham ularning huzuriga boryapti. Siz ham 
borsangiz-chi?!» dedi. U zot: «Ey farzandlarim! Qavm bir o‘likni o‘rab olgan bo‘lsa, unga 
men ham boraymi?! Allohga qasamki, kuchim yetganicha, ulardan qochaman», dedilar. 
Farzandlari: «Ey otajon! Unda biz ochlikdan o‘lib ketamiz-ku», dedi. U zot: «Ey 
bolalarim! Semiz  munofiq bo‘lgan holda o‘lishdan ko‘ra, och mo‘min holda o‘lishim, 
menga suyukliroqdir», dedilar. Allohga qasamki, tuproq iymonni emas, balki sut va 
yog‘larni yeyishini bilganidan keyin farzandlari jim qoldilar». 
Bu qissada shunga ishora borki, podshoh huzuriga kirgan kishi munofiqlikdan qutula 
olmaydi. Bu ish esa iymonga ziddir. 
 


Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə