Microsoft Word Кичик бизнес бошк маъруза матни doc



Yüklə 1,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/98
tarix16.06.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#117556
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   98
3.
 
Kichik biznes korxonalarini tuzishning iqtisodiy va ijtimoiy asoslari. 
Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun tadbirkorlik sub’ekti 
tadbirkorlik tashkilotlari (shirkatlarini) tuzadi. Tadbirkorlik tashkilotlarini 
(shirkatlarini) tuzish, ularning faoliyatini ko‘rsatishi, ularni qayta tashkil etish va 
tugatishning umumiy huquqiy, iqtisodiy va ijtimoiy asoslari O‘zbekiston 
Respublikasining «O‘zbekiston Respublikasidagi korxonalar to‘g‘risida»gi qonuni 
bilan tartibga solinadi. 
Korxonani boshqarishni tashkil etishning umumiy qoidalari. 
Korxona o‘z ustaviga muvofiq boshqariladi. Korxona boshqaruv strukturasi, 
shakli va uslublarini mustaqil aniqlaydi, shtatlarni belgilaydi. 
Mulkdor korxonani bevosita yoki o‘zi vakolat bergan idoralar orqali 
boshqaradi. Mulkdor yoki xo‘jalikni to‘la yuritish huquqi sub’ekti yoxud u vakolat 
bergan idoralar ana shu huquqlarni korxona kengashiga (idorasiga) yo bo‘lmasa 
korxona ustavida ko‘zda tutilgan hamda mulkdor va mehnat jamoasi manfaatlarini 
ifoda etadigan boshqa idoraga topshirishi mumkin. 
Korxona rahbarini yollash (tayinlash, saylash) va bo‘shatish korxona mulki 
egasining yoki xo‘jalikni to‘la yuritish huquqi sub’ektining huquqi bo‘lib, bu 
huquqni ular bevosita, shuningdek o‘zlari vakil qilgan idoralar orqali yoki 
korxonani boshqarish huquqi berilgan korxona kengashi, boshqaruvi yoxud boshqa 
idoralar orqali amalga oshiradilar. 
Tadbirkorning huquqlari. U quyidagilardan iborat: 

jumhuriyat territoriyasida yashovchi va faoliyat yurituvchi har bir fuqaro (bir 
gurux fuqarolar) xo‘jalik yurituvchi boshqa boshqa sub’ektlar bilan teng 
asoslarda qonunlarda belgilangan shartlarga rioya qilgan holda korxonalar 


16 
va tashkilotlarni vujudga keltirish, ta’sis etish, sotib olish va qayta tuzish 
yo‘li bilan tadbirkorlik faoliyatini boshlash va davom ettirishi;

bu faoliyatni bajarish uchun boshqa yuridik shaxslar va fuqarolarning mol-
mulki hamda pul mablag‘larini ixtiyoriy asoslarda jalb etishi, xodimlarni 
mustaqil yollash va ishdan bo‘shatishi; 

tadbirkorlikdan qonunlarda belgilangan tartibda soliq solinadigan cheksiz 
miqdorda shaxsiy daromad orttirishi, ijtimoiy ta’minlanish va ijtimoiy 
sug‘o‘rta qilinish huquqlariga egadirlar. 
Tadbirkor yoki u vakil qilgan shaxslar xo‘jalik yurituvchi boshqa 
sub’ektlarning har qanday xatti-harakatlari va tadbirkorga qilayotgan da’volari 
hamda belgilangan tartibda beriladigan jazo choralari xususida bahslashishga haqli, 
qonunlarga muvofiq hech so‘zsiz qo‘llanadiganlari bundan mustasnodir. 
Tadbirkorning majburiyatlari. U quyidagilardan iborat: 

tadbirkor amaldagi qonunlardan hamda o‘zi tuzgan bitimlardan kelib 
chiqadigan barcha majburiyatlarni bajarishi; 

yollanib ishlayotgan xodimlar bilan qonunlarga muvofiq mehnat 
shartnomalari (bitimlar) tuzishi, yollanib ishlayotgan xodimlarni ijtimoiy va 
tibbiy sug‘o‘rta qilishi; 

ishga jalb etilgan barcha xodimilar bilan tuzilganbitimga muvofiq
korxonaning moliyaviy axvolidan qat’iy nazar, to‘la hisob-kitob qilishi; 

maxsus bilim va kunikma talab qilinadigan ishlarga faqatgina zarur 
tayyorgarlikka ega, kasb-kori jihatidan yaroqli va tegishli ma’lumotga ega 
bo‘lgan shaxslarnigina jalb etishi muqarrardir. 
Tadbirkorning ma’suliyatlari. 
Soliq va kredit majburiyatlarining, tuzilgan bitimlarining ijrosi, boshqa 
sub’ektlarning mulkiy huquqlarni bo‘zganligi, bexatar mehnat sharoitlariga rioya 
etmasligi, iste’molchilarga odamlarning salomatligiga zarar yetkazadigan mahsulot 
yetkazib berganligi, atrof-muhitga zarar yetkazganligi, yakka hoqimlikka qarshi 
qonunlarni bo‘zganligi uchun, tadbirkor o‘z mol-mulk doirasida amaldagi 
qonunlarga muvofiq javobgar bo‘lib hisoblanadi. 
Mulkiy da’volar tadbirkorning merosxo‘rlariga ham taalluqli bo‘ladi, lekin 
ular meros qilib qoldirilgan mol-mulk hajmidan oshmasligi zarur. 

Kichik korxonalarning xususiyatlari, belgilari; 

Kichik korxona to‘g‘risida olimlarning fikrlari; 

Iqtisodiyotni rivojlantirishda kichik korxonalar o‘rni; 

Jamiyatni kichik biznesga munosabati. 

Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə