Microsoft Word Кичик бизнес бошк маъруза матни doc



Yüklə 1,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/98
tarix16.06.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#117556
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   98
1.
 
Kichik biznesni ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati. 


18 
 
Kichik biznes va tadbirkorlikning rivojlanishiga bir qator omillar ta’sir etadi. 
Bular quyidagilardir: 
1.
Korxonalarning yiriklashuvi tendensiyasining pasayishi
. AQSH da yaqin 
15-20 yil ichida korxonalarning yiriklashuvi tendensiyasi pasaydi. Bu asosan 
xizmat ko‘rsatish sohasidagi siljishlar bilan bog‘liq. Albatta bu xizmat 
ko‘rsatish sohasida faoliyat masshtabini uncha kengaytirish imkoni pastligi 
bilan belgilanadi. Hozirgi paytda xizmat ko‘rsatish sohasidagi kichik 
korxonalar yirik raqobatchilariga nisbatan ayrim yumushlarni samarali 
tashkil qila olmoqdalar. Bu birinchi navbatda boshqarish tizimining soddaligi 
va ixchamligi bilan bog‘liqdir. 
2.
Ayollar ish kuchining iqtisodga kirib kelishi.
80 -yillarning o‘zidagina 2 
mln. ayollar o‘z ish joylarini ochdilar. Hozir AQSH da 4,6 mln. korxona 
ayollarga tegishli bo‘lib, ular mamlakatdagi jami kichik korxonalarning 30% 
ni tashkil etadi. Bu tendensiya davom etsa 2000 yilga borib, kichik biznes va 
xususiy tadbirkorlikda ayollar va erkaklar soni tenglashadi. 
3.
Yirik ishlab chiqarishda xodimlarning qisqarishi.
Bu ayrim jihatdan 
demografik omillar bilan bog‘liq. Jumladan, “demografik portlash” davrida 
tugilganlar hozirda 30-40 yoshga, ya’ni o‘z ishini mustaqil boshlash vaqtiga 
yetdilar. Bundan tashqari, yirik korxonalarda ish o‘rni uchun kurash, o‘rta 
bugin xodimlarining qisqartirilishi bevosita kichik biznes va xususiy 
tadbirkorlikning rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadi. 
4.
Yangi korxonalar ochish sur’atini ortishi
. AQSH da har yili o‘rtacha 200 
mingga yaqin aholi o‘zining yangi firmasini ochadi. Ularning yarmidan ko‘pi 
20 ming dollardan kam oborot bilan o‘z faoliyatlarini boshlaydilar. Ularning 
kariyib 75% o‘z firmalarida xaftasiga 50 soat ishlaydilar, 25% esa 70 soat va 
undan ortiq mehnat qiladilar. Kariyib 2/3 qism yangi biznesni boshlovchilar 
yangi yoki boshlayotgan kompaniyalar hisoblanadilar, ya’ni ular amalda 
ishlayotgan korxonalarni sotib olmay, yangidan o‘zlari xususiy biznesni 
boshlaydilar. Ularning 80% dan ortigi o‘z ishlarini uta samarali g‘oyalarni 
emas, balki oddiy ishlarni tartibli xal qilish bilan boshlaydilar. 
Demak, kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatining rivojlanishiga ta’sir 
etuvchi omillarni umumlashtirsak, ular quyidagilardan iborat: 

korxonalar yiriklashuvi tendensiyasining pasayishi; 

ayollar ish kuchining iqtisodga kirib kelishi; 

yirik ishlab chiqarishda xodimlarning qisqarishi; 

yangi korxonalarni ochish sur’atining ortishi va boshqalardir. 

Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə