Microsoft Word Кичик бизнес бошк маъруза матни doc


Yirik ishlab chiqarishda xodimlarning qisqarishi



Yüklə 1,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/98
tarix16.06.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#117556
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   98
Yirik ishlab chiqarishda xodimlarning qisqarishi.
Bu ayrim jihatdan 
demografik omillar bilan bog‘liq. Jumladan, “demografik portlash” davrida 


14 
tugilganlar hozirda 30-40 yoshga, ya’ni o‘z ishini mustaqil boshlash vaqtiga 
yetdilar. Bundan tashqari, yirik korxonalarda ish o‘rni uchun kurash, o‘rta 
bugin xodimlarining qisqartirilishi bevosita kichik biznes va xususiy 
tadbirkorlikning rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadi. 
4.
Yangi korxonalar ochish sur’atini ortishi
. AQSH da har yili o‘rtacha 200 
mingga yaqin aholi o‘zining yangi firmasini ochadi. Ularning yarmidan ko‘pi 
20 ming dollardan kam oborot bilan o‘z faoliyatlarini boshlaydilar. Ularning 
kariyib 75% o‘z firmalarida xaftasiga 50 soat ishlaydilar, 25% esa 70 soat va 
undan ortiq mehnat qiladilar. Kariyib 2/3 qism yangi biznesni boshlovchilar 
yangi yoki boshlayotgan kompaniyalar hisoblanadilar, ya’ni ular amalda 
ishlayotgan korxonalarni sotib olmay, yangidan o‘zlari xususiy biznesni 
boshlaydilar. Ularning 80% dan ortigi o‘z ishlarini uta samarali g‘oyalarni 
emas, balki oddiy ishlarni tartibli xal qilish bilan boshlaydilar. 
Demak, kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatining rivojlanishiga ta’sir 
etuvchi omillarni umumlashtirsak, ular quyidagilardan iborat: 

korxonalar yiriklashuvi tendensiyasining pasayishi; 

ayollar ish kuchining iqtisodga kirib kelishi; 

yirik ishlab chiqarishda xodimlarning qisqarishi; 

yangi korxonalarni ochish sur’atining ortishi va boshqalardir

 
2.
 
Kichik biznesni rivojlantirishning asosiy qoidalarining boshqaruvdagi 
o‘rni. 
Tovar-pul munosabatlari rivojlanayotgan va boshqariladigan bozor 
sharoitida mulkchilikning barcha shakliga mansub korxonalarni barpo etish, ular 
faoliyatining, ularni qayta tashkil etish va tugatishning umumiy huquqiy, iqtisodiy 
va ijtimoiy asoslari mazkur me’yoriy hujjatlarda keng yoritib berilgan. 
«O‘zbekiston Respublikasida mulkchilik to‘g‘irisida»gi (1990 yil 31 
oktyabr) qonunida belgilab qo‘yilgan mulk shakllariga muvofiq quyidagi turdagi 
korxonalarga bo‘linadi: 

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining, shuningdek ajnabiy fuqarolarning 
individual (xususiy va shaxsiy) mulkiga asoslangan korxonalar; 

jamoa (shirkat) mukiga asoslangan jamoa, oila, mahalla korxonalari, ishlab 
chiqarish kooperativlari; kooperativlarga qarashli korxonalar, aksiyali 
jamiyatlarga, 
mas’uliyatli cheklangan jamiyatlarga, o‘zga xo‘jalik 
jamiyatlari yoki shirkatlariga qarashli korxonalar; jamoat tashkilotlarining 
korxonalari, diniy tashkilotlarining korxonalari va jamoa mulkchiligining 
boshqa shakllariga asoslangan korxonalar; 

davlat mulkiga asoslangan respublika davlat korxonasi, Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi davlat korxonasi, viloyatlararo, viloyat, nohiyalararo, nohiya, 
shahar davlat korxonasi va korxonalarning boshqa turlari; 

to‘la yoki ulush qo‘shib ishtirok etishga asoslangan (qo‘shma korxonalar) 
respublika mulki, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, ajnabiy huquqiy shaxslar
firmalar va davlatlar mulki bo‘lgan korxonalar; 

mulkchilikning aralash shakllariga asoslangan korxonalar. 


15 
Mulkchilik shakllaridan qat’iy nazar, korxona ishlovchilar soniga qarab 
kichik korxonalar jumlasiga (4 mavzuda yoritilgan) kiritilgan, bunday korxonalarni 
barpo etish va ular faoliyatining o‘ziga xos jihatlari, maqomi, ularni ro‘yxatga olish 
shartlari, shuningdek korxonalarni bu turga kiritish tartibi, O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar mahkamasi va Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi Vazirlar Kengashi tomonidan tartibga solinadi. 
Kichik va xususiy tadbirkorlik (bundan keyin tadbirkor deb ataladi) 
faoliyatini tashkil etish, uni rivojlantirishning huquqiy asoslari, shuningdek 
rag‘batlantirish yo‘llari «O‘zbekiston Respublikasida tadbirkorlik to‘g‘risida» 
(1991 yil 15 fevral) va «Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni 
rag‘batlantirish to‘g‘risida»gi (1995 yil 21 dekabr) qonunlarida o‘z aksini topdi. 
Mazkur qonunlar tadbirkorlikning iqtisodiy va huquqiy mustaqilligiga 
kafolat beradi, ularning huquq va ma’suliyatini aniqlaydi, tadbirkorlarning boshqa 
korxonalar va tashkilotlar, davlat boshqaruvi idoralari bilan munosabatlarini 
tartibga soladi. 
Bundan tashqari, fuqarolarning tadbirkorlik qobiliyatini butun choralar bilan 
ishga solish, ularning ishbilarmonligini oshirish, tadbirkorlikni rivojlantirishning 
huquqiy kafolatlrini belgilash asosida bozor munosabatlarini jadallashtirishga 
qaratilgandir.

Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə