Microsoft Word Кичик бизнес бошк маъруза матни doc


Mavzu-2. Kichik biznes boshqaruvida kichik korxonalarning xususiyatlari



Yüklə 1,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/98
tarix16.06.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#117556
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   98
Mavzu-2. Kichik biznes boshqaruvida kichik korxonalarning xususiyatlari. 
 
REJA: 
1.
Boshqaruvda muhim bo‘lgan kichik biznesni va yirik korxonalarni ajratib 
turuvchi xususiyatlar. 
2.
Kichik biznesni rivojlantirishning asosiy qoidalarining boshqaruvdagi o‘rni. 
3.
Kichik biznes korxonalarini tuzishning iqtisodiy va ijtimoiy asoslari. 
1.
 
Boshqaruvda muhim bo‘lgan kichik biznesni va yirik korxonalarni 
ajratib turuvchi xususiyatlar. 
 
Hozirgi 
paytda 
mamlakatimizda 
amalga 
oshirilayotgan 
iqtisodiy 
islohatlarning ikkinchi bosqichida mulkni davlat tasarrufidan chiqarish, 
xususiylashtirish, qo‘shma korxonalar tuzish, korxonalarni ochiq tipdagi 
hissadorlik jamiyatlariga aylantirish va ayniqsa kichik biznes va xususiy 
tadbirkorlikni rivojlantirish masalalariga katta e’tibor berilmoqda. 
Kichik korxonalarning mehnatini tashkil qilishda mehnat taqsimotining 
alohida tamoyillarini yo‘lga qo‘yish, xodimlarning ish sohasida bir-birlarini o‘zaro 
almashtira olish ular o‘rtasidagi ishonchli munosabatlar kabi xususiyatlarni ham 
ta’kidlab o‘tish zarur. Ishlab chiqarishning kichik qo‘lamlari jamoada me’yoriy 


12 
ruhiy sharoitni yaratish, xodimlar qo‘nimsizligini kamaytirish, rahbarlar va 
buysunuvchi xodimlar o‘rtasidagi munosabatlarni demokratik asosida qurish, 
tashabbuskorlik, ijodkorlik muhitini yaratish bilan birga har bir jamoa a’zosining 
yuqori ma’suliyatli faoliyatini yo‘lga qo‘yish imkonini beradi. 
Kichik korxonalarning xo‘jalik faoliyatida barqaror va foyda bilan ishlashga 
erishish imkoniyatlarini beruvchi eng muhim xususiyatlari ana shulardan iboratdir. 
Ammo bu imkoniyatlar o‘z-o‘zidan amalga oshadi, kichik biznes gullaydi
tadbirkorlirning hech qanday harakatlarisiz kengayadi, bu sohada hamma narsa 
tinch va unda alohida muammolar yo‘q deb hisoblash xato bo‘ladi. Kichik biznesni 
rivojlantirish yo‘lida ko‘pgina to‘siqlar, qiyinchilik bilan hal qilinadigan 
muammolar borki, ularni bartaraf qilish uchun anchagina sa’yi harakat qilish, 
doimo izlanishda bo‘lishi, o‘qish – o‘rganish zarur.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik o‘z qo‘lami jihatidan iqtisodiyotni 
o‘zluksizligini va barqarorligini ta’minlashda katta o‘rin egallaydi. Kichik biznes 
va xususiy tadbirkorlikning iqtisodiyotga ta’sir qo‘lami bir qator iqtisodiy, 
ijtimoiy, madaniy, ma’rifiy va boshqa jihatlarni o‘z ichiga oladi. Biz faqatgina 
iqtisodiy jihatdan muhim bo‘lgan xususiyatlar xususida tuxtalamiz. 

Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə