Microsoft Word Кичик бизнес бошк маъруза матни doc


Kichik biznesni iqtisodiyotda tutgan o‘rni



Yüklə 1,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/98
tarix16.06.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#117556
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   98
2.Kichik biznesni iqtisodiyotda tutgan o‘rni. 
 
O‘zbekistonning iqtisodiy salohiyatida kichik biznesning roli g‘oyatda 
kattadir. Boshqacha qilib aytganda, u davlatni muvaffaqqiyatli rivojlanishi va 
gullab-yashnashining o‘lchovidir. Shuning uchun O‘zbekistonda kichik va o‘rta 



biznes, fermer va dehqon xo‘jaliklari, yakka tartibdagi tadbirkorlarning 
rivojlanishini rag‘batlantirishga alohida e’tibor qaratilgan. 
Shunday ekan, kichik korxonalarning roli va ahamiyati nimadan iborat? 
Bular, qisqacha aytadigan bo‘lsak, qo‘yidagi omillarda namoyon bo‘ladilar: 

kichik korxonalar bozorning tovarlar va xizmatlar bilan tez to‘ldirilishiga 
yordam beradilar, ichki bozorni shaxsiy ishlab chiqarilgan tovarlar bilan 
boyitadilar; 

kichik korxonalar yengil va oziq-ovqat sanoatining salmog‘ini oshirib, 
mamlakatni xom ashyoviy yo‘naltirilganlik holatidan chiqarib, iqtisodiyotni 
tarkibiy qayta qurishga faol ta’sir qiladilar; 

kichik korxonalar iqtisodiyotning dvigateli bo‘lgani holda, sohaviy va 
mintaqaviy 
yakka 
hokimlikni 
bartaraf 
qilishga, 
raqobat 
sohasini 
kengaytirishga yordam beradilar; 

kichik firmalarning faoliyatida ilg‘or, ixcham texnologiyalardan foydalanish 
alohida o‘rin to‘tadi, zero, bu ilmiy texnik taraqqiyotining eng muhim 
yo‘nalishlaridan biridir; 

kichik korxonalar eksportga mo‘ljallangan va raqobatbardosh mahsulotlarni 
ishlab chiqarish bilan shug‘ullanib, mamlakatning eksport salohiyatini 
oshiradilar; 

mahalliy idoralarning iqtisodiy bazasini mustahkamlash, qishloq aholi 
punktlari, kichik shaharlarning rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatishda kichik 
korxonalarning roli kattadir; 

kichik firmalar unutilgan, an’anaviy halq amaliy san’ati, badiiy 
hunarmandchilikning tiklanishiga ko‘maklashadilar, bu nafaqat iqtisodiyot, 
balki halqning madaniy merosini tiklashda g‘oyatda muhimdir; 

kichik korxonalar ko‘pincha yirik korxonalarni butlovchi detallar va qismlar 
bilan ta’minlab, ularning yo‘ldoshlari bo‘ladilar, bu yirik va kichik biznes 
manfaatlarini birlashtirishning samarali usuli bo‘ladi; 

kichik korxonalarda nafaqaxo‘rlar, nogironlar, talabalar uy bekalarining 
mehnat qilish imkoniyati bor, bu esa ularning moddiy ahvolini yaxshilashga 
yordam beradi; 

kichik biznes mehnatni qo‘llash sohasini kengaytirish, ish bilan band 
bo‘lmagan aholini va samarasiz ishlovchi korxonalardan ozod bo‘lgan 
xodimlarni ishga joylashtirish uchun yangi imkoniyatlar yaratishga; 
boshqacha qilib aytganda ishsiz odamlar sonini qisqartirishga imkon beradi; 

kichik biznesning rivojlanishi hisobiga xususiy mulkchilik sohasi kengayadi, 
bu jamiyat va davlatning tayanchi bo‘lib xizmat qiluvchi o‘rta hollar 
sinfining shakllanishi, mamlakatda barqarorlikning muhim sharti bo‘lib 
xizmat qiladi. 
Shunday qilib, kichik biznesning rivojlanishi mamlakatni iqtisodiy 
farovonligini oshirishda va muhim ijtimoiy muammolarni hal qilishda katta rol 
o‘ynaydi.
Bizning mamlakatimizda xorijiy mamlakatlar tajribasiga suyangan holda 
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga davlat tomonidan katta 
e’tibor berilmoqda. Bunga 1995 yilning 21 dekabrida Oliy majlis tomonidan qabul 



qilingan «Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag‘batlantirish 
to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonunini misol qilib ko‘rsatsa bo‘ladi. 
Erkin raqobatga tobora keng imkon yaratish, turli mulkchilik shakllaridagi bozor 
sub’ektlari o‘rtasida bo‘ladigan iqtisodiy - huquqiy munosabatlarni jahon 
andozalari darajasida tashkil etish borasida ushbu qonun muhim ahamiyat kasb 
etadi. 
Mazkur 
qonunning 
2-moddasida 
kichik 
va 
xususiy 
tadbirkorlik 
sub’ektlarining miqyosi aniq belgilab berilgan. Jumladan, sanoat va qurilishda - 50 
kishigacha, qishloq xo‘jaligi va ishlab chiqarishning boshqa sohalarida - 25 
kishigacha, fan va ilmiy xizmat ko‘rsatish sohalarida -10 kishigacha, chakana 
savdoda - 5 kishigacha bo‘lgan korxonalar kichik va xususiy tadbirkorlik 
doirasidagi korxonalar bo‘lib hisoblanadi. 
Xush, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojlangan davlatlarda qanday 
e’tirof etiladi va uning mohiyati nimadan iborat? AQSH da 500 tagacha xodimi 
bo‘lgan korxona kichik korxona hisoblanadi. Germaniya va boshqa G‘arbiy 
Yevropa davlatlarida esa 300 tagacha xodimi bo‘lgan korxona kichik korxona 
hisoblanadi. 
Xorijiy mamlakatlarda kichik korxonalarni 2 ta tamoman o‘zgacha turlarga 
bo‘lish mumkin: 
1.
hayotni ta’minlovchi korxonalar; 
2.
tez usuvchi korxonalar. 
Odatda kichik korxonalarning qariyib 80-90% o‘ta kichik bo‘lib, ular o‘sish 
uchun cheklangan imkoniyatlarga ega. Bunday korxonalar hayotni ta’minlovchi 
korxonalar deb yuritiladi. Ushbu turdagi korxonalarga maslahat - xizmati 
ko‘rsatuvchi firmalar, tor doirada ixtisoslashgan do‘konlar, kafe va shu kabilar 
kiradi. Ulardagi xodimlar tuliq bo‘lmagan ish kuniga ega bo‘lib, firma manzillari 
sifatida tadbirkorlar o‘z uylaridan foydalanadilar. Hayotni ta’minlovchi korxonalar 
kichik biznes korxonasi bo‘lib, uning egasi yetarli turmush darajasini ta’minlash 
maqsadida tashkil etadi. 
Ikkinchi turdagi korxonalar tez usuvchi korxonalar deb nomlanadi. Ularning 
bunday nomlanishiga sabab, ularning maqsadi tezroq kichik biznes chegarasidan 
chiqib rivojlanishdir. Tez usuvchi korxonalar kichik biznes korxonasi bo‘lib, ular 
tezkor o‘sish tendensiyasiga va quyilgan sarmoyaning yuqori qaytmligiga ega 
hisoblanadi. Odatda bunday turkum korxonalarga bir necha kishi rahbarlik qiladi. 
Tez usuvchi korxonalar yirik investitsiya manbalariga tez yaqinlasha oladilar va 
buning natijasida keng bozorda yangi tovarlar va xizmatlarni kiritish imkoniyatiga 
ega bo‘ladilar. 

Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə