Microsoft Word Кичик бизнес бошк маъруза матни doc


kichik biznesni boshqarish



Yüklə 1,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/98
tarix16.06.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#117556
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   98
kichik biznesni boshqarish
fanini o‘rganish katta ahamiyatga ega bo‘lib, 
menejerlarni tayyorlashda ixtisoslikka yo‘naltiruvchi fanlardan biri bo‘lib 
hisoblanadi. Kichik biznesni boshqarish bilan faqat bozor iqtisodiyotiga xos 
bo‘lgan fanlardan hisoblanadi. Ushbu fanning maqsadiga menejment usul va 
yondashuvlarini kichik biznesga moslashgtirish kiradi. 
Uni o‘rganishdan maqsad 
- talabalarda kichik biznesni boshqarish yuzasidan nazariy va amaliy bilimlarni 
chuqurlashtirishdan iboratdir. Umumiy holda boshqarish kichik biznes shaklining 
faoliyatini tashkil etish va rahbarlik qilishni ko‘zda to‘tadi. 
Fanning predmeti 
deganda uning nimani o‘rganishi, qanday jarayon va vazifalarni qamrab olishi 
nazarda tutiladi. Ushbu fanning 
predmeti
kichik biznes boshqaruvi bilan bog‘liq 
hodisa va jarayonlarni o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari fanning predmetiga kichik 
biznes faoliyati davrida vujudga keladigan iqtisodiy xo‘jalik va shaxslararo 
munosabatlar kiradi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida kichik biznesni boshqarish 
asoslarini yaxshi egallash menejerlarning bilimi va mahoratini oshirib, samarali 
faoliyat ko‘rsatishining muhim shartlaridan biri hisoblanadi.
 
Fanning vazifasi
kichik biznesni boshqarish yuzasidan tegishli bilimlar, 
nazariy va amaliy ko‘nikmalarni talabalar ongida shakllantirish, ularni kichik 
biznes faoliyati haqida, ularning faoliyatini boshqarish xususiyatlari to‘g‘risida 
bilimlar berishdan iborat. Bu fan kichik biznesni boshqarishning asosiy qoidalari, 
usul va uslublari, mexanizmlari, tarkibiy qismlari, vositalari kabilarni o‘rganishni 
vazifa qilib ko‘ygan. Fanning vazifalariga quyidagilarni ham kiritish mumkin: 
1.
Ishlab chiqarish quvvatlarini rejalashtirish va bozorga moslashtirish 
muammolarini hal qilish. 
2.
Xodimlarni 
tanlash, 
ularni 
qiziqtirish 
va 
haq 
to‘lash 
usullarini 
takomilashtirish. 
3.
Kichik biznes faoliyatining moliyaviy asosini yaratish. 
4.
Kichik biznesda tashkiliy madaniyat tamoyilarini shakllantirish. 
5.
Kichik biznesda shaxslararo munosabatlarning qoidalari yaratish.

Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə