Microsoft Word Кичик бизнес бошк маъруза матни doc


Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati



Yüklə 1,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/98
tarix16.06.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#117556
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   98
 
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.................................................. 
 
 



Mavzu-1. Kichik biznesni boshqarish kursining predmeti va vazifalari. 
 
REJA: 
1.
Kichik biznes mohiyati va fanning predmeti. 
2.
Kichik biznesni iqtisodiyotda tutgan o‘rni. 
3.
O‘zbekistonda kichik biznesni shakllanishi va rivojlanishi. 
1.
 
Kichik biznes mohiyati va fanning predmeti. 
 
Kichik biznes har qanday iqtisodiyotning, jumladan bozor iqtisodiyotining 
asosi hisoblanadi.
Kichik biznes deganda jahon amaliyotida ishlovchilarning o‘rtacha yillik 
soni, mahsulot hajmi, sarmoya hajmi va shu kabi ko‘rsatkichlari ma’lum 
chegaradan oshmasligi hisobga olinadi. Turli mamlakatlarda ishlovchilar soni 
qonunchilikda turlicha belgilangan, shunga ko‘ra korxonalar kichik, o‘rta va yirik 
turlarga ajratilgan.
Iqtisodiy rivojlanishning sur’atlari, iste’mol bozoridagi muvozanat, xalq 
faravonligi va jamiyat a’zolarning iqtisodiy ahvoli ko‘p jihatdan tadbirkorlikning 
mazkur shakllari rivojiga bog‘liq. 
O‘zbekistonda biznesni fan tariqasida o‘rganish faqatgina 90-yillarning 
boshlarida bozor munosabatlariga asta-sekin o‘tish bilan boshlandi. Chunki 
biznesni asosini xususiy mulkchilik tashkil etar edi. 
«Biznes» so‘zi inglizcha so‘z bo‘lib, u tadbirkorlik faoliyati yoki 
boshqacha so‘z bilan aytganda kishilarni foyda olishga qaratilgan 
tadbirkorlik faoliyatidir. 
Xorijiy adabiyotlarda biznes ta’rifini ko‘p turlari mavjuddir. Insoniyat 
jamiyatining butun rivojlanish tarixi u yoki bu jihatdan doimo biznes bilan bog‘liq 
bo‘lgan. 
Biznesmen (Tadbirkor) so‘zi birinchi marotaba Angliya iqtisodiyotida XVIII 
asrda paydo bo‘lib, u «Mulk egasi» degan ma’noni bildiradi. Jumladan, Adam 
Smit tadbirkorni mulk egasi sifatida ta’riflab, uni foyda olish uchun qandaydir 
tijorat g‘oyasini amalga oshirish maqsadida iqtisodiy tavakkalchilikka boradigan 
kishidir, - deb ta’kidlaydi. Tadbirkorni o‘zi, o‘z ishini rejalashtiradi, ishlab 
chiqarishni tashkil etadi, mahsulotni sotadi hamda olgan daromadiga o‘zi 
xo‘jayinlik qiladi. 
Xorijiy mamlakat olimlari darsliklarda biznesga sistemali ta’rif beradilar. 
AQShning professorlari S. Rozenblat, R. Bonnington va B. Nidlslar tomonidan 
tayyorlangan «Biznes konsepsiyasi» darsligida: «Biznes nima?» degan savolga 
ular: 
Biznes
- bu ish yuritish sistemasidir, 

bu insonlarga kerak bo‘lgan mahsulotlarni yaratishdir. 

bu ishdir. 

bu bizni qanday yashashimizdir kabi javoblarni bergan. 
Shunday ekan, 
biznes
- bu puldan pul qilish, lekin albatta insonlarga kerakli 
bo‘lgan mahsulotni ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish natijasida puldan pul 



qilishdir. Biznesning formulasi oddiy, ya’ni P-P. Lekin bu oddiy formula 
mazmunida murakkab hayot jarayoni yotadi. Biznes - bu avvalo ishlab chiqarishni 
tashkil etish, iqtisodiy faoliyat va munosabatlar, hayotni o‘zi, so‘ngra esa pul 
ishlash demakdir.
Kichik biznes sub’ektlari bozor iqtisodiyotini shakllantirishning asosiy 
yo‘nalishlaridan 
biri 
bo‘lib 
hisoblanadi. 
Tadbirkorlikning 
bu 
shakliga 
respublikamizda keng yo‘l ochib berilmoqda. Shu sababli ularning soni yildan 
yilga oshib bormoqda. Shuni aytish joizki, ularning hammasi ham muvaffaqiyatli 
faoliyat ko‘rsatayotgani yo‘q, bunga asosiy sabab boshqarishning yaxshi yo‘lga 
qo‘yilmaganligi deb asosli holda aytish mumkin. Kichik biznesda menejment 
tamoyillari va usullarini qo‘llash alohida yondashuvlarni talab qiladi. Shu sababli 

Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə