Microsoft Word Кичик бизнес бошк маъруза матни doc



Yüklə 1,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/98
tarix16.06.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#117556
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   98
Bular quyidagilardir: 
1.
Ish joylarini tashkil etishdagi mavqeyining yuksakligi. Utgan 10 yil 
mobaynida AQSH kichik biznes bo‘yicha boshqarmasining axborotiga ko‘ra 
yangi ish joylarining yarmidan ko‘pi 100 kishidan kam xodim ishlayotgan 
korxonalar hissasiga to‘g‘ri keladi. Tez usuvchi firmalar yangi firmalarning 
27% tashkil etib ular 60% yangi ish joylarini hosil qilishda qatnashmokdalar. 
Shu bilan birga kichik biznesga hosil qilingan ish joylarining xususiyatlari 
mavjud: 

ish haqi va qo‘shimcha to‘lovlar, imtiyozlarining birmuncha pastligi; 

ish joylarini kariyib 25% noto‘liq ish kuni tartibida shakllanadi; 

ularda ishlovchilar tarkibining turli-tumanligi, ya’ni ma’lumot dastlab 
ishlamaganlar, yosh jihatdan uta yoshlar va o‘rta yoshdan utganlar 
salmogini ko‘pligi bilan ajralib turadi. 
2.
Yangi tovarlar va xizmatlarni tadbik qilish. AQSH milliy fondining 
hisoblariga ko‘ra 98% yangi mahsulot xususidagi tadkikotlar kichik 
biznesda yaratilgan. Bu uta muhim ko‘rsatkichdir. Vaxolanki, ular mamlakat 
bo‘yicha izlanishlar va tadkikotlarga aniq mablag‘ning atiga 5% dan 
kamrogini sarflaydilar. Eng yirik kashfiyotlar: xavfsiz britvalar, elektron 
soatlar, vertalyotlar, zanglamas pulat va boshqa tovarlar qo‘lami bevosita 
kichik biznesda yaratilgan. 
3.
Yirik 
korporatsiyalar 
ehtiyojini 
qondirish. 
Yirik 
kompaniyalar 
mahsulotlarini sotish, uni bozor talablari asosida shakllanishiga ko‘mak 
berishda kichik korxonalarning roli yuqoridir. O‘z navbatida yirik 
rivojlanuvchan firmalar o‘z iqtisodiy strategiyalarida mayda ta’minotchilar 
bilan aloqa o‘rnatishni samarali hisoblaydilar. Chunki ular moslashuvchanlik 
xususiyatiga egadir. 
4.
Maxsus tovarlar va xizmatlar bilan ta’minlash vazifasi. Kichik korxonalar 
mijozlarining o‘zgacha, maxsus ehtiyojlarini qondirishda yetakchi o‘rin 


13 
egallaydilar. Chunki, birinchidan maxsus talabning ommaviy tusga ega 
emasligi va uni yirik ishlab chiqarishda tashkil etish samarali bo‘lmasligi 
sabab bo‘lsa, ikkinchidan esa boy haridorlarning “o‘ziga xos” istaklarining 
mavjudligidir. 
Kichik biznesni tashkil etishda muhim o‘rinni firmani barpo etish va uni 
samarali sohasini aniq belgilash egallaydi. Shu bilan birga statistiqa yangi ishni 
boshlashdagi ko‘p omadsizliklardan dalolat beradi. Ko‘pchilik uni 30% miqdorda 
deydi, chunki 85% yangi korxonalar 10 yillik dastlabki ishlash davridayok 
inkirozga uchraydilar. Shu bilan birga qayd etilgan kichik firmalarning 40 foizi 5 
yildan so‘ng o‘z ishlarini yana davom ettirmokdalar. 
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlangan mamlakatlar 
iqtisodiyotida tutgan o‘rnini 2- jadval ma’lumotlaridan ko‘rish mumkin: 
2-jadval 

Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə