Microsoft Word Кичик бизнес бошк маъруза матни doc


 O‘zbekistonda kichik biznesni shakllanishi va rivojlanishi



Yüklə 1,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/98
tarix16.06.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#117556
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   98
3. O‘zbekistonda kichik biznesni shakllanishi va rivojlanishi. 
Respublikamizda bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayoni iqtisodiyotda kichik 
biznesni shakllanishi va uni mamlakat yalpi mahsulotdagi ulushini o‘sishini zarur 
qilib qo‘yadi. Bizga ma’lumki, barcha yangi mustaqil davlatlarda islohatlardan 
oldingi davrda mulkchilikning davlat shakli ustunlik qilgan. Xo‘jalikning davlat 
sektorida mehnatkashlar umumiy sonining 4/5 qismi, kooperativlarda 14-15 % 



xususiy sektorda 3 % ga yaqini band bo‘lgan. Saksoninchi yillarning ikkinchi 
yarmida xo‘jalikning kooperativ sektorini yaratish ijarani rivojlantirishga harakat 
qilingan. Bu harakatlar bozor infratuzilmasini rivojlanmaganligi, davlat 
mulkchiligining hukmronligi, xo‘jalik yuritishning yangicha shakllarini davlat 
sektoriga qaramligi, xo‘jalik qonunlarining noaniqligi va boshqa bir qator sabablar 
tufayli natijasiz bo‘lgan. 
Korxonalarni davlat tasarufidan chiqarish va xususiylashtirish iqtisodiy 
islohatlarning yetakchi bug‘inidir. Xususiylashtirish natijasida demokratik 
jamiyatning ijtimoiy zaminini tashkil qiluvchi xususiy mulkchilik qatlami 
shakllanishi, bozor iqtisodiyoti va ishlab chiqarishni samarali rivojlanishi uchun 
sharoitlar yaratilishi kerak. 
Xususiylashtirish jarayoni o‘zicha juda og‘ir o‘tadi. Bu tabiiydir. Axir 
xususiy mulkchilikni yaratish kabi bunday katta qo‘lami ish turli xil sohalar va 
korxonalarning iqtisodiy tayyorligini, iqtisodiy manfaatlarni, yakka hukmronlikni 
yengib o‘tishni, sherikchilik asosida tadbirkorlik tuzilmalarini tashkil etilishini
aynan shunday tashkiliy va moliyaviy munosabatlarni shakllanishini, yangi 
moliyaviy, ishlab chiqarish, xususiy o‘zaro aloqalarni tashkil bo‘lishini va 
manfaatlarni chatishib ketishini hisobga olishi kerak. Bozor tuzilmalarini 
yaratilishida umumdavlat milliy manfaatlarni hisobga olgan holda davlat 
tomonidan 
qo‘llab-quvvatlash 
va 
muvofiqlashtirish 
talab 
qilinadi. 
Xususiylashtirilgan mulkka haqiqiy taklif va talabni hisobga olgan holda 
moliyaviy tomoni haqida ham uylash va hisoblab chiqish zarur. 
Nihoyat, amalga oshirilayotgan tadbirlarni quyilgan maqsadlarga mosligini 
ta’minlash kerak: faol va samarali xo‘jalik faoliyatidan manfaatdor mulkchilar va 
xususiy tadbirkorlikning tashkilotchilari tabakasini tashkil qilish, bunday 
faoliyatning kerakli qiziqtiruvchi omillari, raqobat muhiti va infratuzilmani 
yaratish. 
O‘zbekistonda xususiy tadbirkorlikni rivojlanishi va shakllanishining tarixini 
uch bosqichga bo‘lish mumkin: inqilobgacha, sho‘ro davri va hozirgi davr. 
Tarixiy shunday narsa vujudga kelganki, inqilobga qadar, O‘zbekiston juda 
katta xom-ashyo resurslari zaxiralariga ega bo‘lgan holda, o‘z sanoatiga ega 
bo‘lmagan. Podsho Rossiyasining sanoatchilari Turkiston o‘lkasida sanoat 
korxonalarini ko‘rishga o‘z sarmoyalarini kiritmaganlar. Ular uchun arzon xom-
ashyolarni olib ketish va tayyor mahsulotlarni orqaga olib kelish foydaliroq 
bo‘lgan. Aholining kundalik tovarlarga va har turli asbob-uskunalarga ehtiyoji, 
asosan, ularni hunarmandlar va mayda korxonalar tomonidan ishlab chiqarish 
orqali qondirilgan. 
Kichik biznes korxonalari yirik firmalardan ko‘proq farq qiladilar va bozor 
iqtisodiyoti sharoitlarida o‘z xususiyatlarini amalga oshirish uchun katta 
imkoniyatlarga egalar. Boshqaruv va qarorlar qabul qilishdagi mustaqillik, 
texnologik ajralganlik, epchillik o‘zlarining faoliyatlarini yirik korxonalar qila 
olmagan ishni eng katta foyda olish bilan bajaradigan qilib tashkil qilishga yordam 
beradi. 
Kichik korxonalar 
ishlab chiqarayotgan 
mahsulotlarining turlarini 
o‘zgartirib, iste’molchilarning o‘zgaruvchan talablariga ko‘ra tovarlar ishlab 



chiqarish bilan bozor holatini o‘zgarishiga tez javob qaytarish qobiliyatiga egalar. 
Ular odamlarning mavso‘miy ehtiyojlari (qishki va yozgi dam olish, muzqaymoq, 
yaxna ichimliklar ishlab chiqarish) ni to‘laroq va sifatliroq qondirishlari mumkin.
Iste’molchilar 
bilan 
bevosita 
o‘zaro 
aloqa 
kichik 
firmalarning 
xususiyatlaridan biri bo‘ladi. Bu narsa yirik ishlab chiqarishda yo‘q. Masalan, 
kichik navvoyxona non mahsulotlarini tayyorlaydi va shu yerda ularni haridorlarga 
sotadi va haridorlardan buyurtmalar qabul qiladi. Bundan tashqari, haridorlar shu 
yerning o‘zida o‘z fikrlarini aytishlari, maslahatlar berishlari mumkin.
Qoidaga ko‘ra, kichik korxonalar, tovarlar va xizmatlar bozorining 
belgilangan segmentida ixtisoslashadilar. Ixtisoslashish – mehnat unumdorligini 
oshirish, moddiy harajatlarini pasaytirish, mahsulot sifatini oshirishning eng 
muhim omilidir.
Kichik biznesda nisbatan kichik boshlang‘ich sarmoyalar bilan shaxsiy ishni 
boshlash hamda qisqa muddatda ishlab chiqarishni tashkil etish imkoniyati bor 
(yirik ishlab chiqarishni yaratishga esa yillar ketadi). Bu holat, qulay sharoitlarda 
kichik biznes sohasini jadal rivojlantirish imkonini beradi. 
Kichik firmaning rahbari boshqa har qanday firmalarga qaraganda ko‘proq 
darajada xo‘jayinlik tuyg‘usini his qiladi, zero, bu yerda bir shaxsda mulk egasi, 
menejer, moliyachi, biznesmen birlashadi. Moddiy va ma’naviy muvaffaqiyatni 
olish maqsadida unumdor mehnat qilish uchun qudratli qo‘shimcha rag‘bat mana 
shundan iboratdir. Tadbirkor tashabbuskorona, matonat bilan va ijodiy ishlashga 
katta manfaatdorlikni namoyon qiladi.
Kichik korxonalar mahalliy sharoitlar, urf-odatlar, an’analarga tez 
moslashish qobiliyatini namoyon qiladilar. Bu sifatlar kichik biznesga mahalliy 
aholi uchun an’anaviy tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish sohasidagi 
faoliyatni rivojlantirishga imkon beradi. Shuning uchun kichik korxonalar 
kosibchilik, hunarmandchilik buyumlari, badiiy dekorativ ashyolar, uy va qishloq 
xo‘jaligi asboblari, qurilish detallari, bolalar o‘yinchoqlari, milliy harakterdagi 
oziq-ovqat tovarlari ishlab chiqarish sohasida keng tarqalgan.
Yirik ishlab chiqarishga nisbatan kichik korxonalar o‘zlarini saqlab turish, 
xizmat ko‘rsatish va boshqarishga kam harajat talab qiladilar. Bundan tashqari, 
ular uchun harajatlarni tez o‘zini qoplashi, mablag‘larning jadal aylanishi 
harakterlidir. Bularning barchasi tejamkorlik bilan xo‘jalik yuritishga, foydalilikka 
erishishga, texnik rivojlanish uchun mablag‘lar jamlashga imkon beradi. 
O‘zbekistonda kichik biznesni rivojlantirishni agrar sohada fermer 
xo‘jaliklar sonini oshib borish orqali ham ko‘rishimiz mumkin.
1-jadval. 

Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə