Microsoft Word Кичик бизнес бошк маъруза матни doc



Yüklə 1,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/98
tarix16.06.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#117556
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   98
 
2.
 
Biznes boshqaruvining strategiyasini ishlab chiqish zarurati. 
Raqobat kurashida samarali faoliyat yurgizish, unda muvaffakiyat kozonish 
raqobat strategiyasining qanchalik puxta, izchil, uzoqni ko‘ra oladigan rejasini 
ishlab chiqishga o‘zviy bog‘liqdir. 
Raqobat strategiyasi

raqobat kurashining uzoq davrga mo‘ljallangan bosh 
yo‘li va yo‘l-yuriklarini ifoda etadi.


19 
Strategiyaning maqsadi tez kunda foydani maksimallashtirish, oz foyda bilan 
kanoat qilgan holda o‘z bozorini kengaytirish yoki rakibni bozordan sikib 
chiqarish, yangi bozorga asta-sekin kirib borish kabi masalalarda harakat yo‘llarini 
belgilashdan iborat. Strategiyaga qarab kurash taktikasi (usuli va shakllari) 
tanlanadi. 
Firmalar raqobatning bir usulidan asta-sekin boshqa usuliga o‘tishi yoki bir 
yo‘la turli usullarni qo‘llashi mumkin. Masalan, Xitoy firmalari sifati past bo‘lsa-
da, arzon tovarlar chiqarib, narx raqobati yo‘lidan, G‘arbiy Yevropadagi firmalar 
narxi yuqori bo‘lsa-da, sifatli tovarlarni taklif etish yo‘lidan boradilar, chunki 
G‘arbiy Yevropada aholining harid qobiliyati Xitoyga qaraganda ancha yuqori. 
Yangi industrial davlatlardagi (Tayvan, Gonkong, Singapur, Koreya Respublikasi) 
firmalar ham sifat, ham narx vositasida raqobatlashuvga moyil. Bu mamlakatlarda 
yuksak texnologiya mavjud va ishchi kuchi malakali bo‘lsada, arzon turadi. 
Natijada mavjud afzalliklar harajatlarni pasaytirgan holda, sifatli tovar chiqarish 
imkonini beradi. Bunga misol qilib Koreyaning “Samso‘ng elektronik” 
kompaniyasi bozorga chiqaradigan televizorlarni va DEU korporatsiyasi 
avtomobillarini olish mumkin. Ular raqobatbardosh bo‘lganidan jaxon bozoriga 
shiddat bilan kirib bormokda. 
Raqobatga har xil yondoshuv O‘zbekistonda ham bor. Masalan, Toshkent 
bozori uchun ishlovchi firmalar ham narx, ham sifat raqobatini qo‘llashi mumkin, 
bu shaharda aholining boy qatlamlari borki, ular uchun narxga ko‘ra tovarning 
sifati afzalroq, ayni vaqtda aholining kamquvvat qismi ham borki, ular uchun 
tovarning arzon bo‘lishi muhim. Nukus va ayrim boshqa shaharlardagi firmalar 
ko‘p xollarda narx raqobatiga moyil bo‘ladilar, bu yerda aholining harid 
qobiliyatiga ko‘ra arzon tovarlar raqobatbop hisoblanadi. 
Raqobat qo‘l qovushtirib o‘tirishga yo‘l qo‘ymaydi, u kurash bo‘lganidan 
hammani harakatga, yaxshi ishlashga undaydi. 
Raqobat bozor iqtisodiyotini harakatga keltiruvchi mexanizm, uni olg‘a 
eltuvchi kuch hisoblanadi. 
Raqobatdagi iqtisodiy tanlov tamoyiliga ko‘ra iqtisodiyot ishtirokchilari 
saralanadi, yaxshi ishlagan firma boyib boradi, yomon ishlagani sinadi, yopiladi 
yoki kuchli firmalarga qo‘shilib ketadi. Raqobatga bardosh bera olmagan firmalar 
zarar ko‘radilar, o‘z majburiyatlari bo‘yicha pul to‘lay olmay koladilar, ya’ni 
bankrot xoliga tushadilar. 
Bozor iqtisodiyotining ilk belgilari paydo bo‘lishi bilan unga xos raqobat 
ham yuzaga keladi. Iqtisodiyot rivojiga mos holda raqobatchilik munosabatlari 
ham takomillashib boradi. Bozor raqobati tarixan 4 bosqichdan o‘tadi. 

Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə