Mantiqut-tayr (nasriy bayon).
Farididdin Attor
www.ziyouz.com
кутубхонаси
19
UCHINCHI XALIFA USMON MADHIDA
Sunnat xojasi,
mutlaq nuru, balki haqiqatda ikki nurning egasidir
1
.
Irfon dengiziga
cho‘mgan zotu, dinning peshvosi Usmoni Affondir. Imon yo‘lining taraqqiysi
amiralmo‘minin Usmondan boshlandi. Ikki dunyo maydoni Usmon Zunnurayn (ikki nur
sohibi)dan ravnaq topti. Hayo koni va taqvo dengizi ekanligidan
Mustafo uni Yusufi soniy
deb atadi. Odamlarga mehribonligidan o‘zgalar ishi uchun jonini tikardi. O’tirgan joyida
boshini kesdilar, garchi
hech kimga zarar yetkizmay, doimo rahmu shafqatda edi. Uning
zamonida jahonga hidoyat va ilmu hunar yoyilgan edi.
Uning adli bilan imon keng
tarqaldi ham hukmi bilan Qur’on (kitob bo‘lib) tarqaldi*. Falaklarda farishtalar sayyidlar
sayyidi Usmondan uyaladilar. Ham Rasul pardalar ochilganda «Haqtaolo
Usmonga qahr
qilmagay» dedi. U bay’at qabul qilayotganda hamavaqt uning qo‘li o‘rnida Rasul qo‘li
bo‘lardi. Hozir kishi aytdikim, men Zunnurayndan uzoq bo‘lsam-da, ammo uning qo‘lini
yuzimga surtib o‘pardim. Dunyo va din peshvosi (Payg‘ambar) dedikim: «Uning oxirat
azobidan zarra xavfi yo‘q».
Dostları ilə paylaş: