Microsoft Word paygambarlar tarixi 1 ziyouz com doc



Yüklə 0,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə215/217
tarix28.11.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#136939
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   217
gUniIa0jrThC89GdmAWRJcXdg1xipwfJPUXMEMpK

www.ziyouz.com kutubxonasi 
130
Abu Bakr al-Bayhaqiy rivoyat etishicha, Anas ibn Molik (r.a.) dedilar: «Biz Payg‘ambarimiz (s.a.v.) bilan safarga 
chiqqan edik. Bir joyda dam olish uchun to‘xtadik. Shu payt, vodiydan bir odamning: «Allohim, meni o‘zing gunohini 
kechirgan, rahmat qilib ummatga yuborgan payg‘ambaring Muhammad (s.a.v.)ning ummatlaridan qilgin!» - degan nidosi 
eshitildi. Men vodiyga chiqib, ovoz kelgan tarafga bordim. Ro‘paramda bo‘yi uch yuz gaz 
(Bir gaz yetmish sm ga teng)
(taxminan ikki yuz ellik metr) keladigan bahaybat odam o‘tirar edi. U menga: «Sen kimsan?» - deb savol qildi. Men: «Anas 
ibn Molik, Alloh Rasulining xodimiman» - deb javob qaytardim. «U qaerda?» - deb so‘radi. Men Rasululloh (s.a.v.)ga 
ishora qildim. U dedi: «Unga mendan salom aytgin va deginki: «Sizga birodaringiz Ilyos salom yubordi». Men Rasululloh 
(s.a.v.)ning huzurlariga qaytib kelib, Ilyosning xabarini berdim. Rasululloh (s.a.v.) Ilyosning oldiga keldilar va ikkovlari 
uchrashib, bir-birovlari bilan quchoqlashib ko‘rishdilar. Keyin yonma-yon o‘tirib suhbatlashdilar. Ilyos dedilar: «Ey 
Allohning rasuli, men bir yilda faqat bir marta taom yeyman. Bugun mening taom yeydigan kunim, siz bilan iftor qilaman». 
Shu payt osmondan dasturxon tushdi. Unda non va pishirilgan baliq bor edi. Ikkovlari tanovul qildilar, menga ham 
taomdan berdilar, keyin birga asr namozini o‘qidik. Keyin ikkovlari xayrlashdilar va osmondan bir bulut tushib, Ilyos (a.s.)ni 
olib chiqib ketdi». 
(Ushbu hadis to‘qilgan hadis bo‘lib, Ibn Al-Javziy uni “Mavzu’ot”da keltirgan.)
 
 
Ushbu hadisni an-Naysoburiy «Mustadrak»ida Imom Buxoriy va Imom Muslimdan deb keltirgan. Holbuki, bu 
hadis to‘qilgan, yolg‘on hadisdir. Qolaversa, uning mazmuni sahih hadisga munosib kelmaydi, balki zid keladi.
 
Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyat qilgan hadisda, janob Rasululloh (s.a.v.) dedilar: «Alloh taolo Odam 
(a.s.)ni oltmish gaz qilib yaratgan. Shundan buyon uning zurriyoti to hozirgacha kichrayib borishda davom 
etmoqda.» 
Mazkur hadisda: «Ilyosning yoniga Muhammad (s.a.v.) keldilar» - deyilgan. Xolbuki, bu haqiqatga mos 
kelmaydi, Chunki Ilyos (a.s.) oxirgi zamon payg‘ambari huzuriga borishlari lozim edi. 
Hadisda, Ilyos (a.s.)ning bir yilda bir marta ovqat yeyishlari aytilgan, holbuki, Vahb ibn Munabbah rivoyat qilgan avvalgi 
hadisda: «Ilyos (a.s.)dan yeyish-ichish lazzati olib qo‘yildi» - deyilgan yoki yana bir hadisda, Xizr va Ilyos bir yilda bir bor 
zam-zam suviga qonib olishlari aytilgan. Xulosa shuki, Ilyos (a.s.) haqlarida aytilgan yuqoridagi hadislarning barchasi bir-
biriga muxolif, botil, yolg‘on, to‘qilgan hadislardir. 
(Ibn Kasir. Qisasul-anbiyo. Qohira. Dorul-manor. 346-347-bet.) 
Xizr (a.s.) kabi Ilyos (a.s.)ning haqlarida ham isroiliy rivoyatlar juda ko‘p to‘qilgan. Yuqorida keltirganimiz
Xizr (a.s.) va Ilyos (a.s.)ning Baytul muqaddasda uchrashib, Ramazon ro‘zasini birga tutishlari, ikkovlari birga 
Makkaga hajga borishlari, zam-zam suvidan bir yilga kifoya qiladigan darajada qonib ichishlari, har yili 
Arafotda uchrashishlari va shunga o‘xshash rivoyatlarning hammasi isroiliy – to‘qilgan rivoyatlardir.
Ammo Abu Bakr ibn Abud-dunyo shunday bir hadisni keltirganki, unday xolatning sodir bo‘lishiga aql bovar 
qiladi, odam ishonadi. Chunki, bunday holat ko‘p odamlarda sodir bo‘ladi, o‘sha holatga tushgan odamlar: 
«Men Xizrni ko‘rgan bo‘lsam kerak, Ilyosni ko‘rgan bo‘lsam kerak, shunday gumon qildim» - deydilar. Quyidagi 
rivoyatda ham shunga o‘xshash voqea bayon etiladi:
«Sobit aytadilar: «Biz Mus’ab ibn Umayr (r.a.) bilan birga «Savodul Kufa»da edik. Men bir devorning 
orqasiga o‘tib, namoz boshladim. Namozning rakatlariga zam sura qilib, «G’ofir» surasining boshidan qiroat 
qildim:

Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   217




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə