Microsoft Word шфмт ў?ув ?ўлланма verstka doc


-rasm. Qadimgi Misr nomlari



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/107
tarix03.04.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#104129
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   107
Шарқ фалсафаси ва маданияти тарихи. Д.Пўлатова

8-rasm. Qadimgi Misr nomlari


74
ko‘chmanchilardan o‘zlarini himoya qilish maqsadida askarlarni 
safarbar qilib turganlar
25

Mamlakat Narmer davrida yagona davlatga aylantirilgan 
vaqtdanoq Misrliklar metalldan foydalanish yo‘llarini bilib olganlar. 
Avvaliga misdan, keyin esa bronzadan har xil asboblar, kurol-
yarog‘lar ishlaganlar. Ammo bu kashfiyotga qaramasdan, toshni 
ishlash va duradgorchilik san’ati muhim o‘rin tutgan. Chunki bu 
hunarni misrliklar mukammal darajada bilganlar. Masalan, shohlar 
qabrlaridan topilgan toshdan ishlangan ajoyib ko‘zalar va guldonlar 
eramizdan avvalgi 2800 yillarga, ya’ni birinchi sulola davriga to‘g‘ri 
keladi. Shuningdek, duradgorning bolta, arra, pichoq, bolg‘a, parma 
kabi ish asboblari ham xuddi hozirgi zamon duradgorining ish 
qurollariga o‘xshab ketadi. Qadimgi maqbaralardan topilgan mebel, 
kursi-o‘tirg‘ich, sandiq va boshqa amaliy buyumlar qoldiqlaridan 
shunday xulosaga kelish mumkinki, Misr madaniyatining o‘ziga xos 
xususiyati eramiz boshlanmasdan 30 asr ilgari sodir bo‘lgan. 
O‘z kuchlarini mustahkamlash va uzoq yashash maqsadida 
misrliklar tashqi muhitdan foydalanish yo‘llarini izlaganlar. Nil 
atrofida joylashgan dastlabki ko‘chmanchilarII o‘ziga jalb etgan bu 
daryo inson uchun eng zarur bo‘lgan hayotiy bir manba edi. 
To‘g‘ri, har yili Nilda bo‘lib turadigan suv toshqiniga qarshi 
biron kuch ishlatishga misrliklar ojiz edilar. Ammo, ular 
qurg‘oqchilik paytlarida yerlarni sug‘orish uchun kanallar va hovuzlar 
qazib, suv saqlashni o‘zlashtirib olganlar. Bir kanaldan ikkinchi 
kanalga suv chiqarish uchun «kaduf»lardan, ya’ni o‘z o‘qi atrofida 
aylanuvchi ingichka xodaning bir uchiga chelak, ikkinchi uchiga esa 
og‘ir tosh bog‘langan oddiy nasoslardan foydalanganlar. 
Misrliklar suv toshqini hajmini ham oldindan ko‘ra bilganlar. 
Buning uchun ular toshdan yasalgan va xuddi oddiy chizg‘ichga 
o‘xshatib chizilgan asbob «nilometr» lar qo‘llaganlar. Nilometrlar Nil 
qirg‘og‘iga qurilgan devorga tik holda o‘rnatilgan bo‘lib, ular suv 
sathidan chiqib turgan. Toshayotgan suv nilometrdagi belgilarni 
yuvib, yuqoriga ko‘tarilgan va yangi sathdan joy olgan. Shunday yo‘l 
bilan misrliklar bo‘lajak suv toshqinining hajmi haqida axborot olib 
turganlar. 
25
Қаранг
: William J. Duiker, Jackson J. Spielvogel .The Essential World 
History,Volume I: To 1800: Boston, 2007. 
Р
. 19. 


75
Nil daryosi faqat hayot va 
madaniyat manbai emas, balki tashqi 
dunyo bilan asosiy aloqa qilish yo‘li 
ham bo‘lgan. Unda turli xildagi 
kemalar, ayniqsa, savdo kemalari doimo 
ko‘p bo‘lgan. Kemalardan ba’zilari 
hatto O‘rta dengizga chiqishga ham 
jur’at etganlar. 
Misr o‘zida o‘rmon bo‘lmaganligi 
sababli tashqaridan kedr daraxti, 
keyinchalik esa tayyor holda yelkanli 
hamda eshkakli harbiy kemalarni sotib 
olgan. Bunday qayiqlar arxeologik 
qazilmalar vaqtida ehromlarda 
ko‘milgan holda topilgan. Bu texnik 
rivojlanish o‘z navbatida oliy 
muhandislar, riyoziyotchilar va olimlarni 
yuzaga chiqardi. Xuddi qadimgi 
rivojlangan mamlakatlarda bo‘lgani kabi Misrda ham bunday 
kishilarning deyarli barchasi dindorlardan iborat bo‘lgan va ular 
avliyo hisoblanib, o‘sha davr fir’avnlariga katta ta’sir ko‘rsata 
olganlar. 
2. 
Yozuv san’ati Misrda Narmer davrida, balki undan ham ilgari 
yaratildi. Misrda yozuv majburiy ravishda arxivlarni saqlash, ayniqsa, 
xalqdan soliq olish jarayonida dunyoga keldi. Dastlabki yozuvlar 
faqat rasmlarda ifodalanib, ular erkakni, ayolni, sigirni, qo‘shni va 
boshqa buyumlarni aks ettirgai. Sonlar esa chiziqlarda ko‘rsatilgan. 
Keyinchalik rasmlar yoki belgilar buyum yoki narsalarni emas, balki 
so‘z, ovozni ham bildirgan. Misrliklar yozuvda fonetikani 
qo‘llaganlar. Demak, aytiladigan so‘zlar ana shu belgilarga qarab ijro 
etilgan. Yunonlar bu belgilarni ierogliflar, ya’ni «muqaddas belgilar» 
deb ataganlar, chunki ular bu belgilarni mutlaqo tushunmaganlar. 
Kizig‘i shundaki, misrliklar undosh tovushlarnigina ishlatganlar. 
Maktubning umumiy shakli o‘quvchiga uning mazmunini aniqlab 
bergan
26

26
Қаранг
: William J. Duiker, Jackson J. Spielvogel .The Essential World 
History,Volume I: To 1800: Boston, 2007. 
Р
. 18. 

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə