Microsoft Word шфмт ў?ув ?ўлланма verstka doc


-rasm. G. Shampolonning alifbo



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/107
tarix03.04.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#104129
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   107
Шарқ фалсафаси ва маданияти тарихи. Д.Пўлатова

9-rasm. G. Shampolonning alifbo 
jadvali 


76
Hozirgi zamon kishisi qadimgi Misr yozuv san’atini shunchaki 
bir oddiy narsa deb aytolmaydi, albatta. Shuning uchun ham arxeolog 
olimlar hanuzgacha to‘liq tushunarli bo‘lmagan bu «muqaddas» 
belgilarni yoki ierogliflarni o‘qish uchun juda ko‘p vaqt sarf qilganlar. 
Dastlab belgilar loydan ishlangan idishlarda tasvirlangan. Keyinchalik 
misrliklar Nil qirg‘oqlarida o‘sadigan «papirus» o‘simligidan yozuv 
qog‘ozni kashf qilganlar. 
Vafot etgan fir’avninng barcha buyumlari shu xonalardan birida 
saqlangan. Chunki uning tiriklik chog‘idagi idish-tovoqlari, kiyim-
kechaklari, yog‘och sandiqlari, mebellari va shunga o‘xshash narsalari 
u dunyodagi hayoti uchun zarur bo‘ladi, deb hisoblangan. Lekin o‘sha 
davrlardayoq qabrlarning deyarli hammasi o‘g‘irlangan. Shunday 
bo‘lsa ham u yerlarda qolgan buyumlarning parchalaridan qabrlarda 
nimalar saqlanganini ko‘z oldimizga keltirishimiz qiyin emas. 
Jasad saqlangan ba’zi bir qabrlarda fir’avnning nomi 
ko‘rsatilgan. Ana shunday qabrlar Memfis yaqinidagi Sakkara va 
O‘rta Misrdagi Abidos degan joylarda ko‘plab topilgan. Arxeologik 
qazilmalarning natijalariga qaraganda ikki qator joylashgan 
mastabalarning hammasi faqatgina bitta fir’avnning nomi bilan 
atalgan. Buni quyidagicha nzohlash mumkin: 
Misrliklar afsonaviy xudolar ichida eng asosiysi hisoblangan 
Osirisning boshi Abidosga ko‘milgan deb o‘ylaganlar. Demak, 
Abidos muqaddas joy hisoblangan. Shuning uchun ham fir’avn bu 
joyni o‘limidan keyin ham ziyorat qilishi zarur bo‘lgan. Chunki u bir 
vaqtning o‘zida ikki joyga dafn etilishi mumkin emas-ku! Har holda 
qadimgi misrliklar o‘lgan fir’avnning ruhi qabrdan-qabrga ko‘chib 
yurishiga va har yili Osiris xotirasi uchun bo‘ladigan diniy bayramda 
ishtirok etishiga ishonganlar. 
Ba’zi bir olimlarning o‘ylashicha, katta ehrom yonidan qazib 
olingan qayiq ana shu ko‘chish uchun mo‘ljallangan. Lekin boshqa 
olimlarning aytishlariga qaraganda, bu kema o‘lgan fir’avnning ruhini 
osmondagi quyosh xudosi «Ra»ning jamiyatiga eltish uchun xuzmat 
qilgan
27

«Nom»liklarda din ular Nil atrofida yashay boshlagan vaqtdan 
boshlab paydo bo‘lgan. Qadimgi misrliklarda bir-biriga aralashgan, 
27
Қаранг
: William J. Duiker, Jackson J. Spielvogel .The Essential World 
History,Volume I: To 1800: Boston, 2007. 
Р
. 17. 


77
qaysiki, mahalliy xudomandlarni 
hurmatlash, Osiris va Isidalarga sajda 
qilish, quyosh xudosi Amon Raga 
topinish kabi diniy qarashlar mavjud 
bo‘lgan. Ular mamlakatda hokimiyat va 
jamiyat hayotini belgilagan. Shu bois 
me’morchilik yodgorliklarining 
talaygina qismini diniy inshootlar — 
ibodatxonalar va maqbaralar tashkil 
etgan. Dehqonchilikning rivojlanishida 
Nilda bo‘ladigan va davriylikka 
asoslangan bahorgi va kuzgi suv 
toshqini, ketidan keladigan qurg‘oqchilik 
va ularning yana takrorlanishi 
misrliklarda tabiatning rivojlanishi, 
o‘lishi va yana rivojlanishi 
tushunchasini shakllantirgai. Bu esa inson hayoti, xudo Osirisning 
o‘lishi va yana tirilishi haqidagi diniy ishonchning paydo bo‘lishiga 
olib kelgan. 
Haqiqatan ham qadimgi misrliklar inson hayotini va tabiatdagi 
takroriy o‘zgarishlarni xudolar boshqaradilar deb ishonganlar. Ammo 
negadir xudolarni hayvon boshli odam qiyofasida tasavvur etganlar. 
Fikrimizcha, bu tushuncha misrliklarda avlodlari ovchilik bilan hayot 
kechirgan vaqtdan buyon saqlanib qolgan bo‘lishi ehtimoldan holi 
emas. Albatta, biz bu yerda Qadimgi Misr dinining o‘rta 
murakkabligini hisobga olgan holda, fikrimizni chuqurlashtirmay, 
me’morchilik san’ati bilan bog‘liq bo‘lgan asosiy xudolarga nazar 
tashlaymiz. 
Qadimgi Misrliklarning xudolari podshosi bu lochin boshli 
quyosh xudosi Ra hisoblangan. U suratlarda doimo podsholik ramzi 
sifatida dumaloq shar shaklida tasvirlangan. Misrliklar fir’avn Raning 
yerdagi farzandi, u har kuni oltin qayiqda osmonda sayr qiladi va 
yerga tushadi deb ishonganlar. 
Fir’avnning xudosi bu lochin qush ko‘rinishidagi «Xorus» 
bo‘lgan. Demak, Narmer podsholik qilgan poytaxt Memfisning 
xudosi Ra Narmerning xudosi esa Xorusdir. Buni Xierakopolis degan 
joydan topilgan Narmerning mashhur toshtaxta politrasida ko‘rish 
mumkin. Unda shoh va uning atrofidagilar tantanavor qadam tashlab, 

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə