Microsoft Word шфмт ў?ув ?ўлланма verstka doc



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/107
tarix03.04.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#104129
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   107
Шарқ фалсафаси ва маданияти тарихи. Д.Пўлатова

12-rasm. Misr xudolari


83
Qadimgi podsholik davridagi haykallarning ko‘pchiligi shunga 
o‘xshash sifatga ega bo‘lgan. Keyingi sulolalar davrida san’at ko‘proq 
vatanparvarlik yo‘nalishida bo‘lgani bilan u hoch qachon qadimgi 
podsholik davridagi singari ta’sirchanlik darajasiga ko‘tarilgan emas. 
Bu ajoyib haykallarni inson o‘z ko‘zi bilap ko‘rish sharafiga ega 
bo‘lmaganligi bizga g‘alati tuyuladi. Shubhasiz buning sababi bor. 
Jahon muzeylariga qo‘yilgan bu noyob asarlarning ko‘pchiligi, ya’ni 
haykal «Ka» dastlab mastabalarning yer osti xonalariga yashiringan. 
Odatda misrliklar o‘lgan kishining ruhi, ya’ni Ka oziq-ovqatlar, 
sovg‘alar olishiga, hatto xushbo‘y narsalar — Fimiamaning hidlarini 
sezishi mumkinligiga ishonganlar. Shuning uchun ham fir’avnning 
jasadi qo‘yilgan xonada uning siymosini tasvirlovchi haykal 
o‘rnatilgan. Haykalning ichida esa uning ruhi Ka yashagan. 
Haykalning qarama-qarshi tomonidagi devorda teshik bo‘lib, ruh ana 
shu teshikdan oziq-ovqatlar olib turgan. 
Aslida esa ovqatlarni ruhlar nomidan kashishlar olganlar va 
ularni ovqatlantirib turganlar. Shu boisdan, inson qo‘li bilan 
yaratilgan haykallar inson ko‘zidan g‘oyib bo‘lgan. 
 
 Atamalar 
Amon - Misrliklar xudosi, Fiva homiysi. Unga atab Karnakda 
ibodatxona qurilgan. Keyinchalik u Misrning asosiy xudosi Raga 
singdirilgan (Amon—Ra). 
Anubis - Mo‘miyolash xudosi. U Misr san’atida doimo 
chiyabo‘ri boshli odam qiyofasida tasvirlangan. 
Aleksandriya - Makedoniyalik Aleksandr Nil deltasida 
qurdirgan shahar. 
Axetaton - Eramizdan avvalgi XIV asrda Amenofis IV Yuqori 
Misrda barpo etgan shahar. Hozirgi Tel-El-Amarna. 
Barelef - Past sayoz relef. Haykal shaklidagi tasvirni tekis 
yuzadagi ko‘rinishlaridan biri. Bunda shakllar yuzaga nisbatan biroz 
bo‘rtgan bo‘lib, yorug‘-soya o‘yinlari keskin sezilmaydi. 
Bes - Ashula, raqs va musiqa xudosi. 
Vizantiya - Eramizning IV asrida Rim davlatining parchalanishi 
natijasida vujudga kelgan Sharqiy Rim imperiyasi. 
Gator - Qadimgi misrliklarning go‘zallik va sevgi ma’budasi. 
Yunonliklar uni Afroditga o‘xshatganlar. Ma’buda sigir yoki sigir 
boshli ayol qiyofasida tasvirlangan. 


84
Gator ustuni - Kapiteli gator ko‘rinishida bo‘lgan Misr ustuni. 
Ierogliflar - Qadimgi xalqlarda so‘z ma’nosini anglatuvchi 
yozuv belgilari. Misr yozuvidagi belgilarni yunonliklar «muqaddas» 
deb ataganlar. 
Inkrustatsiya - Tosh, yog‘och yoki metall buyumlarga oltin, 
kumush va rangli qimmatbaho toshlarni qo‘shib, joylashtirish yo‘li 
bilan yaratilgan asar. 
Isida - Qadimgi misrliklarning afsonaviy ma’budasi. Nikoh, oila 
va tabiat homiysi. Xudo Osirisning singlisi ham rafiqasi, xudo 
Xorusning onasi. 
Imxotep - Me’mor, Joser ehromining muallifi. Qadimgi Misr 
yozuvining asoschisi. Shoh saroyidagi barcha ishlarning 
boshqaruvchisi. Keyinchalik u xudo Ptaxning o‘g‘li sifatida 
ilohiylashtirilgan. 
Kaduf - Qadimgi Misrda sug‘orish ishlarida qo‘llanilgan nasos. 
Ka - O‘lgan kishining ruhi. 
Kanopa - O‘lgan odamning ichki a’zolarini saqlaydigan idish. 
Kapitel - Ustunning yuqori qismi bezagi—muqarnas. 
Kannelyurlar - Ustunda tik chiziq bo‘ylab o‘yilgan ariqchalar. 
Katakomblar - Qadimgi Misrda mo‘miyolarni saqlaydigan yer 
osti xonalari. 
Karnak - Fiva xarobalarida tiklangan qishloq. U yerda Amon 
ibodatxonasi qurilgan. 
Mastaba - Qabr ustiga ishlangan trapesiya shaklidagi sag‘ana. 
Mo‘miyolash - O‘lgan kishi tanasini chirishdan saqlash 
maqsadida maxsus tayyorlangan qorishmaga bo‘ktirish. 
Narmer - Qadimgi Misrda birinchi quldorlik davlatiga asos 
solgan fir’avn. Eramizdan avvalgi 2860 yil. 
Nef - Ibodatxona ichini ustunlar qatori bilan xonalarga ajratish. 
Nomlar - Nil daryosi bo‘yida dastlab vujudga kelgan viloyatlar. 
Osiris - Qadimgi Misrning afsonaviy xudosi. O‘simlik va 
dehqonchilik homiysi. Yer osti dunyosining podshosi. Afsonaviy 
ma’buda Isidaning akasi va eri. 
Papirus - Nil qirg‘og‘idagi botqoqlikda o‘sadigan qiyoqli 
o‘simlik. Qadimgi davrda undan yozuv qog‘ozi tayyorlangan. 
Piramida - Ehrom. Qadimgi podsholik davridagi shoh qabri. 
Ularning bir guruhi (Xeops, Xefren, Mikaren) Gizada topilgan.


85
Ra - Qadimgi misrliklar xudolarining xudosi. U quyosh Ra. 
Devoriy suratlarda dumaloq shar ostida lochin boshli odam qiyofasida 
ifodalangan.
Sarkofag - Tosh, metall yoki yog‘ochdan bezaklar bilan 
ishlangan ulug‘vor tobut.
Sfinks - Tanasi sher, boshi odam qiyofasidagi ajib mahluq. 
Balandligi 17 metr, uzunligi 39 metrga teng bo‘lgan sfinks Gizada 
topilgan.
Xorus - Misrliklar xudosi, Osiris va Isidalarning farzandi, unga 
atab Edfuda ibodatxona qurilgan, lochin qush yoki lochin boshli odam 
ko‘rinishida ifodalangan. Xonsu - Oy xudosi, Amon-Ra va uning 
xotini Mutlarning o‘g‘li. Unga atab ko‘p ibodatxonalar qurilgan.
Ellinizm - Eramizdan avvalgi IV—I asrlarda O‘rta Yer dengizi 
havzasida yunon-makedon davlatining hukmronligi davri. 

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə