Microsoft Word шфмт ў?ув ?ўлланма verstka doc


-rasm. Ashshurbanipolning askarlari



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/107
tarix03.04.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#104129
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   107
Шарқ фалсафаси ва маданияти тарихи. Д.Пўлатова

17-rasm. Ashshurbanipolning askarlari 


111
qabilasi bo‘lgan meonlar tomonidan tashkil etilgan. Eramizdan 
avvalgi VIII asrda Lidiya Frigiyaga bo‘ysunadi. Eramizdan awalgi 
685-yillar atrofida taxtni podsho navkari Gig (Gug ), egallab olib 
yangi Mermnad sulolasiga asos soldi. Bu sulola davrida Lidiya buyuk 
davlat mavqeini oldi. 675-yildan Lidiya mustaqil bo‘ldi. Biroz vaqt 
o‘tmay Lidiyaga kimmeriylar bostirib kirdi. Lidiya podshosi Gig 
Ossuriyaga yordam so‘rab murojaat qildi va Ashshurbanipal (er. avv. 
667-yil) hokimiyatini rasman tan oldi. Ossuriya bilan ittifoq bo‘lib 
kimmiriylar hujumi qaytarildi. Eramizdan avvalgi 654-yil Lidiya 
zaiflashgan Ossuriya tarkibidan shiqib Misr bilan ittifoq tuzdi. 
Eramizdan avvalgi 644 yilda kimmeriylar Sardni bosib oldilar, Gig 
o‘ldirildi, uning vorisi yana Ossuriyaga tobe bo‘ldi. Kimmeriylar 
skiflar tomonidan tor - mor qilindi (er. avv. 643-yil). Skif-Ossuriya 
urushi (eramizdan avvalgi 630 yillar oxiri ) Lidiyani mustaqil 
bo‘lishiga imkon yaratdi. Lidiya podsholar Aliat va uning vorisi Krez 
(er. avv. 561 -547-yillar) davrida Patlagoniya, Vifiniya, Kichik 
Osiyodagi yunon shaharlari bo‘ysundirildi. Lidiya Likiyadan tashqari 
Galis daryosidan g‘arbdagi butun Kichik Osiyoni bo‘ysundiridi. 
Lidiya dunyoda birinchi bo‘lib oltin va kumushning tabiiy 
qo‘shilmasi-elektradon (er. avv. VII asr) tanga zarb qildi va oltin 
tanga VI asrda zarb qilindi. Krez davrida savdo-hunarmandchilik 
gullab yashnadi. Ammo er. avv. 547-yilda Krez Sard shahri yonida 
Kayxusrav boshchiligidagi fors qo‘shinlari tomonidan tor-mor qilindi 
va Lidiya fors davlati tarkibiga kirdi. 
Lidiya arxaik harbiy davlat edi. Podsho otliq qo‘riqshi va 
muntazam qo‘shinga tayanib davlatni boshqargan. Podsho odida 
zodagonlar kengashi va xalq yig‘ini bor edi. Lidiya tarixga musiqa 
san’ati rivojlangan mamlakat sifatida kirdi. 
Urartu tarixiga oid osur, urartu hujjatlari, podsho yozuvlari 
mavjud, shuningdek oz miqdorda xo‘jalik hujjatlari ma’lum. 
Xurritlarga qarindosh bo‘lgan Urartu (Uruatriy) qabilalari er. avv. 
1300-yillar atrofida qabilalar ittifoqiga birlashganlar. Eramizdan 
avvalgi IX asr o‘rtalarida bu ittifoq Biayncli (“Van”; osurlar Urartu 
deb atagan) nomli davlayni barpo qildilar. Uning markazi Tushpa 
bo‘lib, Van ko‘lini sharqida joylashgan edi. 
Urartu davlatining o‘z taraqqiyotini gullab-yashnagan davri 
podsho Menua (810- 786y.y.) va uning vorislari hukmranligi vaqtida 
(eramizdan avvalgi IX asr oxirida) zaiflashgan davri Rusa I 


112
podsholigiga to‘g‘ri keladi. Davlat xo‘jaligini asosi sug‘orma 
dehqonchilik bo‘lib, ekinzorlarda erkin dehqonlar mehnat qilganlar. 
Asir qullar ko‘p sonli bo‘lgan. Ular podshoh xo‘jaligi, dehqonchilik 
va hunarmandchilik sohalarida ishlaganlar. Urartuni davlat 
boshqaruvi podshoning yakka hukmronligiga asoslangan
37

Podsholarning eng birinchi vazifasi mamlakatni qudratli 
dushman Ossuriya bosqinidan himoya.qilish edi. 
Urartu davlati uzoq vaqt Ossuriya davlatining bosqiniga uchradi. 
Ossuriyaning ko‘p sonli qo‘shinlari Urartu qal’a, shaharlarini talon-
taroj qildilar. Er. avv. VIII asr oxirida Urartularmng diniy markazi 
Musasir Ossuriya qo‘shinlari tomonidan bosib olingan. Podsholar 
Argishti va Sarduri II Ossuriyaga qarshilik ko‘rsatishga harakat 
qildilar. Ular Ossuriyaga qarshi turli koalitsiyalarga kirdilar, lekin 
Ossuriya kichik Urartuni o‘ziga tobe qildi. Bundan tashqari 
ko‘chmanchi kimmeriylar Urartu shahar. qishloqlarini taladilar. 
Zaiflashib qolgan Urartu er. avv. VI asrda Midiya tomonidan bosib 
olindi. Urartuni madaniyati va iqtisodi to‘g‘risida arxeologik 
qazishmalar boy ma lumot beradi. Teyshebani (Karmir Bilur) Eribuni 
(qadimgi Yerevan) va Argishtihinil (podsho Argimshi qurgan) 
shaharlari kuchli fortifikasiya inshootlari bilan o‘rab olingan. 
Teyshebani qal’asidagi ombor va oziq-ovqat saqlanadigan omborlarda 
birdaniga 5000 gektarli dala va uzumzorlar hosilini saqlash mumkin 
edi. 
Er. avv III-II ming yilliklardagi davlat uyushmalari Tavr 
tog‘laridan va Frot daryosining o‘rta oqimining Misrgacha bo‘lgan 
Sharqiy o‘rtaer dengizi qirg‘og‘i hududi va Suriyani qadimda 
yunonlar Finikiya va Falastin deb nomladilar. Qadimda bu hududning 
katta qismini Xanaan deb atalgan dengiz qirg‘ogi tashkil etardi. Shu 
bilan birga Sharqiy o‘rtaer dengizi qirg‘ogi temir rudasi, keng 
o‘rmonlar jumladan, mashhur Livan kedriga boy bo‘lgan. Qadimda 
Sharqiy O‘rtaer dengizi qirg‘ogida yashagan qabilalar va xalqlar 
to‘g‘risida qo‘shni davlatlar manbalari (Misrning Tell-Amarna arxivi, 
Xett hujjatlari, Ossuriya ma’muriy yozishmalarij’va mahalliy yahudiy 
dini yodgorligi bo‘lgan Bibliya (yunon tilida «kitoblar» ma’nosini 
bildiradi) ma’lumot beradi.Yahudiy bibliyasi xristian bibliyasini bir 
37
Қаранг
: William J. Duiker, Jackson J. Spielvogel .The Essential World 
History,Volume I: To 1800: Boston, 2007. 
Р
. 23. 


113
qismi bilan to‘liq mos keladi va Vetxiy Zavel deb ataladi. Yangi 
Zavet Iso payg‘ambar hayoti va uning o‘quvchilari faoliyati 
to‘g‘risidagi xristian kitoblaridan iborat. Vetxiy Zavet yangi asr 
boshlarida rasmiylashdi. U an’anaviy 1-bo‘lim qonun yoki ta’limot 
(Tora). payg‘ambarlar va pisaniya (Yozuv)dan iborat. 
Er. avv. IV ming yillik oxirida Sharqiy o‘rtaer dengizi qirg‘og‘i 
jamoalarida hunarmandchilik va dehqonchilik rivojlanadi. Dastlab 
shimol keyin janubda kulolchilik charxi va sopol kuydirish uchun 
maxsus o‘choqlar tadbiq etila boshlandi. Metalldan keng foydalana 
boshlandi, g‘alla, zaytun daraxti va uzum yetishtira boshlangan 
Dehqonchilik, hunarmandchilik va savdoni rivojlanishi er.avv. 
III ming yillikda shahar tipidagi manzilgohlarning paydo bo‘lishiga 
sabab bo‘ladi. Ana shunday shaharlardan biri Finikiyada Bibldir. Bibl 
tosh devor bilan o‘rab olingan. Shahar tosh to shalgan ko sha va tosh 
devorlar bilan birga ibodatxonalarga ega bo‘lgan. Bibldan Misrga 
kedr yog‘ochi, smola, zaytun moyi olib ketilgan. Misrda smoladan 
mumiyolashda toydalanilar edi. Misrdan Biblga badiiy buyumlar, 
munchoqlar, alebastr va diorit ko‘zalar, qimmatbaho qutichalar, tilla 
va kumushdan ziynatlangan qurollar olib kelingan. Qirg‘oq 
shaharlarida mulkiy tabaqalanish natijasida ijtimoiy qatlamlarni paydo 
bo‘lishi kuchayib borgan. Taxminlarga ko‘ra shu davrda shahar- 
davlatlarining ilk uyushmasi paydo bo‘ladi. Sekin-asta qirg‘oqda 
Bibldan boshqa yana Finikiya shaharlari Ugarit, Sidon va Tir paydo 
bo‘lgan. Mamlakat ichkarisida shimoliy Suriyada Alalax shahri (er. 
avv. IV ming yilliklar oxiri III ming yilliklar I yarmida) shakllanadi. 
Er.avv. III ming yilliklarda Suriyadagi I.bla shahrida (hududi- 56 ga) 
taxminan 20-30 ming aholi yashagan. Eblada asosan, 
hunarmandshilik va savdo rivojlanadi. Er. aw. XIV-XIII asrda bu 
shaharda saroy ansambllari shakliangan. Bu yerda arxivlar, xom 
ashyo zaxiralari. qimmatli chet el mollari saqlangan. Eblada Misr 
fir’avnlari nomlari yozilgan alebastr xumlari, 32 kg lazurit topilgan. 
Ebla Akkad hokimlari tazyiqiga ushraydi. Er. aw. 2225 yilda Eblani 
Akkad podshosi Naramsuen bosib oladi. Ijlimoiy jihatdan Ebla 
shahar-davlat boMgan. Davlat tepasida podsho turgan va u taxminan 
diniy vazifalarni bajargan. Unihg oldida maslahatshilar boMgan. 
Arabiston Osiyodagi eng katta yarim orol boMib, 3 mln. kv.km. 
hududni egallaydi. Uni g‘arbda Qizil dengiz, sharqda Fors va Ommon 
qo‘ltiqlari suvi. janubda Adan qo‘ltig i va Arabiston dengizi yuvadi. 


114
Arabistonning bepoyon yerlari asosan sahrolardan iborat. Daryolar 
juda kam. Arabiston yarim oroli tabiiy boyliklarga boy. Qadimgi 
Sharqda o zining ziravoilaii va xushbo‘y moylari bilan mashhur 
bo‘lgan. Ziravor va xushbo y moylardan qadimda kosmetika va 
parfyumeriya, tibbiyotda, diniy marosimlarni bajarishda 
lbvdalanilgan. Arabistonni o rab turgan dengizlardan qadinidan 
marvarid, qizil va qora marjonlar olingan. Yarim orolda oltin, temir, 
qalay, mis va surma kabi xomashyolar bor. Janubiy-g arb va janubiy-
sharqda qadimda oq marmar, oniks, alebaster, qimmatbaho toshlar: 
zumrad. berulliy, feruza, va tuz qonlari bor edi. 
Arabiston yarim oroli orqali qadimda xalqaro savdo yo llari o 
tgan. Bosh savdo yo’li «Xushbuy mov yo’li» deb atalgan. 
Arabistonning janubiy-sharqi, sharqiy o rtaer dengizi qirg og iga ikki 
yo nalish bilan: biri Gazo va Ashdad, boshqasi, I ir va Damashqqa yo 
nalgan, vana bir savdo yoMi janubiy Arabistondan janubiy 
Mesopotamiyaga borgan. Bundan tashqari, Qizil dengiz va Fors qo 
Itig i dengiz yo li orqali A\rabiston, Sharqiy Afrika va Hindiston bilan 
savdo aloqalari o matilgan. 
Arabiston yarim orolida odamning izlari paleolit davriga borib 
taqaladi. Mezolit va neolit (er.aw. X-V ming yilliklar)ga oid 
yodgorliklar mavjud. Arabiston yarim orolining er.avv. IV-III-ming 
yilliklardagi aholisi to‘g‘risida aniq ma’lumotlar yo‘q. Shumer 
hujjatlarida Magan va Melukka (ba’zi tadqiqotchillar Maganni 
Arabiston yarim orolining sharqi deb taxmin qiladilar) mamlakatlari 
to g risida eslatib otiladi. 
Er.avv. II ming yillikda Arabiston yarim orolining janubiy 
g‘arbida semit tillarining janubiy arab shevasida so‘zlashadigan Saba, 
Mina va Kataban ittifoqlari vujudga keladi. Arabistonning shimoliy 
g‘arbiy qismida er.avv. II ming yillikda midianit qabilalari yashagan. 
Arabiston yarim orolining qadimgi tarixiga oid manbalar to‘rt asosiy 
qismdan iborat: epigrafik ma’lumotlar, ashyoviy yodgorliklar. yozma 
manbalar. Antik mualliflar ma’lumotlari Janubiy Arabistonning tosh, 
jez, sopolga yozilgan va o‘z mazmuniga ko‘ra ikki guruhga 
bo‘linadigan davlat hujjatlari (podsho farmonlari, podsholarning 
harbiy va ichki siyosatiga oid yozuvlari) va xususiy huquqiy qabrtosh 
lavhalari, sun’iy sug orish inshootlaridagi yozuvlardan 2500 tasi 
saqlanib qolgan. 
Arxeologik qazishlar bizga boy ma’lumotlar beradi. Sana 


115
podsholigining bosh shahri Marib xarobalari (Yamandagi Sanaga- 
yaqin joy) o‘rganilgan. Shaharda saroy qoldiqlari, devorlar, haykaliar 
topilgan. Shahaming g‘arbidagi ulkan Marib to‘g‘oni qoldiqlari 
kishini hayratga qoldiradi. Kataban poytaxti Timna shahrini 
ibodatxonalari, nekropol, qal’a qoldiqlari qazib oshilgan. Nabatey 
podsholigi poytaxti Petra shahrida me’morchilik inshootlari, haykallar 
topilgan. 
Bundan tashqari, Arabiston va arablar to‘g‘risidagi qisqa 
ma’lumotlar Ossuriya, Yangi Bobil, Eron manbalari va Bibliyada 
uchraydi. Antik tarixchilar Gerodot (er.avv. V asr)ning «Tarix» 
asarida, Feofrastning (er.avv. IV asr) «O‘simliklar tarixi», Diodorning 
(er.avv. I asr) «Tarixiy kutubxona» va Strabonning (er.avv.I asr) 
«Geografiya» kabi asarlarida qadimgi Arabiston to‘g‘ risida qator 
ma’lumotlar bor. 
Arabiston tarixi XIX asrdan o‘rganila boshlandi. Dastlab 
epigrafik yozuvlar o‘rganildi. XX asrda Belgiya, Fransiya, Avstriya, 
AQShda Arabiston xalqlarining geografiyasi, madaniyati, dini va 
xronologiyasiga bag‘ishlangan qator tadqiqotlar e’lon qilindi. 
Shimoliy Arabiston qabilaiari qadimgi mashg‘ulotlari Shimoliy 
Arabiston, Suriya va Mesopotamiya cho‘llarini qamrab olgan keng 
hududda chorvachilik bo‘lib, it, eshak, yirik shoxli qoramollar 
boqilgan. 
Bu hududda yashagan urug‘ va qabilalar, qabilalar ittifoqi va 
kichik davlat birlashmalarini shakllantirganlar. Ularni hokimlari 
Ossuriya hujjatlarida «podsho» deb atalgan. Qadimgi davlat 
birlashmalari sekin-asta harbiy san’atni va qo‘shinlarni 
shakllantiradilar. Jangchilar tuyaga ikki kishidan minib, jang 
qilganlar. Arablar o‘zlarining kuchli qo‘shnilari Misr. Sharqiy o‘rtaer 
dengizi qirg og‘ining kichik davlatlari va Ossuriya bilan xalqaro 
ziddiyatlarga tortilganlar. 
Er.avv. IX asr o‘rtalarida er. avv. 853-yilda Karkara yonidagi 
bo‘lgan jangda Ossuriyaliklar arablar ham kirgan koalitsiya 
qo‘shinlarini tor-mor keltiradilar. Arablar Ossuriyaning Misrga qarshi 
yurishida asosiy to‘siq bo‘lganlar. Bir necha arab qabilalari Ossuriya 
tomonidan bo ysundiriladi. Arablar Ossuriyaning raqiblari Misr va 
Bobil bilan iltifoq tuzadilar.Ossuriyaer.avv. VII asrning 40 yillarida 
arab qabilalarini to‘liq bo‘ysundirishga erishadi. Yangi Bobil 
podsholigi ham Arabiston yarim orolida o‘rnashib olishga uringan. 


116
Bobil podshosi Nabonid Shimoliy Arabistonning bosh markazlaridan 
biri Teymuni bolysundirib, uni o‘z qarorgohiga aylantiradi. bir necha 
qo‘shni arab qabilalarining shahar va vodiylarini o ziga bo‘ysundiradi. 
Er.avv VI asrda Eron davlatining qudratini kuchayishi va uning 
bosqinshilik yurishlarini rejasi Arabiston yarim orolining shimoliy 
qismida forslarning arablar bilan aloqa o‘rnatishiga olib keladi. 
Shartnoma bo‘yisha fors podshosi Kambiz er.avv. 525-yil Misrga 
yurish vaqlida arab nabateylari yeridan o‘tish huquqini va sahroda 
o‘tish davrida ulardan fors qo‘shinlarini suv bilan ta’miniashga 
roziligini oladi. Arah qabilalari axmoniylar Eroniga bir yilda ming 
talant (30 t.) miqdorida xiroj to‘lamaganlar va arablar harbiy yurishlar 
davrida fors qo‘shinlari tarkibiga kiritilganlar. L’lar yunon - fors 
urushlari davrida (er. avv. IV asr) Gazo shahri uchun jangda vunon-
makedon qo‘shinlariga qattiq qarshilik ko‘rsatganlar. Iskandarning 
Misrga yurishi davrida arab qabilalarining ko‘pchiligi yunon-
makedonlarga bo‘ysunmaydi. Shu sababli Iskandar sharqqa yurishini 
tugatgash. unga bo ysunganliklarini bildirib, elchi yubormagan 
arablarga qarshi yurish qilishni rejalashtiradi. Arablar Rim davlati 
bilan ham aloqada bo‘lganlar. Rimliklar er. avv. 106-yillar atrofida 
Yamanga suqilib kirishga urinadilar va Nabatey avlatini bosib 
oladilar. 
Arabiston yarim oroli janubi va janubiy-g‘arbida (ozirgi Yaman 
Arab respublikasi va Yaman-arab demokratik respublikaiari 
hududlari) qadimda er. avv. X-IX asrlarda hir necha davlatlar vujudga 
kelgan. Eng shimolda bosh shaharlari Isil va Karnava boMgan Main 
davlati tashkil topgan. Maindan janubroqda markazi Marib shahri 
bo‘lgan Saba, undan janubroqda poytaxti Timna bo‘lgan Kataban, 
Katabandan janubroqda Ausan davlat, sharqroqda markazi Shabva 
bo‘lgan Xadramaut davlatlari bor edi. 
Xett davlati miloddan avvalgi XVIII asrda Kichik Osiyoda 
(xozirgi Turkiya) vujudga kelgan. Mil. avv. XIV asr boshlarida Old 
Osiyoda Misr, kassitlar Bobili va Mitanni davlatlari zaiflashib, 
xalqaro munosabatlarda Xett davlatining kuchayishi uchun qulay 
shart-sharoit tug‘iladi. Mil. avv. 1450-yillar atrofida kelib chiqishi 
xetlit bo‘lgan omadli amaldor taxtni egallab yangi xett sulolasiga asos 
soladi. Yangi sulola podsholari qadimgi xett buyuk davlatshiligi 
g‘oyalarini qaytarishga davo qilib, harbiy-byurokratik monarxiyani 
tashkil qildilar. Podsho ilohiylashtirilgan mutlaq hukmdorga aylandi 


117
va o‘ziga voris tayinladi. 
Xett shaharlari, ayniqsa, poytaxt Xattusining mudofaa 
inshootlari mustahkamlandi. Suppilium I Sharqiy O‘rta yer dengizi 
qirg‘og‘i mayda davlatchalarini va Mitanni davlatini o‘ziga 
bo‘ysundiradi. Mitanniga tegishli Suriya viloyatlarini va shaharlarini 
bosib oladi. Suppilium I o‘z kuyovini Mitanni taxtiga o‘tkazadi. U 
Suriyada markazi Karxamish va Xalpa bo‘lgan xettlarga qaram 
davlatlarga asos solib, bu davlatlarni hukmdori qilib o‘z o‘g‘illarini 
tayinladi. Bobil va Axey davlatlari Suppilium bilan do‘stlik 
aloqalarini o‘rnatishga majbur bo‘ldilar. 
Uning vorisi Mursili II otasining davlatini to‘la hajmda saqlab 
qoldi, lekin qaram hududlardagi isyonlar, qo‘zg‘alonlar va boshqa 
qudratli davlatlarni mamlakat hududiga tazyiqiga qarshi to‘xtovsiz 
urushlar olib borishga majbur bo‘ldi. Mursili II Kichik Osiyodagi 
janubiy Frigiya va Lidiya hokimlarini bo‘ysundiradi. U an’anaviy 
raqib Arsava podsholigiga qarshi g‘olibona yurish qilib Egey dengizi 
qirg‘og‘igacha chiqadi. 
Ammo Mursili II podsholigining so‘nggi yillarida Misr XIX 
sulola davrida yanada kuchayadi va Sharqiy O‘rtaer dengizi qirg‘ogi 
uchun Xett davlati bilan yana raqobat boshlaydi. Eramizdan avvalgi 
1286 yilda Kadesh shahri yonida har ikki tomon uchun hal qiluvchi 
janglardan biri bo‘lib o‘tadi. Jangda Misr qo‘shinlari yengiladi. 
Shunga qaramasdan Misr fir’avni, iste’dodli sarkarda Ramzes II yana 
urushga tayyorlanib, xettlarni Falastin, Finikiya va Suriyani katta 
qismidan siqib chiqaradi. Oxir oqibatda Misr va Xett davlati 
eramizdan avvalgi 1280 yilda tinshlik shartnomasini imzolaydilar. 
Shartnoma bo‘yisha Suriyaning bir qismi, Shimoliy Finikiya Xett 
davlati ta’siri ostida qoladi. Har ikki davlat o‘rtasida savdo aloqalari 
kuchayadi
38

Yangi Xett davrining xo‘jalik va ijtimoiy munosabatlarini 
tavsiflovchi asosiy manba Xett qonunlaridir. Xo‘jalikning asosi 
dehqonchilik, chorvachilikning qo‘ychilik sohasi bo‘lgan. 
Dehqonchilikda sun’iy sug‘orish sezilarli bo‘lmagan. Sun’iy sug‘orish 
inshootlari cheklangan holatda barpo qilingan. 
Hunarmandchilikning taraqqiyoti to‘g‘risida qonunlar va boshqa 
38
Қаранг
: William J. Duiker, Jackson J. Spielvogel .The Essential World 
History,Volume I: To 1800: Boston, 2007. 
Р
. 20. 


118
hujjatlarda temirchi, kulol, duradgor va tikuvchi kasblari tilga olinadi. 
Mehnat qurollari va harbiy aslahalar ishlab chiqarish uchun asosiy 
xom ashyo dastlab mis, keyinchalik qalay edi. Temirdan faqat diniy 
marosimlar uchun haykalcha va boshqa buyumlar yasashda oz 
miqdorda foydalanilgan. Xett davlatida podsho oilasi va podsho bosh 
koxin sifatida juda katta miqdorda yerga egalik qilgan. Podsho va 
ibodatxona yerlarida ishlovchilar o‘z yerlariga berkitib qo‘yilib, turli 
soliq va majburiyatlarm o‘taganlar. 
Xett davlati ma’muriyati qarori bilan ekin yerlari ishlovchilar 
bilan birga o‘z foydasiga soliq yig‘ish huquqi bilan podsho va 
ibodatxonalarga berilganlar. Ayrim ibodatxonaiar umumdavlat 
soliqlaridan ozod qiluvchi immunitet yorliqlarini olganlar. Davlat va 
ibodatxona yerlaridan tashqari boshqa yerlar xususiy mulk bo‘lib oldi-
sotdi qilingan. 
Xett jamiyatida barcha aholi ikki guruhga bo‘lingan. Soliq 
to‘lovlari va boshqa majburiyatlarni o‘tovchi kishilar erkin bo‘lmagan 
mavqega ega bo‘lib, kamsitilganlar. To‘la ma’noda erkin kishilar deb 
zodagonlar, amaldorlar, koxinlar va katta yer egalari hisoblanganlar. 
Xett davlati bosib olgan hududlarni boshqarmagan, faqat ulardan xiroj 
olish bilan cheklagan. 
Xett jamiyati o‘z madaniy taraqqiyotida Misr va 
Mesopotamiyaning yuksak madaniyatlari ta’siri yaqqol seziladi. Xett 
madaniyatida ayniqsa, xurritlarning ta’siri kuchli bo‘lgan. 
Xett dini o‘ziga xos belgilarga ega edi. Xettlarning ming ma’bud 
va ma’budalari to‘g‘risida manbalarda eslatishlar mavjud. Amalda 
esa, cheklangan miqdorda ilohlarga sig‘inilgan. Poytaxt Xattusining 
oliy homiysi chaqmoq xudosi edi. Shu bilan birga xurritlarning 
chaqmoq xudosi Tesubga ham sig‘ingan. Podsho quyoshga o‘xshatilib 
ilohiylashtirilgan. Shu sababli xettlar o‘z podsholarini «quyoshim» 
deb sig‘inganlar. 
Xett yozma asarlaridan bizgacha yetib kelgan podsholarning 
«tarjimai hollari» juda qiziqarli va batafsil bayon qilingan Ularda 
yorqin obrazlar chuqur kechinmalar va o‘ziga xos axloqiy qarashlar 
seziladi. Xett yilnomalarida mamlakat tarixini uch davrga bo‘lishga 
urinish yaqqol ko‘zga tashlanadi. Xett arxivlarida boshqa 
mamlakatlar, masalan, Akkad tarixi to‘g‘risida ma’lumotlar ham 
mavjud. Xett podsholigining boshqa xalqlar bilan yaqin aloqasi 
mavjudligidan dalolat beradigan yana bir madaniy yutuq uch tilli 


119
shumer-bobil-xett lug‘atlarining tuzilishidir. 
Xett haykal va releflari vazmin va ulug‘vorligi bilan ajralib 
turadi. Mamlakatda ayniqsa, mudofaa inshootlari qal’a devorlari 
qurish yuqori darajada bo‘lgan. Xett madaniyati ko‘p asrlik shimoliy 
Mesopotamiyada va unga yaqin boshqa hududlarda yashagan qabila 
va xalqlaming madaniyatini o‘zida aks ettirgan va boshqa 
madaniyatlarga xam o‘z ta’sirini o‘tkazgan. Xettlarning madaniy 
merosi Xett davlati halokatidan keyingi asrlarda ham boshqa qo‘shni 
mamlakatlar madaniyatiga ijobiy ta’sir o‘tkazadi. 

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə