Microsoft Word шфмт ў?ув ?ўлланма verstka doc



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/107
tarix03.04.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#104129
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   107
Шарқ фалсафаси ва маданияти тарихи. Д.Пўлатова

15-rasm. Mesopotamiya 
Diniy-mifologiya bo‘yicha Shumer Misrdagidan farq qiluvchi 
tizim-ga ega edi. Garchi bu yerda ham shahar hukmdorini Xudoning 
yerdagi avlodi deb qaralsa-da, biroq narigi dunyo to‘g‘risidagi 
tasavvurlar Misrdagi singari katta ahamiyatga ega bo‘lolmadi. 
Kohinlar ham muhim ijti-moiy qatlam sifatida shakllana olmadi. 
Shumerlarda har bir shahar-davlat o‘zining homiysi – Xudosiga ega 
edi. Shu bilan birga, butun Mesopotamiyada sig‘inuvchi umumiy xudolar 
ham mavjud bo‘lgan. Shulardan osmon xudosi – An, yer xudosi – Enlil, 
suv xudosi – Enki. 
Moddiy madaniyat sohasida Shumerda arxitektura qurilishi 
sohasi muhim o‘rin tutgan. Bu yerda xom g‘isht kashf qilingan bo‘lib, 
ulardan xramlar (ibodatxona) – olti, yetti qavatli zikkuratlar qurilgan. 
Ularning ichida taniqlisi Ur shahridagi «Xram-tog‘i» (er. avv. XXII-
XXI asrlar) edi. Zikkuratlar observatoriya vazifasini ham bajarganlar. 
Osmon jism-lari harakatini kuzatish bilan astronom kohinlar 
shug‘ullangan. Qadimgi Mesopotamiya astronomlari Quyosh va Oy 
tutilishini oldindan bilgan-lar. Ular quyosh yili 365, oy yili 354 
kunligini aniqlab, shu asosda astro-nomiya taqvimini tuzganlar
32

32
Қаранг
: William J. Duiker, Jackson J. Spielvogel .The Essential World 
History,Volume I: To 1800: Boston, 2007. 
Р
. 8. 


104
Haykaltaroshlik sohasida kichik hajmdagi haykalchalarni 
ibodatxo-nalar uchun yasalgan. Misol uchun Lagashdagi ayol 
haykalchasida (bo‘-yi 26 sm.) etnik qiyofa belgilari ham namoyon 
qilingan. Bu davrga taal-luqli misdan yasalgan Sargonning boshi 
tasvirlangan haykalchada pod-shoning botirligi, kuchli irodasi va 
qahrli xarakteri ifoda qilingan. 
Shumerda badiiy adabiyot rivoji yuqori darajaga ko‘tarilgan. 
Noyob asarlar jumlasiga «Dehqonchilik almanaxi», «Gilgamesh 
haqida doston» kirib, unda Gilgamesh va Enkidularning do‘stligi, 
qahramonliklari va sarguzashtlari haqida hikoya qilinadi. 
Mil. avv. III minginchi yil oxiriga kelib Shumerning inqirozga 
uch-rashi tufayli uni Bobil bosib oladi. Bobil tarixi ikki davrga 
bo‘linib, Qa-dimgi davri mil. avv. II mingyillikning birinchi yarmini 
va yangi davri mil. avv. I mingyillikning o‘rtalarini o‘z ichiga oladi. 
Qadimgi davrning eng cho‘qqiga chiqqan vaqti podsho 
Xammurapi (1750-1732) hukmronlik qilgan yillarga to‘g‘ri keladi. 
Xammurapi yirik davlat tuzib, bu davlatni o‘zi tuzgan qonunlar 
asosida boshqargan. Xam-murapi to‘plami mixxat yozuvida bazalt 
tosh ustuni sathida bitilgan. Qo-nunlar to‘plami 282 moddadan iborat 
bo‘lib, u kirish, qonunlar va xulo-sadan iborat. Kirish qismida 
qonunlarni chiqarishdan asosiy maqsad mam-lakatda adolat o‘rnatishdan 
iborat, deb ko‘rsatilgan. Unda podsho ulug‘-lanib, ko‘klarga ko‘tarilgan. 
Qonunlarda xususiy mulk himoya qilingan. Jumladan: agar kimki 
ibodatxonaning yoki podshoning mulkini o‘g‘irlasa, u o‘ldirilishi 
lozim; o‘g‘irlik molni olgan kishi ham o‘ldirilishi kerak… Xammurapi 
qonunlari o‘z davrining muhim tarixiy, yuridik hujjati hisob-lanadi. 
Balandligi 2 m bazalt ustunida Xammurapining tik turgan holida kursida 
o‘tirgan quyosh va adolat xudosi Xamash qo‘lidan hokimiyat bel-gisi – 
tayoqni olayotgan holati tasvirlangan. Bu jihatdan u tasviriy monu-mental 
asar hamdir. 
Yangi Bobilning gullab-yashnashi podshoh Navuxodonosor (605-562) 
davriga to‘g‘ri keladi. Uning davrida dunyoning yetti mo‘jizasidan biri 
«Semi-ramidaning osma bog‘lari» qurilgan bo‘lib, uni sevgi ramzi deb ham 
atashadi. 


105
Shu davrga mansub «Bobil minorasi» 
(balandligi 90 m) – zikkurati o‘z davrining eng 
ulkan arxitektura inshooti bo‘lgan. Bu minorani 
Gerodot ko‘rib hayron qolgan. Minora 
to‘g‘risida Bibliyada ham eslatib o‘tiladi
1
.
Qadimgi Bobilda matematika, 
geometriya, astronomiya, tibbiyot, tarix va 
boshqa fanlarga qiziqish erta boshlangan. 
Yerlarni o‘lchash, masofani aniqlash, hosilni 
hisoblash va savdo-sotiq ishlarini yuritish uchun mate-matika va 
geometriya kerak bo‘lgan. Bobilliklar son va sanashni bilganlar. 100 va 
1000 liklar alohida belgi bilan ifoda etganlar, hatto doiraning 360
0
ekanligini aniqlaganlar. 
Mesopotamiyada qadimdan boshlab maktablar vujudga kelgan 
bo‘-lib, ularda o‘ziga to‘q kishilarning farzandlari ta’lim olgan. 
Maktablar-ning quyi sinflarida adabiyot, til, grammatika fanlari 
o‘qitilgan. Yuqori sinflarida esa astronomiya, matematika, 
geometriya, tibbiyot va veteri-nariya hamda 
diniy darslar o‘tilgan. Maktablar davlatni 
boshqarish uchun xodimlar tayyorlagan
33
.
Er. avv. III ming yillikda Falastinda Megiddo, Quddus va 
Laxesh shaharlari shakllanadi. Barcha shaharlar mustahkam devorlar 
bilan o‘rab olingan. lordan darvosi vodiysida Xasor shahri yirik 
markazga aylanadi. Er. avv. III niing yillikda Sharqiy o‘rtaer dengizi 
qirg‘ogi aholisi o‘z. tarkibiga ko‘ra xilma-xil edi. Shimolda xurrit 
qabilalari yashagan. Er. avv. II mitig yilliklarda bu yerda xettlar kirib 
keladi. Ammo er. av. IV ming yilliklarda asosiy aholi semit 
shoxobchasi tillarida so‘zlashadi. Tadqiqotchillar sharqiy O‘rta yer 
dengizi qirg‘og‘ida III-II ming yilliklarda mavjud bo‘lgan eblaid. 
qadimgi xanaan, ugarit va amoriy tillarini ko rsatadilar. Damashqning 
yuksalishi er. aw. II ming yillik oxirida Arabistondan kelgan somiy 
qabilalaridan biri oromiylar bilan bog‘liq. Ular Arabistonda tuya 
boqish va ko paytirish bilan mashg ul bo‘lganlar. Er. aw. I ming yillik 
1
«Bobil minorasi»ni mil. avv. VI asrda Eron Bobilni istilo etgach, istilochilar 
tomonidan buzib tashlangan.
33
Қаранг
: William J. Duiker, Jackson J. Spielvogel .The Essential World 
History,Volume I: To 1800: Boston, 2007. 
Р
. 11. 

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə