Microsoft Word шфмт ў?ув ?ўлланма verstka doc



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/107
tarix03.04.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#104129
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   107
Шарқ фалсафаси ва маданияти тарихи. Д.Пўлатова

Qadimgi 
fors davlati tarixi bo‘yisha manbalar xilma-xil: bu 
xo‘jalik hujjatlari, tarixiy yozuvlar, amaldorlarning rasmiy 
yozishmalari. Hozirgi vaqtda qadimgi fors tilida elam va akkad 
tillariga tarjima qilingan 200 ga yaqin (podsholar) mixxat yozuvlari 
chop etilgan.
Eronda mezolit va neolit davriga oid manzilgohlar, arxeologik 
topilmalar, kulolchilik buyumlari Suza shahrining ilk qatlamlari 
yodgorliklari, Eron poytaxt shaharlari Suza, Ekbatana, Pasargad 
xarobalaridan topilgan ulug‘vor haykallar, qoyatosh releflari 
qimmatbaho metallardan qilingan buyumlar, harbiy qurollar va 
taqinchoq-bezaklar topib o‘rganilgan.
Midiya shimoliy g‘arbiy Eronda joylashgan edi. Mamlakatning 
g‘arbiy qismi Zagros tog‘i hududi bo‘lib, keyinchalik Midiya 
Atropatenasi deb atalgan. Atropatenadan sharqda Midiyani tekislik 
qismi joylashgan. Er. avv. III - II ming yilliklarda bu hududlarda 
kassit, kutiy, xurrit tillarida so‘zlashadigan o‘troq va ko‘chmanchi 
shorvadorlar yashaganlar. 
Mil. avv. 559-yilda fors podshosi bo‘lgan Kayxusrav I keyingi 
ikki yil davomida Parfiya va Girkaniyani bosib oladi. Mil. avv. 545- 
va 539-yillarda Kayxusrav hozirgi Afg‘oniston, O‘rta Osiyo yerlarini 
bosib oladi. Fors davlat hududi Hindistonning shimoliy-g‘arbiy 
chegaralarigacha, Hindikushning janubiy yon bag‘irlari va Sirdaryo 
havzalarigacha yetdi. Kayxusrav shimoliy-sharqiy yo‘nalishlarda o‘z 
ta’sirini mustahkamlagash, Bobilga yurish qiladi. 539 yilda ikki oy 
davomida avgust-sentabr oylari Bobil yerlari bosib olinadi. Bobil 
podsholigi rasman saqlab qolinadi, uning ijtimoiy tuzilmasi 
o‘zgartirilmaydi. Bobil shahri fors podsholari turadigan 
qarorgohlardan hiriga aylanadi. Bobil davlat apparatida bobilliklar 
yetakshi o‘rinda qolaveradi. bobilliklarning qadimgi diniy 


120
e’tiqodlariga fors podsholari homiylik qiladilar. Amalda Bobil 
mustaqi! siyosiy birlashmadan ahmoniylar satrapiyasi (viloyatiga) 
aylanadi, mamlakat mustaqil siyosat yuritishdan mahrum bo‘ladi, 
ichki siyosatda oliy harbiy va ma’muriy hokimiyat fors podshosi noibi 
qo‘lida bo‘lgan
39

Bobil bosib olinganidan so‘ng, barcha g‘arbiy mamlakatlar 
(Suriya. Falastin. Finikiya) Misr chegarasigacha forslar qo‘liga o‘tadi. 
Finikiya. Bobil va Kichik Osiyoning savdo-hunarmandlar qatlamlari 
tranzit savdo yo‘llarini xavfsizligini ta’minlaydigan kuchli 
markazlashgan davlatdan manfaatdor bo‘lganlar. Shu sababli ular fors 
davlatini qullab-quvvatlaydilar. 
Qadimgi Eron mafkurasida mil. avv. I ming yillikda shakllangan 
diniy talimot zardushtiylik muhim o‘rin egalladi. Zardushtiylik 
Midiya podshosi Astiag davridayoq rasmiy dinga aylangan edi. 
Zardushtiylik dinining koxinlari diniy an’ana urf-odat va rasm-
rusumlarni saqlovchi maglar bo‘lgan. Zartushtiylik odamlarni 
qurbonlik qilishni taqiqladi, odamlarni bir-biriga mehribon bo lishni 
targ ib qildi. Doro I mil. avv. 520- yil atrofida zartushtiylikni rasmiy 
davlat dini deb e’lon qildi. 
Forsda qadimgi zartushtiylik tabiat xudolari Mitra (quyosh 
xudosi), Anaxita (suv va hosildorlik xudosi) va yorug lik, oy, shamol 
qabilami o zida ifodalagan xudolarga sig‘inilgan. Fors podsholari 
zardushtiylikning afzalligini tan olib, rasmiy din sifatida qabul qilgan 
bo‘lsalarda eng qadimgi xudolardan voz kechmaganlar. 
Axmoniylar boshqa dinlarga ham homiylik qilganlar. Doro I 
Bobil, Elam va Yaxudiyadagi buzib tashlangan ibodatxonalarni qayta 
tiklashga buyruq beradi. Misr ishgol qilingach, Kambiz Misr urf-
odatlari bo‘yicha toj kiydi. U Sais shahridagi ma’buda Neyt 
ibodatxonasida diniy marosimlarga qatnashadi. Doro 1 o‘zini 
ma’buda Neytning o‘g‘li deb e’lon qiladi, xudo Amon va boshqa Misr 
xudolariga bag‘ishlab ibodatxonalar quradi. 
Diniy e’tiqodni markazlashtirish maqsadida Kserks Eronda diniy 
islohat o‘tkazadi. U Mitra, Anaxita va Zardusht inkor qilgan boshqa 
qadimgi ibodatxonalarni yo‘q qilmoqchi bo‘ladi. Bu islohat o‘z 
maqsadiga erishmaydi, yarim asrdan so‘ng, qadimgi xudolarga 
39
Қаранг
: William J. Duiker, Jackson J. Spielvogel .The Essential World 
History,Volume I: To 1800: Boston, 2007. 
Р
. 23. 


121
sig‘inish yana keng avj oladi. Ahmoniylar ibodatxonalarni iqtisodiy 
qudrati haddan tashqari kuchayib ketmasligiga yo‘l qo‘ymaslik uchun 
Misr, Bobil va Kichik Osiyodagi ibodatxonalari davlat soliq 
majburiyatlarini o‘tashga majbur qiladilar. 
Ahmoniylar davlati uchun turli xalqlarning madaniyati va diniy 
qarashlarni sinkretizini xarakterli edi. Mamlakat turli hududlarining 
doimiy iqtisodiy - ijtimoiy va siyosiy aloqasi, madaniyatlarining 
o‘zaro ta’siriga ijobiy turtki beradi. Turli xalqlarning yagona davlat 
hududiga yashab turishi xalqlarning, ilmiy bilimlari, san’at va 
adabiyotlarning bir-birini boyitishiga olib keldi. 
Forslar va boshqa xalq-elatlar Bobil, Misr va Elamning qadimiy 
madaniyatlarini o‘zlashtirib oladilar. Forslarning eng katta madaniy 
yutuqlaridan biri o‘ziga xos mixxatning yaratilishi bo‘lgan. Fors 
mixxati akkad alfavitidan farq qilgan holda bor-yo‘g‘i 40 belgidan 
iborat bo‘lib deyarli alfavitli yozuv bo‘lgan. 
Qadimgi fors me’morchiligining ulug‘vor inshootlari Pasargad 
va Suzadagi saroy ansambllari edi. Pasargad shahri maydoni 135000 
kv.mni tashkil qiladi. Bundan tashqari, 12000 kv.m sun’iy maydon 
hosil qilingan Fors podsholari barpo qilgan Persepol saroyiga 110 
zinapoyali keng xashamatli pillapoyadan chiqilar edi. Doro I ning 
saroyi 3600 kv.m. katta, tomining balandligi 20 m bo‘lgan 72 ustunli 
zali bilan mashhurdir. Zinapoyaning bir tomonida rel’eflar bilan 33 
qaram xalqlarning xiroj olib kelayotgani tasvirlangan. Bu haqiqiv 
etnografik muzey, qaysiki bu yerda turli xalq va qabilalarning o‘ziga 
xos kiyimlari, qurollari va ularning kasblarini ifodalaydigan tasvirlari 
toshga o‘yib tushirilgan. Persepolda boshqa Ahmoniy podsholarning 
saroylari ham joylashgan. 
Persepoldan 3 km uzoqlikda Naqshi Rustam deb nomlangan 
qoyalarda Doro I va boshqa fors podshoiarining rel’eflar bilan 
bezatilgan qabrlari mavjud. Doro I davrida Suzada katta qurilishiar 
olib borilgan. Qurilish ashvolari 12 mamlakatdan olib kelingan.
Qadimgi fors san’ati, Eron madaniyati an’analari Bobil, Misr. 
Osuriya va boshqa xalqlarning badiiy an’analari va texnika 
usullarining sintezi edi. Qadimgi fors san’ati namunalari ichida nozik 
did bilan ishlangan toshdan ishlangan vazalar. metall qadah, fil 
suyagidan yasalgan riton qadaxlar. zcb-ziynat buyumlari, lazurit 
haykallar mavjud. Badiiy buyumlar ichida agat, xalqidon, yashma 
kabi qimmatbaho toshlardan ishlangan silindrsimon muhrlarda 


122
podshotar, afsonaviy qahramonlar va afsonaviy mavjudotlar tasviri 
tushirilgan. Ular nihoyatda mohirlik bilan yasalgan boMib, haqiqiy 
san’at asari xisoblanadi. Fors san’atida ayniqsa o‘simlik va 
xayvonlarni hayotiy tasvirlar: boMgan badiiy buyumlar bizni 
hozirgacha hayratga soladi. 

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə