Microsoft Word шфмт ў?ув ?ўлланма verstka doc



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/107
tarix03.04.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#104129
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   107
Шарқ фалсафаси ва маданияти тарихи. Д.Пўлатова

 
 
Baholashning ko‘rsatkich va mezonlari 
Guruhlar 
Javob 
mazmuni 
Taqdimot 
varog‘ining 
to‘ldirish 
sifati 
Guruh 
faolligi 
 
Reglament
ga amal 
qilish 
Jami 
balla

1.
2.
3.
4.
4 – guruh topshirig‘i 
1-bosqich. Kushon madaniyatini gapirib berish. 5 daqiqa. 
2-bosqich. Guruhda muhokama qiling 5 daqiqa. 
3-bosqich. Taqdimot varog‘ini to‘ldiring (organayzer yordamida) 10 
daqiqa 
4-bosqich. Taqdimot bilan chiqish 5 daqiqa 
5-bosqich. Boshqa guruhlarning taqdimotini baxolash.
 
Guruhlar Baholashning ko‘rsatkich va mezonlari 


173
Javob 
mazmuni 
Taqdimot 
varog‘ining 
to‘ldirish 
sifati 
Guruh 
faolligi
 
Reglament
ga amal 
qilish 
Jami 
ballar 
1.
2.
3.
4.
 
Guruh bo‘yicha baholash mezonlari 
Har bir guruh boshqa guruhlarni baholaydi. Har bir talab bo‘yicha – 2 
ball 
Guruh 

Tushunarli 
va aniq 
javob (0,5) 
Ko‘rgazma-
lilik 
(0,5) 
Reglament
ga amal 
qilish (0,5)
Guruh 
faolligi 
(0,5) 
Jami 
ball 
1.
2.
3.
4.
Hisob natijasi 
Guruhlar 

Umumiy 
ball 
Umumiy 
ball 
Umumiy 
ball 
Umumiy 
ball 
Umumiy 
ball 
1.
2.
3.
4.
Umumiy 
hisob 
Ballari 
Baho 
 
Seminar mashg‘uloti va mustaqil ta’lim uchun 
 tavsiya etilgan adabiyotlar: 
1.
Adamson Peter. Philosophy in the Islamic World: A Very Short 
Introduction. Oxford University Press, New York,2015.
2.
Majid Fakhry. A History of Islamic philosophy. New York. 2004. 


174
3.
William J. Duiker, Jackson J. Spielvogel .The Essential World 
History,Volume I: To 1800: Boston, 2007. 
4.
Victoria S. Harrison. Eastern Philosophy. The Basics. New York. 
2013 
5.
Po‘latova D. Qodirov M. va boshq. Falsafa tarixi: Sharq falsafasi. 
O‘quv qo‘llanma. –T.: TDShI, 2015.
6.
Sharq falsafasi. Mas’ul muharrirlar: Ibrohimov N.I., Ahmedova 
M.A.–T.: TDShI, 2006 
 
11-mavzu 
Qadimgi Turon va Eron xalqlari tafakkuri. “Avesto”dagi falsafiy 
g‘oyalar 
Reja 
1.
Qadimgi Turon va Eron xalqlari tafakkuri. 
2.
“Avesto”da borliq falsafasi. 
3.
Avestoda antropologiya masalalari. 
 
Tayanch tushunchalar: 
Qadimgi Xorazm va Baqtriya madaniyati, Qadimgi Eron, 
Qadimgi Turon, So‘g‘diyona, zardushtiylik, Avesto, Gotlar, Yashtlar, 
Buyuk ipak yo‘li, Sharq va G‘arb madaniyatlari 
muloqoti.Axuramazda, Axriman. 
 
Jo‘g‘rofiy tushuncha bo‘lgan Turonda yashagan turkiy va unga 
qo‘shni bo‘lgan Eron xalqlarining eng qadimiy va boy milliy 
qadriyatlarga ega ekanliklariga manbalar guvohlik beradi. Ushbu 
qadriyatlarning asl ildizlari er. ol. X asrlarga borib taqaladi. 
Ko‘hna Sharq og‘zaki ijodining ilk namunalari bo‘lmish Mitra, 
Ardvisura, Anaxita, Vertragna kabi ma’budlarga bag‘ishlangan 
afsonalarda milliy qadriyatlarning ohanglari seziladi. Ana shunday 
ibtidoiy e’tiqod va qarashlar tadrijoti juda qadim zamonlardayoq Ko‘k 
Tangriga, Muqaddas Qo‘ng‘ir Yer-Suv xudosiga, Umay Momo, Nanay 
Marg‘iyona-Malxiyona, Mehr (Quyosh), Anaxita (hosildorlik va suv) 
xudolariga, o‘tgan ajdodlar ruhlariga sig‘inish e’tiqodlari, ilm-fani, 
tibbiyoti, taqvim, yil hisobi to‘g‘risidagi tasavvuriga, Xubboz ota 
ruhiga sig‘inish, Jadda toshi yordamida urush, qirg‘in-barotlarni daf 
qilish, yomg‘ir va suv chaqirish, qurbonliklar qilish, marosim va 


175
ma’raka, urf-odat, an’analarning paydo bo‘lishiga, ularga amal qilishga 
olib kelgan.
Juda qadimgi davrlardan boshlab, Turon va Eron xalqlari 
dunyoning barcha xalqlari, elatlarida bo‘lganidek, yuqorida sanab 
o‘tilgan totemistik, feteshistik, butun olam bir butun jonli, deb e’tiqod 
qilish (animizm), sehrgarlik, jodulash, shomonchilik, ruhlarga sig‘inish 
bilan bog‘liq qarashlarni, ta’limotlarni boshdan kechirganlar.
Xalqimizning eng qadimgi yozma yodgorliklarida ham milliy 
qadriyatlarga katta e’tibor berilgan. Milliy qadriyatlarimizning ko‘p 
qirralarini o‘zida mujassamlashtirgan eng muhim yozma yodgorlik 
“Avesto” kitobidir. Uning ilk sahifalari bundan uch ming yil ilgari 
Xorazmda yaratila boshlagan. Eramizdan oldingi VII asrga kelib, uni 
Amudaryo sohilidagi tuya boquvchi qabilalardan yetishib chiqqan 
Zaratushtira qayta ishlab chiqqan. Zaratushtira yoki sodda qilib 
aytganda Zardusht “Avesto”ning qadimgi qismi bo‘lgan 
“Yashtlar”dagi ko‘pxudolik aqidalariga zid o‘laroq, uning “Gohlar” 
qismida yakkaxudolik g‘oyalarini targ‘ib etgan.
Qadimgi yunon donishmandi Pliniy ta’biri bilan aytganda “bir 
million qo‘shiqdan iborat” bo‘lgan “Avesto”da din nazariyasi, 
amaliyoti bilan bir qator Movarounnahr va qadimgi Eron xalqlarining 
tarixi, madaniyatiga oid qimmatli dalillar mavjud. “Avesto”ning 
“Vendidot” qismida huquqshunoslikka oid fikrlar keng va batafsil 
bayon etilgan.
“Avesto”ning axloqiy ta’limoti uch asosga: ezgu niyat, ezgu fikr 
va ezgu amalga tayanganligi yaqqol namoyon bo‘ladi. Unda yaxshilik, 
barkamollik, hurfikrlilik, insonparvarlik kabi xislatlar yagona xudo – 
Axuramazda irodasi sifatida ko‘rsatilgan. Insonning qadri 
yaxshilikning g‘alabasi uchun kurashda befarq turmasligida, yashash 
tarzida, ma’naviy qiyofasida va ijtimoiy faoliyatida o‘z ifodasini 
topgan. “Avesto”da yurtimiz zaminida yashagan xalqlarning 
islomgacha bo‘lgan davrdagi tabIIy-ilmiy, axloqiy qadriyatlarining 
rivojlanishi tarixiga oid g‘oyat qiziqarli ma’lumotlar bor. 
“Avesto” Turon, Xuroson, Ozarbayjon, Iroh, Eron, Kichik Osiyo 
xalqlarining miloddan oldingi qadimiy davrdagi ijtimoiy-ihtisodiy 
hayoti, diniy harashlari, olam va odam to‘g‘risidagi tasavvur, urf-odat 
va ma’naviy qadriyatlari haqida ma’lumot beradi. U milloddan 
avvalgi 7-6 asrlarda yaratilgan. Milloddan avvalgi 13-asrdan to 
milodning 4-asrigacha bo‘lib o‘tgan tarixiy vohealarni o‘zida aks 


176
ettirgani uchun milliy g‘oyalarni asrab-avaylash, xalqni jipslashtirish, 
uni ma’naviy yuksaklikka da’vat etish, odamlar o‘rtasida mehr-oqibat 
tuyg‘ularini mustaqkamlash va milliy an’analarni saqlab holishda 
muqim aqamiyat kasb etgan.
Zardushtiylik dinining asosiy ahidalarini o‘zida mujassam etgan 
bu kitobda o‘sha davrdagi ustuvor g‘oyalar, ma’budalar sha’niga 
aytilgan madqiyalar, duolar qam o‘z ifodasini topgan. Tarixchi 
Mas’udiyning yozishicha, podsho Doro ibn Doro xazinasida 
«Obisto»ning («Avesto») 12 ming oltin taxtaga, Balxiyning 
«Forsnoma» kitobi va Abu Rayhon Beruniy asarlarida yozilishicha, 
12 ming oshlangan mol terisiga tilla suvida yozilgan 32 kitobdan 
iborat nusxasi bo‘lgan
54
.
Tarixdan ma’lumki, Makedoniyalik Aleksandr miloddan avval 
334-329 yillarda Markaziy Osiyoni zabt etib, otashxonalarni vayron 
qilgan. Shu davrda “Avesto”ning bir qancha bo‘limlari qam yondirib 
yuborilgan. Ayni zamonda uning tibbiyot, falakiyot, falsafa va 
adabiyotga doir bo‘limlari yunon tiliga tarjima qilingan.
Milodiy I asrda Parfiyadagi arkashiylar hukmdori Vologes 
tomonidan turli manbalarda saqlanib qolgan yozma va og‘zaki 
namunalari qayta to‘plangan. Shuningdek, sosoniylar sulolasi 
hukmronlik qilgan bu davrda zardushtiylik diniga bo‘lgan qiziqish 
kuchaygan. Podsho Ardasher (242-272) davrida esa zardushtiylik 
54
William J. Duiker, Jackson J. Spielvogel .The Essential World 
History,Volume I: To 1800: Boston, 2007.
Р
. 22. 

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə