Microsoft Word turkiston qaygusi ziyouz com doc



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/120
tarix05.10.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#125772
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   120
www.ziyouz.com kutubxonasi 
3
qudrat va g‘oya u kishini bunday jasoratga boshlagan? Nega boshqa ziyolilarimiz shu 
paytda bu to‘g‘rida fikr yuritishga jur’at etolmaganlar? Ular o‘z boshlarini asrab, turmush 
rohatini ko‘zlab, qanday qullikda, mutelikda, kimlarning tobeligida hayot 
kechirayotganliklarini anglashni istamadilar. 
Bulardan farqli o‘laroq, bobomlardagi birinchi quvvat ummoni haqiqiy islomiy iymon 
etiqodi va haqqoniy hur fikrligi bo‘lsa, ikkinchi ulug‘ manba ul zotning Vatan va millatga 
bo‘lgan cheksiz muhabbatidir. 
Bobomlar yozadilar: «Umrim ichida qanchalik og‘ir ishlarni, ko‘p qo‘rqinchlik kunlarni 
boshimdan kechirdim. U chog‘da ko‘nglimdagi iymon e’tiqodim, Allohga va uning haq 
payg‘ambari Muhammad alayhissalomga bo‘lgan muhabbatim, men uchun eng kuchlik 
ishonchim va eng ortiq suyanchim edi. ...Iymonlik kishilarga har vaqt bu ulug‘ davlat 
nasib bo‘lg‘usidir». 
«Hozirgi madaniyat davrida diyonat bilan taraqqiyot birga yasholmaydi degan xato 
fikr oqillar oldida emas, jahon bo‘yicha johillar orasida tarqalmishdur. Haqiqatda esa, din 
poklikdur. Poklikka qurilgan axloqdur. Dinimizning asli aqldur, quroli ilmdur. Hozirgi 
taraqqiyot islom axloqi asosida olib borilsa, insonlar uchun eng foydalik madaniyat 
bo‘lishida shak yo‘qdir. Umuminsoniy haq huquqlar butun xalq oldida, ayniqsa, hukumat 
doiralarida qonuniy ravishda himoyalanib saqlanar ekan, o‘shandagina madaniyati 
fozilaga erishiladi. Shu kunlarda ustimizda hukmron bo‘lgan dinsizlar madaniyati ersa 
fosiq
madaniyat deyiladi. Bunday madaniyat insonlarni ham axloqiy, ham ruhoniy 
fazilatlaridan butunlay ajratadi». 
Vatanimiz, millatimiz yuz yildan ortiq bosqinchilar qo‘lida, mustamlaka zulmi ostida 
yotganining asosiy sabablari xonliklar davrida Turkiston o‘lkasida yuzaga kelgan 
ittifoqsizlik; dinni asosi bilan tushunmagan ilm madaniyat dushmanlari hokimiyat 
tepasida bo‘lishi; mamlakat mudofaa quvvatiga ahamiyat berilmagani; xalqimizning 
xurofot zulmati va jaholat botqog‘iga butunlay botganligi; zamonaviy fan ilmlarini o‘qish 
va o‘qitish ishlariga e’tibor bo‘lmaganligi haqida bobomlar kuyinib gapiradilar. 
«Nima uchun keyingi asrlarda Turkiston xalqi bunday johiliyat botqog‘iga botdi? 
Buning bosh sababi dinni asosi bilan tushunmagan ilm madaniyat dushmanlari hokimiyat 
tepasida bo‘ldilar. O’zlarini din homiylari deb e’lon qilib, xalqni ma’rifat nuridan mahrum, 
zamonaviy fanniy ilmlardan butunlay yiroq tutdilar. Chet davlatlar bilan aloqa 
bog‘lamadilar, o‘qish o‘qitish ishlariga hech qanday ahamiyat bermadilar. Shuning uchun 
Turkiston xalqining ichida uyg‘onish, fikr ochilish va bor sharoitdan foydalanish 
imkoniyatlari bo‘lmadi. Davlatning inqirozi, millatning ongsizligiga shu johillar 
sababchidur». «Bular Vatan va millat oldida eng kechirilmas jinoyatchi odamlar, chunki 
davlatlarini inqirozga, millatlarini qullikka, Vatanlarini xorlikka olib keldilar». 
«Hozirgi madaniyat olamida millatning o‘z xuquqini saqlash sharafi uning qurol 
kuchigagina bog‘lanmishdir. Shuning uchun to‘liq mudofaa kuchiga ega bo‘lmagan 
millatlar insoniy huquqlaridan butunlay ajrab, hayvonlar qatorida xo‘rlik bilan 
yashamoqqa majburdirlar». «Shunga ko‘ra, Vatan bolalari oldimizdagi kelajak kunlarni 
eskarib, zamonaviy ilm o‘qishga chin ko‘ngillari bilan kirishib, halol meros o‘z Vatanlarini 
egallash uchun mudofaa quvvati tayyorlashga tish-tirnoqlari bilan yopishsinlar». 
Kitobda hozirgi zamon ilm-fanini tirishib o‘qish, zamonaviy texnika va texnologiya 
hunarlarini yaxshi o‘zlashtirish bilan bir qatorda, xalqning milliy hissiyotini ko‘tarish, o‘z 
ona tilini saqlash, adabiyotini yuksaltirish bizni millat sifatida yutilib ketishdan to‘g‘on 
kabi asraydigan zarurat ekanligi uqtiriladi: «Hozirgi o‘qimishlik, tushungan Vatan 
bolalarimiz, agar milliy hislik bo‘lmas ekanlar, ulardan bizga, ya’ni o‘z xalqiga foyda 
yetishi hech vaqt mumkin emasdir. Balki bolta sopini o‘zimizdan chiqargandek, yov 
qo‘lida tub ildizimiz bilan kesib quritishga qurol bo‘ladilar. U holda esa o‘zlaridan umid 


Turkiston qayg’usi. Alixonto’ra Sog’uniy 

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə