Microsoft Word Вулқонлар Айбуллаева Ситора



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/28
tarix19.12.2023
ölçüsü1,46 Mb.
#153673
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   28
Stromboli vulqoni
Tirren dengizidagi Lipari arxipelagida joylashgan 
so’nmagan vulqon bo’lib, ma’muriy jihatdan Italiyaga tegishli. Ushbu vulqonning 
dengiz sathidan balandligi 926 m bo’lib, dengiz tubidan hisoblansa 2700 m ni 
tashkil etadi. Krateri 700 m balandlikda joylashgan. Muntazam ravishda vulqon 
bombalari va gaz otilib turadi. Krateridan chiqayotgan gazlar lavaning taftidan 
yorishib kechasi uzoqdan yaqqol ko’rinadi. Shu sababli unga “O’rta dengiz 
mayog`i” deb ataydilar. Vulqon otilishi tiplaridan biri ham shu vulqon nomi bilan 
ataladi. 
Gekla, Xekla
— Islandiya orolining janubi-g`arbiy qismidagi so’nmagan 
vulqon. Yoriqli vulqonlar tipiga kirib, uzunligi 27 km li faol vulqonlar zanjirida 
joylashgan. Ushbu vulqonning balandligi 1491 m bo’lib, asosan andezit va bazalt 
lavalaridan tashkil topgan. Geklaning otilib turganligi tarixiy manbalarda 1004- 
yildan boshlab qayd etilgan. Hozirgacha hammasi bo’lib 20 marta kuchli otilgan.
Eng ko’p vayrongarchilik keltirgani 1766, 1947—48 yillarda). Gekla atroflaridan 
juda ko’p gaz chiqib turadi. 
Katla 
— Islandiya janubidagi harakatdagi vulqon. Balandligi 970 m. 
Bazalt lavalaridan tuzilgan. Mirdalsyyokyudl muzligining janubi-sharqiy qismi 
bilan qoplangan. Muz ostidagi otilishlar muzning intensiv erishiga olib keladi va 
buning natijasida qo’shni hududlarni suv bosadi. Oqim katta miqdorda piroklastik 
materiallarni oqizib chiqarib, zandrlar ko’rinishida Katla atrofiga yoyadi. 10-
asrdan boshlab 14 marta kuchli otilishlar kuzatilgan, ulardan so’nggilari 1918, 
1934 va 1955-yillarda bo’lgan. 
Etna
— Sitsiliya orolining shimoli-sharqiy qismidagi harakatdagi vulqon
Italiyada joylashgan. Etna yunoncha so’z bo’lib “alangalamoq” degan ma’noni 


47 
anglatadi. Balandligi 3340 m bo’lib, Yevropada eng baland vulqon. Shakli yassi 
konussimon. Yon bag`rida juda ko’p mayda krateri, bazalt va andezitli lava 
oqimlari hamda qalin vulqon kuli qatlami bor. Etna faol vulqon. 1669-yilda kuchli, 
1983-yilda so’nggi bor otilgan. 800—900 m balandlikkacha bog` va tokzor hamda 
dalalardan, undan yuqorisi butazor va o’rmonlardan iborat. Turizm rivojlangan. 
Osiyoda joylashgan mashhur vulqonlarga quyidagilar kiradi: 

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə