Microsoft Word Вулқонлар Айбуллаева Ситора



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/28
tarix19.12.2023
ölçüsü1,46 Mb.
#153673
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 



KIRISH 
Mamlakatimizning kelajakdagi taqdiri, shubhasiz har tomonlama kamol 
topgan iqtidorli yoshlarimizning bilim saviyasiga, hayotning ulug`vor 
yo’nalishlaridagi faolligiga bog`liq. Hozirgi davrda Oliy va o’rta maxsus ta’lim 
vazirligi tomonidan xalqimizni nurli va istiqbolli yo’lga boshqaradigan uddaburon, 
zukko yoshlarni tarbiyalashga va yetuk mutaxassislar tayyorlashga katta e’tibor 
berilmoqda.
O’zbekistonda joriy etilayotgan ta’lim tizimi bo’yicha islohotlar yoshlarda 
mustaqil fikrlash qobiliyatini tarbiyalashda, bevosita yoshlarimizning tafakkuri, 
ongi, ruhiyatini o’zgartirishga qaratilgan. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev 
rahbarligida 2019 yilning 19 martida yoshlar bilan ishlashni samarali tashkil 
etishda madaniyat, san’at, sport, axborot texnologiyalari, kitob o’qishga qiziqishni
oshirish bo’yicha 5 ta tashabbus doirasida kitobxonlikning targ`ib qilinishi ham 
katta ahamiyatga ega.
Men bo’lg`usi geografiya fani o’qituvchisi sifatida kitobxonlik faqat badiiy 
kitoblarni o’qish emas, balki har bir o’qituvchining o’z mutaxassisligi bo’yicha 
chuqur izlanishi deb bilaman. Shu sababli men geograf sifatida ona sayyoramizni 
chuqurroq anglashga, uni bilishga harakat qilaman. Ayniqsa Yerning ichki va 
tashqi qismida sodir bo’ladigan turli geodinamik jarayonlar hamda hodisalar, 
paleogeografik o’zgarishlar meni qiziqtirib keladi. Shu ning uchun bitiruv 
malakaviy ishimda endogen jarayon hisoblangan vulqonlarni, ularning paydo 
bo’lishi va rivojlanishi, oqibati va ahamiyatini o’rganishga jazm qildim. Ular hosil 
qilgan relyef shakllari, umuman ichki va tashqi kuchlarning o’zaro munosabatini 
chuqur anglash mening kelajakdagi pedagogik faoliyatimda katta yordam berishiga 
ishonaman.

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə