Microsoft Word Вулқонлар Айбуллаева Ситора


 Vulqonlarning morfologik elementlari



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/28
tarix19.12.2023
ölçüsü1,46 Mb.
#153673
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   28
1.2 Vulqonlarning morfologik elementlari 
 
Vulqon otilishidan hosil bo`lgan shakllar xilma-xildir. Masalan, maar 
tipidagi vulqon kraterining atrofi tuf yoki vulqon kulidan iborat bo`ladi. Vulqon 
kraterining diametri 250 m dan 1 km gacha bo`lib, uning shakli voronkaga 
o`xshash, krateri ko`pincha suv bilan to`lib ko`l hosil bo`ladi. 
Lava chiquvchi kanallar ikki xil: markaziy va yoriqdan chiquvchi 
vulqonlarga bo`linadi. Magma o’chog`i yerning yuqori mantiya qismida 50—70 
km (Kamchatkadagi Klyuchi sopkasi, Gavayi orolilaridagi Kilauea) yoki Yer 
po’stida 5—6 km (Vezuviy) chuqurlikda bo’ladi.


20 
Markaziy vulqonlar doimo bir kanaldan otilib turadi. Ular konus shaklida 
bo`lib, atrofi 30—40° li qiyalik bo`ladi. Vulqon mahsulotlari chiqadigan kanal 
jerlo, uning og`zi krater
deb ataladi Ikkinchi xil vulqonlar asosan tektonik 
yoriqlarga joylashgan bo`lib, ko`pincha lava yoriqlarning hamma yeridan oqib 
chiqib turadi. Vulqon apparati ochilib qolgan yoriq shaklida bo`ladi. Masalan, 
Islandiyadagi Laki yorig`ining uzunligi 30 km bo`lib, undan 1783-yilda 12,5 km
3
lava oqib chiqqan. 
Yoriqlardan chiqadigan asosli magma, bazalt mahsulotlari suyuq bo`lib yer 
betiga bir tekisda quyulib, bora-bora qalqonsimon shaklni oladi. 
Ba’zan vulqon apparatlarining yon tomonlarida yoriqlar paydo bo`lib, u 
yerdan ham vulqon mahsuloti chiqa boshlaydi. Bu xildagi vulqon parazit vulqon 
deb ataladi. 
Vulqonlar ko’pincha konus shaklida bo’ladi. Chunki vulqon birinchi 
otilgandan so’ng uning og`zi tevaragida vulqon ichidan chiqqan qattiq va suyuq 
jinslar hamda lava konus shaklida qotib to’planadi. O’sha vulqon konusining 
tepasidagi chuqur krater deyiladi. Krater grekcha so’z bo’lib, “tovoq, chuqur 
qozon” degan ma’noni anglatadi. Kraterdan erigan qaynoq jinslar lavalar 
(italyancha erigan massa) otilib chiqadi.
Krater yunonchada krater — “katta kosa” degan ma’noni ham anglatadi. 
Krater tog`orasimon yoki voronka ko’rinishida hosil bo’lgan botiq, chuqurlik. 
Kraterning diametri ko’pincha 2—2,5 km dan oshmaydi. Chuqurligi bir necha m 
dan yuz m gacha bo’ladi. Krater vulqon otilishidan tashqari samodan kelgan 
meteoritning yer yuziga urilishidan va kuchli sun’iy portlashdan ham hosil bo’ladi. 
Vulqon kraterlari, odatda, vulqon cho’qqisida yoki yon bag`rida joylashadi. Krater 
tubida bitta yoki bir necha vulqon bo’g`zi bo’ladi. Ular orqali magmatik 
o’choqlardan ko’tarilgan lava va boshqa vulqon mahsulotlari chiqish kanali orqali 
yer yuzasiga otilib chiqadi. Ba’zan krater tubi lava ko’li yoki yangi hosil bo’lgan 
vulqon konusi bilan band bo’ladi.
Vulqon konuslari va kraterlarining kattaligi har xil bo’ladi. Agar vulqon 
konusi baland bo`lsa, krater katta, aksincha, konus bo`lsa, krater kichik bo`ladi.


21 

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə