Microsoft Word Вулқонлар Айбуллаева Ситора



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/28
tarix19.12.2023
ölçüsü1,46 Mb.
#153673
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
amaliy ahamiyati
shundaki, unda keltirilgan 
ma’lumotlardan umumta’lim maktablarida geografiya fanini o’qitishda hamda oliy 
ta’limda geografiya, umumiy tabiiy geografiya, geologiya, geomorfologiya, 
geofizika, geokimyo fanlarini o’qitishda qo’shimcha manba sifatida foydalanish 
mumkin.



Bitiruv malakaviy ish
 
kirish, 2 bob, 5 qism, xulosa va takliflar, 
foydalanilgan adabiyotlar hamda ilovalardan iborat.
Mening kelajagim o’qituvchilik kasbi bilan bog’liq ekanligini hisobga olib 
bitiruv malakaviy ishni bajarish asnosida adabiyotlar bilan ishlash, o’rganilgan 
bilim bo’yicha xulosa chiqarish, nazariy bilimlarning amaliy ahamiyatiga baho 
berishni o`rgandim. Bu ishda yaqindan ko`mak bergan, 4 yil o`zlarining bilim 
va tarbiyalarini bizdan ayamagan kafedradagi barcha zahmatkash ustozlarimga
o`z minnardorchiligimni bildiraman. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 



I BOB. EFFUZIV MAGMATIZM JARAYONI 
1.1 Vulkanizm jarayoni va uning mahsulotlari 
Endogen kuchlar bilan bog`liq bo’lgan geologik jarayolardan bevosita
tekshirish mumkin bo`lgan geologik harakatlar bu effuziv magmatizm ya’ni
vulkanizmdir. Tektonik harakatlar, zilzila, intruzif magmatizm va metamorfizm 
jarayonlarini bevosita kuzatish va tekshirish imkoniyati ancha past hisoblanadi. 
Yer po`sti va yuzasida magma harakati bilan bog`liq bo`lgan jarayonlar 
yig`indisiga fanda vulkanizm jarayoni deyiladi. 
Effuziv so’zi grekcha so’z bo’lib “chiqib quyilgan” degan ma’noni 
anglatadi. Shuning uchun ayrim vulqonshunos olimlar vulkanizm degan termindan 
ko’ra effuziv magmatizm deyishni ma’qul ko’radilar.
Vulkanizm — magmaning yer qa’ridan yer yuzasiga otilib chiqishi bilan 
bog`liq bo’lgan hodisalar majmui. Vulkanizm natijasida harakatga kelgan magma 
Yer po’stida qotgach, intruziv jinslarni va yer yuzasiga otilib chiqib vulqon 
jinslarini hosil qiladi. Vulkanizm jarayonlari Yer po’stining chuqur qismlarida 
bo’lganda magma o’choqlari va kanallari hosil bo’ladi, ularning atrofidagi tog` 
jinslari yuqori harorat va magmaning ta’sir etishidan o’zgaradi. Yer yuzasida 
vulqon konuslari, vulqon gumbazlari, kalderalar, lava oqimlari, pemzali qoplamlar, 
geyzerlar, issiq buloqlar hosil bo’ladi. Turli xil vulkanizm jarayonlari sodir bo’lishi 
natijasida Yer po’stidagi tog` jinslarining hajmi har yili 5 km 
3
ga ko’payadi.
Vulkanizm jarayonida atmosferaga ko’p vulqon gazlari, suv bug`lari ajralib 
chiqadi va yerning gaz hamda gidrosfera qobig`ini hosil qiladi. Vulkanizm bilan 
ko’pgina yirik metall (oltin, kumush, surma, margimush va boshqa rudalar) va 
nometall (oltingugurt, alunit, boratlar, qurilish materiallari va boshqalar) hamda 
qimmatbaho toshlar konlari bog`liq, jumladan O’zbekistonda Qurama tizmasidagi 
alunit konlari vulkanizm jarayoni bilan bog`liqdir. 
Vulqonlarning vujudga kelish jarayonlari va sabablari, tuzilishi va otilib 
chiqqan jinslar tarkibi, yer yuzida joylanish qonuniyatlarini o’rganish muhim. 
Vulkanizm kuchli planetar jarayon; vulqonlar, kalderalar, lava oqimlari va 
maydonlari Oy, Mars, Merkuriy va Yupiter yo’ldoshi Ioda aniqlangan. 



Vulkanizm jarayonida magma yer betiga va litosferaning ichki qismlariga 
qolib ketadi.
Vulkanizmni yer yuzasidagi ko`rinishi vulqonlardir. Bu 
jarayonni odamlar ibtidoiy jamoa tuzumi davridan boshlab kuzatib keladilar. 
O`tmishda vulqon otilib turadigan o`lkalarda yashovchi kishilar bu tabiiy harakatni 
ilohiy kuchga bog`lab kelganlar. Masalan, qadimgi rimliklar otilib chiqayotgan 
vulqonni ko`rib, uni olov xudosi Vulkano (Vulqon lotincha “vulkanos”- olov 
xudosi degan ma’noni anglatadi.) harakatlari bilan bog`laganlar. Qadimgi Rim 
mifologiyasida Vulkano olov, yong`in, o’choq xudosi hamda olov bilan bog`liq 
bo’lgan kasb-hunarlar homiysi hisoblangan. Vulqon atamasining kelib chiqishi 
O`rta dengizdagi orolning nomi bilan ham bog`lashadi. Yunon mifologiyasidagi 
olov va temirchilik san’ati xudosi Gefestga to’g`ri keladi. Ko’p tillarda tarqalgan 
«vulqon» (vulqon) so’zi shundan kelib chiqqan. 
Darhaqiqat, tabiatda bo`ladigan dahshatli harakatlar ichida eng qo`rqinchlisi 
vulqon otilishidir. Vulqon harakatidan yer po`stida kuchli o`zgarishlar ro`y beradi. 
Vulqonlar Yer po’stidagi yoriqlar, kanallar orqali lava, issiq gaz, suv 
bug`lari va jins bo’laklarini chiqarib turadigan geologik tuzilma. Vulqonlar 
markazida asosiy vulqon kanali joylashgan bo’lib, yuqori mantiyadagi magma 
havzasidan (magma o’chog`i) magma va boshqa vulqon jinslari shu kanal orqali 
ko’tariladi. Vulqon kanalining yuqori qismi vulqon bo’g`zi, kanalning 
voronkasimon teshigi krater deb ataladi. Vulqonning otilishi, lavaning qotishi 
jarayonida bug` va vulqon suvlari ajralib chiqadi. Vulqon otilishi qisqa, davriy va 
uzoq, davom etishi, ba’zilari butunlay so’nib qolishi mumkin. Shunga ko’ra 
vulqonlar so’nmagan, so’ngan, tinchigan xillarga bo’linadi. Vulqonning 
ko’tarilgan kanallari shakliga qarab markaziy va yoriqlardan otiladigan xillarga 
bo’linadi. Markaziy vulqonda mahsulotlar markaziy kavakdan otilib chiqsa,
yoriqlardan otiladigan vulqonda ochilib qolgan yoriq yoki bir qancha unchalik 
katta bo’lmagan konuslardan lava chiqadi. 
So’nmagan vulqonga doim yoki davriy otiladigan, issiq gaz va suv chiqib 
turadigan vulqonlar hamda vulqon otilgani haqida tarixiy ma’lumotlar mavjud 
bo’lgan vulqonlar kiradi.



Tinchigan vulqon hozirgi paytda tinch holatda, ammo uning tubida suyuq 
magma o’chog`i bo’lib, vaqt o’tishi bilan u faollashishi mumkin.
So’ngan vulqonga kuchli yemirilgan va yuvilgan, butunlay harakatdan 
to’xtagan vulqon kiradi. 
Vulkanizm umuman olganda magmatizm jarayonining bir qismi bo`lib, 
bunda yer yuzasiga vulqon mahsulotlari otilib chiqadi. Magmatizm jarayonining 
o’zi intruzif va effuziv jarayonlardan iborat.
Vulqonlarni vulkanologiya fani o’rganadi. Vulkanologiya — dinamik 
geologiyaning bo’limlaridan biri. Vulqonlarning vujudga kelish jarayonlari va 
sabablari, tuzilishi va otilib chiqqan jinslar tarkibi, yer yuzida joylanish 
qonuniyatlarini o’rganadi. Vulkanologiyaning amaliy maqsadi vulqon otilishini 
oldindan aytish metodlarini ishlab chiqish, vulqon jinslari (issiq suv, bug` va h.k.) 
dan xo’jalikda foydalanishdan iborat. 
Vulkanologiyaga oid dastlabki ma’lumotlar mil. av. 1-ming yillik o’rtalariga 
to’g`ri keladi. 1842 yilda Vezuviy vulqoni yonbag`rida maxsus ilmiy muassasa — 
vulkanologik rasadxona tashkil qilindi. Vulkanologiya boshqa fanlar, jumladan 
geologiya, geotektonika, geofizika, fizika, kimyo, petrologiya va geokimyo fanlari 
bilan uzviy bog`liq. Shu bilimlar yutuqlaridan foydalanib vulkanologiya geologiya 
fanlarining nazariy masalalarini ya’ni vulqon energiyasining manbalari, magma 
evolyutsiyasi sharoitlari, Yer po’stida chuqur va magma o’choqlarining 
joylashishi, vulkanizmning Yer po’stini hosil bo’lishidagi rolini hal etishda ishtirok 
etadi.
Vulkanologiyaning 
paleovulkanologiya 
sohasi 
qadimgi 
vulqonlarni 
o’rganadi. Vulkanologiya sohasidagi ilmiy tadqiqotlar MDH mamlakatlaridan 
Rossiyada 
Petropavlovsk-Kamchatsk 
vulkanologiya 
instituti, 
Saxalin 
vulkanologiya laboratoriyasida, Armaniston, Gruziya ilmiy tadqiqot institutlarida 
bajarilmoqda. Rossiya Fanlar Akademiyasining 1935 yilda tashkil qilingan 
“Kamchatka vulkanologiya stanstiyasi” dunyoda eng yirik tadqiqot markazlaridan 
biridir.



XVIII asrda vulqonlarni tekshirish ishi bilan S. P. Krashennikov, N. I. 
Bogdanovich va V.I. Komarovlar shug`ullanganlar.
Akademik A.N. Zavariskiy 1931 yildan Kamchatkadagi Avachi vulqonini 
tekshira boshladi. Klyuchi Sopkasi yaqinidagi vulkanologiya stansiyasi Yu.S. 
Levinson-Lessing tashabbusi bilan tashkil qilingan. Stansiyaning ilmiy xodimlari 
V.I.Vlodoves, A.A. Menyaylov, S.I. Nabako, B.I. Piip, V.F. Popkov va boshqalar 
qimmatli materiallar to’pladilar. Ular vulqon harakatlanib turgan vaqtda kraterga 
yaqin kelib, uning issiqligi va undan chiqqan mahsulotlarning fizik va kimyoviy 
xususiyatlarini tekshirdilar.
Kurill orollaridagi vulqonlar G.V.Korsunskiy va V.I.Vlodoves tomonidan 
tekshirilgan. 
Vulkanologiyani rus olimlaridan Yu.S. Levinson-Lessing, A. N. Zavaristkiy, 
amerikalik Makdonald, franstiyalik G. Taziev, shveystariyalik Ritman va boshqa 
olimlar 
rivojlantirdilar. 
Vulkanologiya 
sohasidagi 
ma’lumotlar 
jahonda 
vulkanologiya va seysmologiyaga tegishli jurnallarda nashr etiladi. Bu sohadagi 
tadqiqotlarni Vulkanologiya va Yer qa’ri kimyosi Xalqaro assotsiatsiyasi 1967 
yildan buyon muvofiqlashtirib turadi. Ushbu tashkilot rahnamoligida dunyo 
vulqonlari xaritasi nashr qilingan. 
Shu bilan birga paleovulkanologiya (paleo... va vulkanologiya) fani o’tmish 
geologik davrlar vulkanik jarayonlarini o’rganadigan geologiyaning tarmog`i 
hisoblanadi. Qadimgi vulqonlar hosil qilgan qurilmalar (lava, piroklast), ularni 
tarkibi va joylashish qonuniyatlarini o’rganadi. Qadimgi vulqonlar haqida 
ma’lumot antik davr olimlaridan Pifagor, Strabon va o’rta asrlarda Majioli, Guk va 
boshqalarning asarlarida uchraydi. Qadimgi vulqonlarning tuzilishini o’rganishda 
strukturaviy, fatsial tahlil usullari qo’llaniladi. Qadimgi vulkanik jinslar tarkibi 
zamonaviy optik, kimyoviy va boshqa usullar yordamida aniqlanadi. 
Paleovulkanologik izlanishlar ko’p amaliy muammolarni hal qilishda muhim omil 
bo’ladi, masalan, mis, oltin, kumush va boshqa foydali qazilmalarni izlashda 
muhim o’rin tutadi.
Vulqon mahsulotlari gazsimon (vulqon gazlari), suyuq (lava) va qattiq 


10 
(vulkanik tog` jinslari) bo’ladi. Vulqonda suv va gaz ta’siridan magmatik yoki 
atrofdagi cho’kindi, metamorfik jinslarda ruda hosil qiluvchi har xil elementlar va 
turli foydali qazilmalar hosil bo’ladi. Masalan, oltingugurt, alunit, temir, marganes, 
fosforit, kumush, qo’rg`oshin, pyx, simob, mis, qalay, olmos konlari, jumladan 
O’zbekistonning Chotqol, Qurama va g`arbiy qismidagi ba’zi bir konlar vulqonlar 
faoliyati natijasidadan paydo bo’lgan. Vulqon jinslaridan bino va inshootlar 
qurishda, issiq suvlari (geyzerlar) dan elektr energiya olishda, uylarni isitish va 
tibbiyotda ishlatiladi.
Vulqon otilishidan bir oz avval guldiragan ovoz eshitiladi, so’ngra krater 
yoriqlaridan gaz va bug` chiqa boshlaydi. Chiqqan gaz va bug`lar vulqon ustida 
qarag`ay daraxti shox-shabbasi shakliga o’xshab yuqoriga ko’tariladi. Gaz va 
bug`lar bilan birga, ko’p miqdorda har xil mayda qora chang - vulqon kuli ham 
chiqadi. So’ngra vulqon kuli asta-sekin atrofga suv bug`lari bilan aralashib 
yomg`ir kabi yog`adi.
Vulqon kulidan tashqari, no’xatdek va undan sal katta donalar vulqon qumi, 
yanada kattarog`i vulqon lapillasi, eng kattalari vulqon bombalari deb ataladi.
Vulqon
dan otilib yoki quyulib chiquvchi mahsulotlar fizik va kimyoviy
xossalariga qarab gazsimon holatda, qattiq holatda va suyuq holatda bo`ladi.

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə