Microsoft Word Вулқонлар Айбуллаева Ситора


-rasm. Vulqon konusining tuzilishi



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/28
tarix19.12.2023
ölçüsü1,46 Mb.
#153673
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   28
4-rasm. Vulqon konusining tuzilishi. 
Markaziy vulqon kraterlarining diametri ko`pincha 500—2000 m bo`lib, 
ba’zan 25—75 km gacha (Afrikada), chuqurligi esa bir necha 100 m ga boradi. 
Vulqon jarayoni Yer sharining ko`p joylarida, okean va dengizlarda 
uchraydi. Uning mahsulotlari yerning tarixiy rivojlanishida katta ahamiyatga ega. 
Vulqon harakatga kelishidan ilgari kuchli zilzila bo`lib, yer bir qancha 
vaqtgacha tebranib turadi. 
Yer sharidagi eng yirik vulqonlar: Afrikadagi Klimanjaro — 6010 m, 
Chimboraso (Ekvador) — 627 m, Popokatepetl (Meksika) — 5452 m, Klyuchi 
Sopkasi (Kamchatka) — 4850 m, Mauna-Loa (Gavayi orollari) — 4214 m (okean 
tagidan 10 ming m), Etna (O`rta dengiz) — 3263 m, Stromboli vulqoni (O`rta 
dengiz) — 900 m (dengiz tagidan 3200 m).


22 
Vulqon otilishidan hosil bo`lgan shakllar xilma-xildir. Masalan, maar 
tipidagi vulqon kraterining atrofi tuf yoki vulqon kulidan iborat bo`ladi. Vulqon 
kraterining diametri 250 m dan 1 km gacha bo`lib, uning shakli voronkaga 
o`xshash, krateri ko`pincha suv bilan to`lib ko`l hosil bo`ladi. 
1-jadval 
Vulqon relyefining genetik kategoriyasi
(Speridonov A. I. bo`yicha qisqartirib olingan)
Relyefning 
asosiy 
genetik 
kategoriyasi 
Relyefni hosil 
qiluvchi sabab 
Relyefni genetik va morfologik xillari 
Faqat vulqon 
harakatidan 
Effuziv
harakatidan 
Massaning siqilib 
chiqishidan 
Otilib chiqishidan 
Nordon lavadan: tikroq yonbag`ir, lava konusi 
Asosiy lavadan: yotiq yonbag`irlar,
lava qoplagan platolar, qalqonsimon shakllar 
Otilib chiqqan mahsulotlaridan:
qiya yonbag`irlar, konus shakllari 
Quyuq lavadan siqilib chiqib: 
liparitli, andezitli, datsitli do`ng, qabariqlar 
Kraterlar, maar, kalderlara. 
Balchiq 
vulqonlar 
Quyilib va otilib 
chiqishidan 
Do`ng, adir, sopka (cho`qqi) 
Geyzerlar 
Tommalar 
Travirtinali, geyzeritli, do`nglar 
va vulqon terrasalari 
Yoriqlardan chiquvchi vulqonlar odatda ma’lum bir markaziy kanaldan 
otilib chiqmay, balki bir necha 100 m cho`zilgan va chuqur yer yoriqlaridan otilib 
chiqadi. Ulardan otilib chiqqan suyuq bazalt lava konus shaklini hosil qilmay
ko`pincha qalqonsimon qoplam hosil qiladi. Yer tarixida eng ko`p maydonni 


23 
egallagan bazaltli vulqonlar Hindistonda, AQShning Vashington va Oreon 
shtatlarida joylashgan, ular miotsen davrida vujudga kelgan. Oreon shtatidagi 
bazalt lavasi qalinligi 1000—1500 m ga yetadi va maydoni 500 km

dir. 
Hindistonda bazalt lavalari 6,5 mln km. kv. maydonni qoplab olgan, ularning 
qalinligi 3 ming km ga yaqin.
Yoriqlardan chiqadigan asosli magma, bazalt mahsulotlari suyuq bo’lib yer 
betiga bir tekisda quyulib, bora-bora qalqonsimon shaklni oladi. Ba`zan vulqon 
apparatlarining yon tomonlaridan yoriqlar paydo bo’ladi, u yerdan ham vulqon 
mahsulot chiqa boshlaydi. Bu xildagi vulqon parazit vulqon deb ataladi. Markaziy 
vulqon kraterlarining diametri ko’pincha 500—2000 m bo’lib, ba`zan 25—75 km 
gacha (Afrikada), chuqurligi esa bir necha 100 m ga boradi. Vulqon jarayoni Yer 
sharining ko’p joylarida, okean va dengizlarda uchraydi. Uning mahsulotlari 
yerning tarixiy rivojlanishida katta ahamiyatga ega. 
Yer yoriqlaridan chiquvchi asosli bazalt lava hozirgi vaqtda orollarda, yarim 
orollarda va okean tagida ko`p uchraydi. Masalan, Grenlandiya, Islandiya 
orollarida hozir ham yer yoriqlaridan lava quyilib turadi. Bazalt lavasi Atlantika, 
Hind va Tinch okeanlar tagida ham otilib turadi. 
Vulqon otilishdan hosil bo’lgan shakllar xilma-xildir. Masalan: Maar 
tipidagi vulqon kraterining atrofi tuf yoki vulqon kulidan iborat bo’ladi. Vulqon 
kraterining diametri 250 m dan 1 km gacha bo’lib, uning shakli voronkaga 
o’xshash

krateri ko’pincha suv bilan to’lib ko’l hosil qiladi.
Gaz va bug’ning juda ko’p to’planib qolishi natijasida ba`zan kuchli portlash 
yuz berib, vulqon tepasida katta botiqlik —
kaldera
lar vujudga kelishi mumkin. 
Ular aylana shaklda bo’lib, chetlari tik, ichki devorlari vertikal bo’lishi mumkin. 
Ularning o’rtasida keyin paydo bo’lgan yosh konuslar bo’lishi mumkin. 
Kalderalarning diametri 10— 15 km gacha va undan ham ko’proq bo’lishi 
mumkin, keyinchalik kalderalar katta ko’lga aylanadi. 


24 

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə