Microsoft Word Вулқонлар Айбуллаева Ситора


Vulqonning qattiq mahsulotlarini



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/28
tarix19.12.2023
ölçüsü1,46 Mb.
#153673
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
Vulqonning qattiq mahsulotlarini 
vulqon jinslari va vulqon chaqiq 
jinslari qattiq mahsulotlarni tashkil etadi. Bunday jinslarga quyidagilar kiradi: 
1) Vulqondan chiqqan shisha zarrachalari — tuffitlar; Vulqon chiqarib 
tashlagan mahsulotlar (pemza, lapilla, bomba, kul, qum, shag`al) cho`kindi jinslar 
bilan birga aralashib tuffit deb ataladigan tog` jinslarini hosil qilgan. 
Vulkanik tuflar vulqon otilish jarayonida qattiq jinslardan hosil bo’ladi, 
ularning tarkibi liparit, dastit, andezit va bazaltdan iborat. Tuflar qimmatbaho 
qurilish materiali bo’lib, betonga qo’shimcha sifatida ishlatiladi. 
Vulqon shishasi - amorf vulqon tog` jinsi bo’lib yopishqoq nordon lavani tez 
sovishidan hosil bo’ladi. Nordon (liparit), ba’zan asosli (bazalt) effuziv jinslarining 
hammasi vulqon shishasidan tashkil topgan bo’lishi mumkin. Obsidian, smola toshi, 


14 
perlit, pemza, taxilit va sordavalitlar vulqon shishasidan iborat bo’lib, faqat ayrim 
xususiyatlariga qarab bir-biridan farqlanadi. Ko’p suvli vulqon shishasi lavaning 
dengiz ostida qotishidan hosil bo’ladi. O’zbekistonda Chotqol-Qurama (G`ovasoy) 
tizmalaridagi vulqon jinslarida vulqon shishasi uchraydi. 
Serg`ovak vulqon shishasi pemza deb ataladi. Pemza lotincha “pumex” — 
g`ovak degan ma’noni anglatadi. Nordon vulqon shishasinnng serg`ovak 
(g`ovakligi 60—70%dan baland) turi. Tarkibida ko’pincha boshqa turli kristalli 
donachalar (plagioklaz, kvarst, piroksen) qo’shilgan bo’ladi. Strukturasi kichik va 
katta g`ovaklilarga, teksturasi esa tolali, uyali, ko’pikli, qavariqlilarga ajratiladi. FeO 
va Fe
2
O
3
miqdoriga qarab rangi oq va zangoridan sariq, to’q qizil, qoragacha 
o’zgaruvchan bo’ladi. Qattiqligi 5—6,5, zichligi 2000—2300 kg/m3, hajmiy 
og`irligi 400—900 kg/m3. Kimyoviy jihatdan inert, o’tga chidamli, 1300— 1400° 
haroratda yumshaydi. Pemza yog`och, tosh va metallarga abraziv ishlov berishda, 
kimyo sanoatida filtr va katalizatorlar tayyorlashda, neftni qayta ishlash sanoatida, 
nitroglisterinli portlovchi moddalar sezgirligini oshirish uchun qo’shimcha sifatida, 
shisha va yaltiroq bo’yoqlar ishlab chiqarishda qo’llaniladi. Pemza qurilish 
sanoatida ham ishlatiladi.
2) mayda qumlar — vulqon tuflari; 
3) yong`oqdek keladigan shag`al va lapillalar, vulqon brekchiyasi;
Agar lava ichida vulqon bombalari va qirrali jinslar ko`p bo`lsa, ular vulqon 
brekchiyasi deb ataladi. 
Lapilla lotincha “lapilus” so’zidan olingan bo’lib “toshchalar” ma’nosini 
anglatadi. Italyanchada “mayda tosh” degani. Lapilla mayda yumaloq yoki 
noto’g`ri shaklli lava bo’laklari. Vulqon otilgan vaqtda vulqon bombalari va kuli 
bilan birga chiqadi. O’lchami no’xat kattaligidan yong`oq kattaligigacha bo’ladi. 
Otilayotgan lavaning havoda qotgan mayda bo’laklaridan yoki avvalgi vulqon 
jinslaridan iborat. Lapillaning katta massalari vulqonning qiya yonbag`rida tekis 
baxmalsimon yuza hosil qiladi. 
4) vulqon shag`allari — vulqon konglomerati; 
5) vulqon bombalari (Bomba shakliga o`xshash, ichida gaz va begona jins 


15 
bo`lagi bo`lgan, qotgan lava.).
Vulqon bombasi
 
– vulqondan plastik yoki suyuq holatda otilib chiqib, 
havoda uchib ketayotgan paytda turli shakllarda (noksimon, duksimon, 
tuxumsimon, sharsimon, lentasimon) qotgan lava parchasi. uzunligi bir necha sm 
dan 5—7 m gacha bo’ladi. Vulqon bombasi maydalanib vulqon qumlari yoki 
kukunlariga aylanadi. O’zbekistonda Tomdi, Qurama, Chotqol tog`larida paleozoy 
erasining silur, devon davridagi vulqon tog` jinslarida kattaligi 15 sm dan 1,5 m 
gacha vulqon bombasi uchraydi. 
Ma’lumotlarga qaraganda, Tamboro vulqonidan 1815 yilda 150 km
3

Markaziy Amerikada Koseguina vulqonidan 1835 yilda 50 km
3
, Krakatau 
vulqonidan 1883 yilda 50 km
3
, Taravera vulqonidan (Yangi Zelandiyada) 1886 
yilda 1,5 km
3
chaqiq jinslar otilib chiqib krater atrofiga to`plangan. Vulqon 
krateridan otilib chiqadigan jinslar har xil masofagacha boradi. Yirik jinslar 
kraterdan 500 m dan 10—20 km gacha, qum 200—300 km gacha, kul va chang 
600—700 km va undan ham uzoqqa borib tushishi mumkin.

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə