«mikroiqtisodiyot»


Ishlab chiqarish imkoniyatlari chizigi



Yüklə 2,01 Mb.
səhifə4/58
tarix22.03.2024
ölçüsü2,01 Mb.
#182349
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58
«mikroiqtisodiyot»

Ishlab chiqarish imkoniyatlari chizigi – mavjud bo'lgan ishlab chiqarish resurslaridan to’liq va samarali foydalanish orqali ishlab chiqariladigan tovarlar kombinatsiyasini ifodalovchi chiziq.
Iqtisodiy osish - ishlab chiqarishda foydalaniladigan resurslar miqdorini oshirish yoki texnologiyani takomillashtirish orqali jamiyatning ishlab chiqarish imkoniyatlarini kengaytirish.
Firma– jismoniy yoki yuridik shaxs sifatida mahsulot ishlab chiqarish va sotish bilan shuullanuvchi iqtisodiy sub’yekt.
Institutlar – iqtisodiy sub’yektlar harakatini cheklovchi, ularning o'zaro munosabatlarini tartibga soluvchi me’yorlar, qoidalar hamda ushbu me’yor va qoidalarni bajarilishini nazorat qilish mexanizmlari.
Narx – bir birlik tovarni sotib olish uchun to’lanadigan pul miqdori.
Mavzuga doir masalalar.


1. Hindistonlik bir muhojir ish yuzasidan Fransiyaga bormoqchi. Hindistondan Fransiyaga samolyot va poyezd reyslari har kuni mavjuddir. Fransiyagacha bo'lgan masofani samolyot 8 soatda, poyezd esa 9 kunda bosib o'tadi. Agar Hindistonlik samolyotda borishni ihtiyor etsa parvoz vaqti uning ish vaqtiga to'g'ri kelganligi bois, bir ish kunidan mahrum bo'ladi. Poyezdda boradigan bo'lsa, muhojirning ish kuni dushanbadan jumagacha ekanligini inobatga olsak, u har bir ish kuni uchun 50 ming som pul mablaini olishdan mahrum boladi. Agar, samolyot chiptasi 900 ming som, poyezd chiptasi esa 500 ming som bolsa, muhojir uchun maqbul variant aniqlansin.


Yechimi:
Muhojir Fransiyaga samolyotda borishni ihtiyor etsa kamida 900 ming som pul mablai sarflaydi. Agar u poyezdni tanlasa 9 kunlik safari davomida ko'pi bilan 7 kun ishlashini inobatga olsak, poyezdda ketish unga ko'pi bilan 500+7×50=850 ming somga aylanadi. Bundan ko'rish mumkinki, muhojir uchun poyezdda ketish eng maqbul variantdir.
Javob: Poyezdda ketish.


2. Robinzon kimsasiz orolda istiqomat qiladi. Kun davomida u kokos va baliq ovi bilan shuullanib hayot kechiradi. Agar Robinzon bir soatlik vaqtini kokos terimiga sarflasa 10 ta kokos yonoi yoki xuddi shu vaqt oraliida 5 kg baliq ovlashi mumkin. Robinzon bir kunda 8 soat mehnat qilishini inobatga olsak, Robinzonning bir kunlik ishlab chiqarish imkoniyatlari chizig'i grafikda aks ettirilsin va ishlab chiqarish imkoniyatlari chizig'i formulasi aniqlansin.


Y echimi:
Mahsulot ishlab chiqarish variantlarini aniqlaymiz: Robinzon 8 soat davomida kokos yonoi terimi bilan mashul bo'lsa u holda 80 ta kokos tera oladi, lekin baliq ovlay olmaydi. Agar u 8 soatning bir soatini baliq ovlashga sarflasa 70 ta kokos yonoi va 5 kg baliq ovlaydi. Robinzonning bir kunlik ishlab chiqarish variantlari quyidagi jadvalda keltirilgan:





Yüklə 2,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə