Mikroiqtisodiyot



Yüklə 71,63 Kb.
səhifə11/17
tarix23.06.2023
ölçüsü71,63 Kb.
#118703
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17
Mikroiqtisodiyot” fani

Jamg’arish grafigi
Jamg’arish grafigi ixtiyordagi daromad bilan jamg’arish o’rtasidagi bog’liqlikni ifodalaydi. Vertikal o’qdagi har bir nuqta jamg’arma miqdorini bildiradi va ixtiyordagi daromad bilan unga muvofiq keladigan iste’mol hajmi o’rtasidagi farq sifatida aniqlanadi (S= Yd - C). Boshlang’ich daromad darajasida jamg’arish nolga (0) teng bo’lgan holda ixtiyordagi daromad hajmi o’sib borishi bilan uning miqdori ham oshib boradi. Jamg’arish grafigi iste’mol grafigiga o’xshab algebraik ifodaga ega: S=-a+(1-b) Yd, bunda a – ixtiyordagi daromad darajasi uning boshlang’ich miqdoridan past bo’lgandagi qarz hajmi, (1-b) – og’ish burchagi bo’lib, jamg’arishni o’zgarishini (vertikal o’zgarish) daromadning o’zgarishiga (gorizontal o’zgarish) bo’lgan nisbati sifatida aniqlanadi.S S= -a + (1-b) Yd5 0
45.Investitsiya va uning iqtisodiyotdagi o‘rni
Investitsiyalar – asosiy va aylanma kapitalni qayta tiklash va ko’paytirishga,ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirishga qilingan sarflarning pul shaklidagiko’rinishidir. U pul mablag’lari, bank kreditlari, aktsiya va boshqa qimmatliqog’ozlar ko’rinishida amalga oshiriladi. Pul mablag’lari ko’rinishidagiinvestitsiya nominal investitsiya, ana shu pul mablag’lariga sotib olish mumkinbo’lgan investitsion resurslar real investitsiya deyiladi. Investitsiyalarni ro’yobga chiqarish bo’yicha amaliy harakatlar – investitsionfaoliyat, investitsiyalarni amalga oshiruvchi shaxs – investor deyiladi.Investitsiyalarning manbalaridan biri bo’lib aholi keng qatlamlariningjamg’armalari hisoblanadi. Shuni ta’kidlash lozimki, amalda jamg’arma egasi vainvestor bir shaxsda namoyon bo’lishi va bo’lmasligi ham mumkin. Odatda,jamg’arma jamiyatdagi ko’pchilik sub’ektlar tomonidan amalga oshirilib, ulardaninvestitsiya sifatida foydalanish esa butunlay boshqa sub’ektlar tomonidan amalgaoshirilishi mumkin. Shuningdek, iqtisodiyotda faoliyat yurituvchi sanoat, qishloqxo’jalik va boshqa korxonalar jamg’armasi ham investitsiya manbai bo’libhisoblanadi. Bu o’rinda «jamg’aruvchi» va «investor» bir sub’ektdamujassamlashadi.Investitsiya faoliyati quyidagi manbalar hisobiga amalga oshirilishi mumkin:- investorlarning o’z moliyaviy resurslari (foyda, amortizatsiya ajratmalari,pul jamg’armalarivah.k.);- qarz olingan moliyaviy mablag’lar (obligatsiya zayomlari, bank kreditlari);- jalb qilingan moliyaviy mablag’lar (aktsiyalarni sotishdan olinganmablag’lar, jismoniy va huquqiy shaxslarning pay va boshqa to’lovlari);- davlat byudjeti mablag’lari;- chet elliklar mablag’lari.Investitsiyalarga sarflar darajasini ikkita asosiy omil belgilab beradi:1) investitsiya sarflaridan kutilayotgan foyda normasi;2) foiz stavkasi.
46. O`zbekistonga investitsiyalarni jalb qilish choralari
Yirik xorijiy kompaniya va firmalarning shu’ba korxonalari va filiallarini tashkil etish,Konsepsiya va lizing shartnomalarini tuzish,Tenderlar e’lon qilish,Erkin iqtisodiy hududlar tashkil etish,100% mol mulk xorijiy kompaniyalarga tegishli bo’lgan korxonalarni tashkil etish,Ulushi qo’shilib qatnashishi orqali qo’shma korxonalarni tashkil etish.Moliyaviy aktivlarni sotish yoki sotib olish imkoniyatini berish.Chizmada aks ettirilgan xorijiy investitsiyalarni jalb qilish shakllarini quyida alohida ko’rib chiqish maqsadga muvofiqdir.Qo’shma korxonalar tashkil etish orqali xorijiy investitsiyalarni jalb qilish keng tarqalgan shakllaridan biri hamkorlikda qo’shma korxonalarni tashkil etishdir. O’zbekiston Respublikasida qo’shma korxona deganda, nizom kapitalining kamida 30 % xorijiy investorlarga tegishli bo’lgan va xorijiy investor faqat yuridik shaxs bo’lgan, nizom kapitalining eng kam mikdori 150 ming AQSh dollariga teng bo’lgan ekvivalent summani tashkil etgan korxonalarga aytiladi. Xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxona nizom jamg’armasining 150 ming AQSh dollaridan kam bo’lmasligi sifatsiz mahsulotlarining oldi-sotdisi va ularni respublikaga import qilish ishlari bilan shug’ullanishga ixtisoslashgan kichik qo’shma korxonalarning keragidan ortiqcha kirib kelishining oldini olish maqsadida belgilangan.Xorijiy korxonalarni tashkil etish orqali chet el investitsiyalarini jalb qilish bugungi kunda kengayib bormoqda. O’zbekistonda xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar iqtisodiyotning turli sohalarida tashkil etilishi mumkin. Yirik xorijiy kompaniya va korxonalar o’z mol-mulklari bir qismini ajratib, shu’ba korxonalar ochishi mumkin. Bunday shu’ba korxonalarga ham qo’shma korxonalarga qo’yilgan talablar belgilangan.Ikki yoki uchdan ortiq davlat yoki korxonalar o’z kapitallarini jamlagan holda xalqaro tashkilotlar tashkil etishi mumkin.Kontsessiya shartnomalari - bu tabiiy boyliklarni, ayrim foydali qazilmalarni qazib olish va o’zlashtirish uchun tuzilgan shartnomalardir.Lizing shartnomasi chet el investitsiyalari ishtirokida asbob - uskunalarni, texnika - texnologiyalarni uzoq muddatga ijaraga olishdir.Tenderlar – bu tanlov asosida investorlarning investitsiya loyihalarini moliyalashtirishga jalb etilishidir
47. Bank tizimi.
Ssuda kapitalisti asosan o’z bo’sh mablag’ini karzga berib ssuda foizi sifatida daromadga ega bo’lsa, bankirlar asosan chetdan jalb qilingan mablag’larni kreditga berib foydaga ega buladi. Banklar korxona, tashkilot, davlat muassasalari, aholi bo’sh pul mablag’larini jalb qilish orqali katta hajmdagi mablag’ni jamlab uni xarakatini boshqaradi. Banklarni yiriklashuvi va ular faoliyatini takomillashuvi ularni maxsus korxonalar – kredit muassasalariga aylanishiga olib keldi.Bozor munosabatlari sharoitida banklar iqtisodiyotni samarali boshqarishning muhim subyekti hisoblanadi. Banklar bozor munosabatining boshqa subyektlaridan farq qilib pul bilan ishlovchi, vaqtincha bo’sh turgan pul mablag’larini yig’uvchi, uni unga ehtiyoj sezgan subyektlarga vaqtincha foydalanishga berib turuvchi va pul mablag’larini samarali ishlatish asosida o’z faoliyatini olib boruvchi muassasa hisoblanadi.Banklar bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiyotni xarakatga keltiruvchi subyekt hisoblanib moddiy ishlab chiqarishni tashkil qilish va olib borishda vositachi sifatida kapital aylanishining uzluksizligini ta’minlab jamiyatning ravnaq topishiga, iqtisodiyotning rivojlanishiga, jamiyat a’zolari farovonligiga zamin yaratadi.Bozor iqtisodiyoti sharoitida tovar-pul munosabatlarining keng miqyosda rivojlanishi banklar oldida yangidan-yangi operasiyalar bajarishga imkoniyat ochib beradi.Shuning uchun ham respublikamizda bozor iqtisodiyoti talablariga mos keluvchi zamonaviy bank tizimi yaratish zaruriyati tug’ildi.O’zbekiston Respublikasi «Bank siri to’g’risia»gi qonunning 3-moddasiga binoan quyidagilar bank siri hisoblanadi:- o’z mijozlarining (vakillarining) operasiyalari, hisob varaqlari, va omonatlariga doir ma’lumotlar;- bank o’z mijoziga (vakiliga) bank xizmatlari ko’rsatishi munosabati bilan mazkur mijoz (vakil) to’g’risida olgan ma’lumotlar;- mijozning (vakilning) bank seyflari va binolarida saqlab turilgan mol-mulki, uning xususiyati va qiymati haqidagi ma’lumotlar;mijoz (vakil) topshirigiga binoan yoki uning foydasini ko’zlab amalga oshirilgan banklararo operasiyalar va bitimlar to’g’risidagi ma’lumotlar; bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarning banklar o’rtasida muomilada bo’lishi natijasida ma’lum bo’lib qolgan boshqa bankning mijoziga (vakiliga) doir ma’lumotlar.

48. O`zbekiston Respublikasi bank tizimi


Markaziy bank raisi o‘rinbosari Abrorxo‘ja Turdaliyev O‘zbekiston bank tizimi holati haqida umumiy ma’lumot berib, uni rivojlantirishning istiqbolli bosqichlarini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, dollarlashuv darajasini pasaytirish maqsadida Moliya vazirligi huzurida xedj-fond tashkil etilmoqda, valyuta kreditlarini jalb qilishda esa «ehtiyotkorlik siyosati» olib boriladi. 2025 yilda bank sektoridagi hukumat ulushini 40 foizgacha kamaytirish rejalashtirilgan.O‘zbekiston Markaziy banki raisi o‘rinbosari Abrorxo‘ja Turdaliyev 26 noyabr kuni MDHga a’zo davlatlarning II Xalqaro moliya-bank forumida mamlakat bank tizimi haqidagi taqdimotini namoyish qildi. «Gazeta.uz» undagi asosiy fikrlarni keltirib o‘tadi.O‘zbekiston bank tizimida 33 ta bank, jumladan, 12 ta davlat ulushiga ega, shuningdek, 15 ta xususiy va 5 ta xorijiy banklar mavjud. 1 noyabr holatiga ko‘ra, banklar aktivlari 39 mlrd dollarni (419 trln so‘m) tashkil etib, ularning 82 foizi davlat banklariga tegishli. Banklarning majburiyatlari 33 mlrd dollarga (352,6 trln so‘m) yetdi, shundan 40 foizini depozitlar tashkil etadi.Banklarning umumiy kapitali 6,2 mlrd dollar (66 trln so‘m) darajasida bo‘lib, shundan 81 foizi davlat banklari kapitaliga to‘g‘ri keladi.


49. Pul kredit siyosati va uning instrumentlari



Yüklə 71,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə