Mikroiqtisodiyot



Yüklə 71,63 Kb.
səhifə8/17
tarix23.06.2023
ölçüsü71,63 Kb.
#118703
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17
Mikroiqtisodiyot” fani

Makroiqtisodiyot (makro... va iqtisodiyot) — bozor xoʻjaligi umumiy nazariyasining boʻlimi, mamlakat iqtisodiyoti, umuman milliy xoʻjalikka oid katta miqyosdagi iqtisodiy hodisalar va jarayonlarni oʻrganadi.
Ayni paytda M. mamlakat miqyosida oʻrtacha daromadlar, oʻrtacha ish haqi, inflyasiya darajasi, ishsizlik, bandlik, mehnat unumdorligi singari oʻrtacha iqtisodiy koʻrsatkichlarni hamda ularga davlatning iqtisodiy siyosati koʻrsatadigan taʼsirini oʻrganadi va tadqiq etadi. Makroiqtisodiy koʻrsatkichlar, bir tomondan, maʼlum vaqt oraligʻida ishlab chiqarish hajmini hisoblash va milliy iqtisodiyotning faoliyat yuritishiga bevosita taʼsir qiluvchi omillarni aniqlash imkonini bersa, ikkinchi tomondan, ular yalpi milliy mahsulot harakatining barcha bosqichlarida, yaʼni ishlab chiqarish, taqsimlash, qayta taqsimlash va foydalanish bosqichlarida uni koʻrgazmali shaklda aks ettirishga imkon beradi. Shuningdek, oʻsishning umumlashtiruvchi koʻrsatkichlari, mamlakat iqtisodiyotini tavsiflaydigan koʻrsatkichlarning pasayishi hamda ortishi surʼatlari va unda yuz berayotgan iktisodiy jarayonlar, tuzilmaviy proporsiyalar ham M. predmeti hisoblanadi.Birinchi maqsad iqtisodiy faoliyatning pirovard maqsadi aholini tovarlar va xizmatlar bilan ta'minlashdir. Yakuniy tovarlar va xizmatlarning bozor qiymatini ifodalovchi yalpi ichki mahsulot (YaIM) milliy ishlab chiqarishning umumiy ko'rsatkichidir.Makroiqtisodiy siyosatning ikkinchi maqsadi yuqori bandlik va past ishsizlikdir. Ishsizlik darajasi iqtisodiy tsikl davomida o'zgarib turadi. Tushkunlik davrida bozor kuchiga talab kamayadi va ishsizlik darajasi oshadi. Qayta tiklash davrida ish kuchiga talab ortadi va ishsizlik kamayadi. Biroq, barchaning munosib ishlashga bo'lgan ehtiyojini qondirish qiyin ishdir.Uchinchi makroiqtisodiy maqsad - erkin bozorlar mavjud bo'lganda narxlarning barqarorligi. Narxlar umumiy darajasining umumiy o'lchovi iste'mol tovarlari va xizmatlarning belgilangan "savati" ni sotib olish xarajatlarini hisobga oladigan iste'mol narxlari indeksidir.To'rtinchi maqsad ochiq iqtisodiyotga taalluqlidir va to'lovlar nol balansi bilan to'liq bandlik darajasida umumiy iqtisodiy muvozanatga erishishni anglatadi.

32. Daromadlar va xarajatlarning doiraviy aylanish modeli.


Har qanday iqtisodiy tizimda tovarlar va xizmatlarni takror ishlab chiqarish umumiy jarayonini resurslar, tovar va xizmatlar, daromadlar hamda xarajatlarning doiraviy oqimi modeli ko’rinishida tasavvur qilish mumkin. Bu sodda model makroiqtisodiy tahlil asosini tashkil etadi. Faqat xususiy mulkka tayangan ( ya’ni davlat ishtiroki mavjud bo’lmagan) yopiq iqtisodiyotda bunday doiraviy oqimi firmalar va uy xo’jaliklari o’rtasida amalga oshiriladi .Uy xo’jaliklari ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan barcha iqtisodiy resurslarni resurslar bozoriga yetkazib beradilar, korxonalar esa bu resurslarni sotib olib turli xil mahsulotlarga, xizmatlarga aylantiradilar, so’ngra esa ularni tayyor mahsulotlar va xizmatlar bozoriga yetkazib beradilar. Ayni paytda “resurslar - tovarlar va xizmatlar” oqimiga qarama qarshi yo’nalishda “daromadlar - xarajatlar”ning ham doiraviy oqimi amalga oshiriladi. YA’ni, uy xo’jaliklari o’zlari yetkazib bergan iqtisodiy resurslar evaziga daromad oladi hamda ularni tovarlar va xizmatlar iste’mol qilish uchun sarflaydilar yoki aksincha korxonalar resurslar uchun sarf-xarajatlar qiladilar hamda tayyor mahsulotlarni sotish evaziga daromad oladilar.Resurslar hamda tovarlar va xizmatlar oqimi jami taklifni, daromadlar va xarajatlar oqimi jami talabni ko’rsatadi. Davlat ishtiroki mavjud bo’lmagan yopiq iqtisodiyotda yalpi talab va yalpi taklifning o’zaro teng bo’lishifirmalarnining yalpi sotuvi, yoki yalpi ishlab chiqarishi hajmi uy xo’jaliklarining yalpi daromadlari, yoki yalpi daromadlariga teng bo’lishi shaklida namoyon bo’ladi.Bu ko’rsatkichlar o’rtasidagi tenglikning buzilishi ishlab chiqarishning pasayishi, inflyatsiya va ishsizlik darajalarining ko’tarilib ketishiga sabab bo’ladi. Davlat aralauvi mavjud bo’lgan iqtisodiyotda bu model ancha murakkab ko’rinish oladi.

33. Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar


.Makroiqtisodiyot — mamlakat (yoki uning bir qismi, tarmoqlar) iqtisodiyotini, inflatsiya, ishsizlik, budjet taqchilligi (defisiti), iqtisodiy o'sish, iqtisodiyotning davlat tomonidan boshqarilishi va shu kabfhjncddi umumiy jarayonlarni oʻrganuvchi fan. Makroiqtisodiyot YaIM, YaMM, yalpi talab, yalpi taklif, to'lov balansi, pul bozori, tovar bozori va mehnat bozori kabi tushunchalar bilan ishlaydi.Makroiqtisodiyot (makro... va iqtisodiyot) — bozor xoʻjaligi umumiy nazariyasining boʻlimi, mamlakat iqtisodiyoti, umuman milliy xoʻjalikka oid katta miqyosdagi iqtisodiy hodisalar va jarayonlarni oʻrganadi.Mamlakatning iqtisodiyoti holati va rivojlanishini ifolalovchi umumlashgan koʻrsatkichlar tizimi — milliy boylik, yalpi ichki mahsulot, yalpi milliy mahsulot, sof milliy mahsulot, milliy daromad, aholi daromadlari, davlat va xususiy investitsiyalar yigindisi, muomaladagi jami pul miqdori va sh k. jami xoʻjalik boʻyicha jamlanma, umumlashtiruvchi koʻrsatkichlar M. oʻrganadigan obʼyektlar hisoblanadi. Ayni paytda M. mamlakat miqyosida oʻrtacha daromadlar, oʻrtacha ish haqi, inflyasiya darajasi, ishsizlik, bandlik, mehnat unumdorligi singari oʻrtacha iqtisodiy koʻrsatkichlarni hamda ularga davlatning iqtisodiy siyosati koʻrsatadigan taʼsirini oʻrganadi va tadqiq etadi. Makroiqtisodiy koʻrsatkichlar, bir tomondan, maʼlum vaqt oraligʻida ishlab chiqarish hajmini hisoblash va milliy iqtisodiyotning faoliyat yuritishiga bevosita taʼsir qiluvchi omillarni aniqlash imkonini bersa, ikkinchi tomondan, ular yalpi milliy mahsulot harakatining barcha bosqichlarida, yaʼni ishlab chiqarish, taqsimlash, qayta taqsimlash va foydalanish bosqichlarida uni koʻrgazmali shaklda aks ettirishga imkon beradi. Shuningdek, oʻsishning umumlashtiruvchi koʻrsatkichlari, mamlakat iqtisodiyotini tavsiflaydigan koʻrsatkichlarning pasayishi hamda ortishi surʼatlari va unda yuz berayotgan iktisodiy jarayonlar, tuzilmaviy proporsiyalar ham M. predmeti hisoblanadi. Makroiktisodiy koʻrsatkichlar moddiy ishlab chiqarish va nomoddiy xizmat koʻrsatish sohalaridagi barcha xoʻjalik yurituvchi subʼyektlar iqtisodiy faoliyatining umumiy va pirovard natijalarini qamrab oladi.

34. Nominal va real YaIM. YaIM deflyatori.



Yüklə 71,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə