Mikroiqtisodiyot



Yüklə 71,63 Kb.
səhifə2/17
tarix23.06.2023
ölçüsü71,63 Kb.
#118703
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Mikroiqtisodiyot” fani

Bozor muvozanati — bozordagi talab va taklifning miqdoran va tarkib jihatidan bir-biriga muvofiq kelishi. Bozor muvozanati bir lahzalik (oʻzgarmas taklifda), qisqa muddatli (tashkilot yoki firmalarning oʻzgarmas miqdori va ishlab chiqarish hajmining oʻzgarishi) va uzoq muddatli (iqtisodiy shartsharoit tashkilot, firmalar va mavjud talabning zamonaviy darajasiga muvofiq kelganda) boʻlishi mumkin. Talab va taklif uzoq vaqt bir-biridan ajralib qolsa, Bozor muvozanati buziladi. Umuman olganda Bozor muvozanati hamma tovarlarga nisbatan va uzok, vaqt boʻlishi mumkin. Ammo juzʼiy va ayrim tovarlarga nisbatan moslikning buzilishi muqarrar. Chunki ehtiyojning yuksalishi bilan yangi talab paydo boʻladi va u darhol qondirilmaydi. Bozor muvozanati ni taʼminlashning asosiy yoʻllari: tovar ishlab chiqarishni talab darajasiga yetkazish orqali bozorni toʻydirish; yetarli tovarlar zaxirasini barpo etish; talabgir tovarlar narxini oshirish, oʻtmay turgan tovarlar narxini pasaytirish; eksport va importning ortishi yoki kamayishi; aholi daromadlarining tovarlar va xizmatlar koʻpayishiga qarab ortib borishi; mehnat unumdorligining ish haqiga nisbatan tezroq oʻsishi. Bozor muvozanati maʼrifatli jamiyatda narxlar bilan bozorni tartibga solish orqali taʼminlanadi.Talab va taklif modelida talab chizigʻi bilan taklif chizigʻining kesishgan nuqtasi bozor muvozanatini bildiradi. Demak, bozor muvozanati talab hajmi bilan taklif hajmining tengligini ta’minlaydigan narx darajasi va tovar miqdori bilan aniqlanadi. Talab va taklif qonuniga koʻra shuni ta’kidlash mumkinki, agar bozor muvozanat holatida boʻlsa, u holda, uning qatnashchilari tovar narxini yoki tovar miqdorini oʻzgartirishga hech narsa sabab boʻlmaydi.
6. Bozor muvozanatining o`zgarishi va unga ta`sir etuvchi omillar
Ba'zi vaqtlarda bozor narxi davlat tomonidan o‘rnatiladi. Narx maksimal deyiladi, agar o‘rnatilgan narx muvozanat narxdan kichik bo‘lsa (- muvozanat narx) va narxni maksimal narx dan yuqori belgilash ta'qiqlansa. Maksimal narx ba'zi bir mahsulotlarga aholini ushbu mahsulot bilan ma'lum darajada ta'minlash maqsadida davlat tomonidan o‘rnatiladi.Talab va taklif nazariyasiga ko‘ra, maksimal narxning o‘rnatilishi mahsulot tanqisligiga olib keladi. Tovar tanqisligini davlat o‘z zahirasidan mahsulotni bozorga chiqarish yo‘li bilan yechadi, ya'ni o‘z zahirasidagi miqdorda mahsulot chiqarib talab va taklifni tenglashtiradi.Agar sotuvchilarga tovarni maksimal narx dan yuqori narxda sotishga ruxsat bo‘lmasa, taklif miqdor bilan chegaralangani uchun, norasmiy bozor (xufiyona bozor) vujudga keladi (rasmda bu nuqta orqali ifodalangan va bu bozorda tovar norasmiy bozor narxi da sotiladi; muvozanat narxdan ancha yuqori bo‘lishi mumkin).Mahsulotning narxi minimal narx deyiladi, agar minimal narx muvozanat narxdan katta bo‘lsa, (Ре -muvozanat narx) (7-rasm) va narx ni pasaytirish mumkin bo‘lmasa.Bozor muvozanati — bozordagi tapab va taklifntg miqdoran va tarkib jihatidan bir-biriga muvofiq kelishi. Bozor muvozanati bir lahzalik (oʻzgarmas taklifda), qisqa muddatli (tashkilot yoki firmalarning oʻzgarmas miqdori va ishlab chiqarish hajmining oʻzgarishi) va uzoq muddatli (iqtisodiy shartsharoit tashkilot, firmalar va mavjud talabning zamonaviy darajasiga muvofiq kelganda) boʻlishi mumkin. Talab va taklif uzoq vaqt bir-biridan ajralib qolsa, Bozor muvozanati buziladi. Umuman olganda Bozor muvozanati hamma tovarlarga nisbatan va uzok, vaqt boʻlishi mumkin. Ammo juzʼiy va ayrim tovarlarga nisbatan moslikning buzilishi muqarrar
7.Talab elastikligi va uning ahamiyati

Yüklə 71,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə