Mikroiqtisodiyot



Yüklə 71,63 Kb.
səhifə3/17
tarix23.06.2023
ölçüsü71,63 Kb.
#118703
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Mikroiqtisodiyot” fani

Talab elastikligi. Talab qonuni narx bilan bog’liq ravishda talabning o’zgarishini 
ko’rsatadi, lekin uning qay darajada o’zgarganini ko’rsatmaydi. Iqtisodiy vaziyatni to’g’ri 
baholash uchun esa talabni qanchalik o’zgarishini bilish muhim ahamiyatga ega. 
Shunday mahsulotlar borki, narxning ozgina o’zgarishi xarid qilinayotgan tovar miqdorini 
ancha o’zgarishiga olib keladi.
8.Taklif elastikligi va uning ahamiyati
Taklifning elastikligi. Ishlab chiqaruvchilarni bozor kon’yunkturasidagi ayrim omillarning o‘zgarishlariga nisbatan sezuvchanligini tahlil qilish uchun aksariyat hollarda narx bo‘yicha taklif elastikligi koeffisientidan foydalaniladi.Narx bo‘yicha taklif elastikligi koeffisienti – narxning bir foizga o‘zgarishi natijasida taklif hajmining son jihatidan foiz bo‘yicha o‘zgarishini bildiradi. Bunday elastiklikning qiymati ijobiy bo‘ladi, chunki, ishlab chiqaruvchilar uchun yuqori narx ularni ko‘proq mahsulot ishlab chiqarishga rag‘batlantiradi.

9. Narx ustidan nazorat va bozor faoliyati


Bozor muvozanatini ta’minlashda iste’molchi va ishlab chiqaruvchi ortiqchaligidan foydalanish orqali, ya’ni narxlarni davlat tomonidan nazorat qilish maqsadida maksimal va minimal narxlarni belgilashni koʻzda tutadi.Davlat bozordagi narxlarni nazorat qilish orqali bozor mexanizmini tartibga solishga harakat qiladi. Bunda davlat ikkita maqsadni koʻzlaydi: ishlab chiqaruvchilarni qoʻllab-quvvatlash yoki iste’molchilarni qoʻllab- quvvatlash. Iste’molchilarni narx tomondan qoʻllab-quvvatlashda davlat qonuniy asosda ba’zi tovarlarga muvozanat darajasidan pastroq narxlarni qayd etgan holda eng yuqori narxni oʻrnatadi. Bunda sotuvchilar ushbu qayd etilgan narxdan yuqori narxda sotishlari taqiqlanganligi e’lon qilinadi. Narx muvozanat narxidan past oʻrnatilganda, bozorda tovar taqchilligi yuzaga keladi. Erkin bozor sharoitida bu taqchillik tezda yoʻqoladi, biroq narxlar qayd etilgan sharoitda, bozor mexanizmi ishlamaydi va bozorda barqaror taqchillik paydo boʻladi. Bu narx chegarasining ijobiy tomoni, muvozanat narxida xarid qila olmagan iste’molchilarda bu tovarlarni sotib olish imkoniyatining tugʻilishidir. Biroq, uning salbiy tomonlari koʻproq:- ushbu tovarni ishlab chiqarish hajmining qisqarishi;- ehtiyojlarning kamroq qismi qondirilishi;- bozorda taqchil tovarlarga navbatning ortib ketishi, hattoki bu navbatda turganlarga ham u yetmasligi mumkin;-“qora bozor”ning paydo boʻlishi va boshqalar.
10. Yashirin bozor narxlarining shakllanishi

Yüklə 71,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə