Mikroiqtisodiyot


Ishlab chiqarish harajatlari



Yüklə 71,63 Kb.
səhifə6/17
tarix23.06.2023
ölçüsü71,63 Kb.
#118703
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Mikroiqtisodiyot” fani

Ishlab chiqarish harajatlari — korxonaning mahsulot i.ch. maqsadlarida, iqtisodiy resurslar sotib olish uchun qilgan pul sarflari. Firma oʻz faoliyatini bozordan moddiy resurslar, yaʼni asbob-uskuna, dastgohlar, transport va aloqa vositalari, xom ashyo, yoqilgʻi, har xil materiallarni, mehnat bozoridan ish kuchini sotib olishdan boshlaydi. Shunga muvofiq holda I.ch.x. tarkibiga xom ashyo, asosiy va yordamchi materiallar, yonil-gʻi va energiya harajatlari, asosiy kapital amortizatsiyasi, ish haqi va ijtimoiy sugʻurtaga ajratmalar, foiz toʻlovlari va b. harajatlar kiradi. I.ch.x. ga qilingan barcha harajatlarning puldagi ifodasi mahsulot tannarxinn tashkil qiladi.I.ch.x.ni oʻrganishga iqtisodchilar turlicha yondoshadilar. Jumladan, harajatlarning qiymat nazariyasiga koʻra, I.ch.x. quyidagi turlarga boʻlinadi: doimiy harajatlar: — korxona toʻlov majburiyatlari, soliqlar, amortizatsiya ajratmalari, ijara haqi, qoʻriqlash xizmati harajatlari, boshqaruv xodimlari maoshi va b; oʻzga-ruvchan harajatlar: — xom ashyo, materiallar, yonilgʻi, transport xizmati, ishchilar ish haqi va shu kabilar uchun harajatlar.

22. Qisqa muddatli va uzoq muddatli davrdagi xarajatlar.


Qisqa muddatli davr mobaynida resurslarning bir qismi o‘zgarmas holatda, boshqa bir qismi ishlab chiqarish xajmining ortishi yoki kamayishi natijasida o‘zgarishi mumkin.Unga mos ravishda qisqa muddatdagi xarajatlar doimiy (o‘zgarmas) va o‘zgaruvchan xarajatlarga bo‘linadi.
O‘zgarmas xarajat (FC - fixed cost) - bu qisqa muddatli oraliqda mahsulot ishlab chiqarish hajmiga bog‘liq bo‘lmagan xarajatdir (mahsulot ishlab chiqarish hajmi oshganda ham, kamayganda ham o‘zgarmaydigan xarajat). O‘zgarmas xarajatlarga binodan, texnikadan, inshootlardan, ishlab chiqarish uskunalaridan foydalanish bilan bog‘liq xarajatlar, ijara haqi, Sug‘urta to‘lovlari, Bank kreditlari bo‘yicha foiz to‘lovlari, Amortizasion ajratmalar, kapital ta’mirlash, ma’muriy xarajatlar kiradi.O‘zgaruvchan xarajat (VC - Variable Cost) - mahsulot ishlab chiqarish hajmiga bog‘liq bo‘lgan xarajat, ya’ni mahsulot hajmi oshganda yoki kamayganda o‘zgaradigan xarajat. O‘zgaruvchan xarajatlarga xom ashyoga, elektroenergiyaga, gazga, yordamchi materiallarga bo‘lgan xarajatlar hamda ish haqi kiradi.Doimiy va o‘zgaruvchan xarajatlarning yig‘indisi yalpi xarajatlarni keltirib chiqaradi.Umumiy xarajatlar (TC - Total Cost) - qisqa muddatli orliqda ma’lum miqdorda mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflangan o‘zgarmas va o‘zgaruvchan xarajatlarning yig‘indisiga teng:
23.Raqobatlashgan bozorlardagi firmalar faoliyati.
Raqobat tushunchasi. Raqobatlashgan bozor. Raqobatlashgan bozorning belgilari. Raqobatlashgan firmaning daromadi. Raqobatlashgan firmaning yalpi, o‘rtacha va chekli daromadlari. Firma foydasi. Foydani maksimallashtirish va raqobatli firmaning taklif egri chizig’i. Chekli xarajatlar egri chizig’i va firmaning taklif hajmi to‘g’risidagi qarori.Raqobatlashgan bozorda taklif egri chizig’i. Qisqa muddatli davr: firmalarning doimiy soni va bozor taklifi. Uzoq muddatli davr: kirish va chiqish orqali bozor taklifi. Qisqa va uzoq muddatlarda talabdagi o‘zgarishlar. O‘rtacha uzoq muddatli xarajat va uning xususiyatlari. Tarmoqning muvozanat holati. Tarmoqning taklifi. Xarajatlari o‘sayotgan tarmoqning taklif chizig’i. Xarajatlari o‘zgarmas bo‘lganda tarmoqning taklif chizig’i. Xarajatlari kamayayotgan tarmoqning taklif chizig’i. Tarmoqning kengayish mexanizmi. Firmaning samarali hajmi. Ishlab chiqarish ko‘lami. Samarali ishlab chiqarish ko‘lami. Samarasiz ishlab chiqarish ko‘lami. O‘zgarmas samarali ishlab chiqarish ko‘lami.

24. Raqobatlashgan firmaning yalpi, o‘rtacha va chekli daromadlari. Firma foydasi.


raqobat bozoridagi firma iqtisodiyotdagi boshqa ko`plab firmalar kabi o`z foydasini (umumiy daromad ayiruv umumiy mablag`) maksimallashtirishga harakat qiladi. Buni qanday amalga oshishini bilish uchun, biz birinchi raqobatdosh firmaning daromadini ko`rib chiqamiz. Yanada aniqlik kiritish uchun A firmaning faoliyati bilan tanishamiz. A firma qanchadir Q miqdorda mahsulot ishlab chiqaradi va mahsulotningbirligini bozor P narxida sotadi. Firmaning umumiy daromadi P x Q dir. Misol uchun, agar bir birlik mahsulot 3$ bo`lsa, firma 2000 birlik mahsulot sotadi, uning umumiy daromadi 6 000 $ bo`ladi. A firma taklif qilayotgan mahsulot hajmi jahon mahsulot bozori bilan taqqoslanganda sezilarsiz bo`lganligi sababli, u bozor sharoiti bergan narxni qabul qiladi. Bu degani mahsulotning narxi A firmaning ishlab chiqargan va sotgan mahsulotlarining soni qanchaligiga bog`liq emas. Agar A firma sut ishlab chiqarish miqdorini ikki barobar ko`paytirsa, ya'ni 2000 gallon qilsa, sut narxi o`zgarmay qoladi, ammo umumiy daromad 12,000$ bo`ladi. Natijada umumiy daromad 223 mahsulotning miqdoriga to`g`ri mutanosib bo`ladi. 

25. Nomukammal bozorlarda firmalar faoliyati


Nomukammal bozor tushunchasi. Monopoliya resurslari. Monopoliyaning o‘ziga xos belgilari. Tabiiy monopoliya. Monopol bozorlarda ishlab chiqarish. Monopol bozorlarda narxlar. Monopol bozorlarda ishlab chiqarish va narxlarni belgilash. Monopoliyalarda chekli daromad. Monopolist foydasi. Monopoliyda foydani maksimallashtirish. Narx diskriminatsiyasi. Monopoliyaga qarshi qonunchilik. Davlatning monopoliyalarga qarshi siyosati: Sherman qonuni, Kleyton qonuni. Monopolistik raqobat tushunchasi. Monopolistik raqobat bozorining xususiyatlari. Turli mahsulotlar bilan raqobat. Qisqa muddatli davrdagi monopolistik raqobatdosh korxona. Uzoq muddatli muvozanat. Monopolistik raqobat va jamiyat farovonligi. Monopolistik raqobat bozorida tovar narxi va ishlab chiqarish hajmini aniqlash. Monopolistik raqobat bozori samaradorligi.
26.Monopol bozorlarda ishlab chiqarish. Monopol bozorlarda narxlar.
Raqobatli firma va monopol firma o`rtasidagi asosiy farq ular mahsulotining narxini tushirish yoki oshirish monopolistning ixtiyorida bo`lib qoladi. Raqobatli firma faoliyatida mahsulotining ishlab chiqarish narxini belgilashda bozor unsuri kichik nisbiy ahamiyatga ega bo`ladi. Bozor sharoitida talabdan kelib chiqib ham narx belgilanadi va bu asosan chekli xarajatga juda kam miqdordagi daromadni qo`shish orqali o`rnatiladigan narx hisoblanadi. Monopolist esa bozorda yagona ishlab chiqaruvchi hisoblanadi, chunki, u bozorga yetkazib berayotgan mahsulot miqdori bilan ham narxni o`zgartirishi mumkin. Narx darajasi tovarlar sotilganda firmaning tovarlarni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarini to`la qoplab, kompaniyaga minimal foydani taʼminlashi kerak. Agar bu qoidaga amal qilinmasa, firma zarar ko`radi yoki kompaniya hech qanday daromad olmay o`z ishini to`xtatadi. Xarajatlarni qoplash zarurati narxning eng quyi chegarasini belgilaydi va narxning bundan past bo`lishi iqtisodiyot uchun maqbul emas.

27. Ishlab chiqarish omillari bozori



Yüklə 71,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə