Mikroiqtisodiyot


Yalpi ichki mahsulot deflyatori



Yüklə 71,63 Kb.
səhifə9/17
tarix23.06.2023
ölçüsü71,63 Kb.
#118703
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17
Mikroiqtisodiyot” fani

Yalpi ichki mahsulot deflyatori — joriy davrda ishlab chiqarilgan mahsulot birligi bahosining bazis davrida ishlab chiqarilgan mahsulot birligi bahosiga nisbatan qanday darajada oʻzgarganligini bildiradi.{\displaystyle YaIMdeflyatori={\frac {NominalYaIM}{RealYaIM}}={\displaystyle {\frac {\Sigma (Q^{t}P^{t})}{\Sigma (Q^{t}P^{0})}}}}Nominal YaIM - joriy narxlarda hisoblangan YaIM. Makroiqtisodiy nazariyada u PQ belgisi bilan belgilanadi, bu erda P narx indeksini, Q esa ishlab chiqarishning fizik hajmini bildiradi. Real YaIM - bu bazis yil narxlarida hisoblangan mahsulotning haqiqiy hajmi. Asosiy narxlardagi YaIM yil davomida joriy narxlardagi YaIMga qaraganda kamroq yoki ko'proq o'zgarishi mumkin. Va bu o'zgarish tufayli sodir bo'ladi umumiy daraja mamlakatdagi narxlar. Shu bilan birga, real YaIMni hisoblash uchun narx indeksidan foydalanish juda muhimdir.Narxlar indeksi - Bu tovarlar va xizmatlarning ma'lum bir to'plamining umumiy narxi o'rtasidagi nisbatdir (deb ataladi ʼʼbozor savatiʼʼ) ma'lum vaqt davri uchun va shunga o'xshash tovarlar va xizmatlar guruhining bazaviy davrda (baza yili) umumiy narxi.YaIM deflyatori inflyatsiya intensivligini yoki teskari jarayon - deflyatsiyani, mamlakatda narxlarning umumiy darajasi pasayganda o'lchaydi. Agar narx indeksining qiymati 1 dan katta bo'lsa, biz qildik deflyatsiya YaIM, ya'ni inflyatsiya omilini yo'q qildi. Agar narx indeksi 1 dan kam bo'lsa, biz ishlab chiqardik inflyatsiya, ya'ni nominal YaIM deflyatsiya ta'siridan tozalandi.Agar YaIM hisob-kitoblari joriy narxlarda (nominal YaIM) amalga oshirilsa, u holda ishlab chiqarishning jismoniy hajmi buzilgan bo'lishi mumkin. Masalan, yalpi ichki mahsulotning o'sishiga narxlarning umumiy darajasining oshishi ta'sir ko'rsatishi mumkin haqiqiy o'sish iqtisodiyot. Shu sababli ishlab chiqarishning jismoniy hajmini aniqlash uchun hisoblash kerak real YaIM. Buning uchun siz bazaviy yil deb ataladigan yilni belgilashingiz va joriy yilda ishlab chiqarilgan YaIMni uning narxlarida hisoblashingiz kerak. Real YaIM quyidagi formula bo'yicha hisoblanadi:

35. Iqtisodiy davrlar va tebranishlar


Iqtisodiyotning tsiklikligi turli davrlarda iqtisodiy tsiklning bosqichlari yoki bosqichlari deb ataladigan turli davrlarda notekis iqtisodiy o'sish bilan rivojlanishning maxsus shaklidir.qtisodiy tsikl to'rt bosqichni o'z ichiga oladi:inqiroz (retssiya, pasayish),depressiya (turg'unlik),qayta tiklanish (kengaytirish),buloq yoki cho'qqis bilan tugaydi.Shunday qilib, iqtisodiy tsikllar yoki to'lqinlar - Bular bozor yoki biznes faoliyatining davriy tebranishi, unda bozor iqtisodiyoti bir bosqichdan keyingisiga o'tadi.Iqtisodiy tsiklning har bir bosqichining xususiyatlarini ko'rib chiqing.Iqtisodiy tsiklning bosqichlari rasmda keltirilgan.Iqtisodiy tsiklning birinchi bosqichi - bu inqiroz, i.e. Mavjud qoldiqning keskin buzilishi.

36. Jahon moliyaviy-iqtisdoiy inqiroz va O`zbekistonga uning ta`siri


Insoniyat taraqqiyotining hozirgi bosqichi globallashuv jarayonlarining jadal rivojlanishi orqali tavsiflanadi. Globallashuvni iqtisodiy jihatdan qaraydigan bo’lsak, u jahon xo’jaligining butun makonini qamrab oluvchi iqtisodiy munosabatlar tizimining tashkil topishi va rivojlanishini anglatadi.Globallashuv jarayonlarining kеngayishi jahon mamlakatlari o’rtasidagi iqtisodiy munosabatlarning yanada takomillashuviga olib kеladi. Jumladan, globallashuv natijasida transmilliy korporatsiyalar, ularning turli ko’rinishdagi xalqaro birlashmalari faoliyatining tarkib topishi va kеngayishi, xalqaro ishlab chiqarish koopеratsiyasi va mеhnat taqsimotining nisbatan yuqori darajaga o’tishi, xalqaro iqtisodiy tashkilotlar faoliyatining yanada kuchayishi ro’y bеradi.Umuman olganda, globallashuv jarayonlari jahon xo’jaligining yaxlit iqtisodiy tizim sifatida rivojlanishida sifat bosqichi qisoblanib, yangi imkoniyatlarni ochib bеradi.Biroq, globallashuv jarayonini mutlaqlashtirish va unga bir tomonlama qarash to’qri bo’lmaydi. Chunki, mazkur jarayon o’zining ijobiy jihatlari bilan bir qatorda ziddiyatli tomonlariga ham ega. Jaqonning bir mamlakatida ro’y bеrayotgan ijtimoiy-iqtisodiy larzalarning muqarrar ravishda boshqa mamlakatlarga ham o’z ta'sirini o’tkazishi shulardan biri qisoblanib, bugungi kunda ro’y bеrayotgan moliyaviy inqiroz ham aynan shu ma'noda globallashuv jarayonlarining oqibati qisoblanadi.Shunga ko’ra, Prеzidеntimiz oz asarlarini bugungi kunning eng dolzarb muammosi – bu 2008 yilda boshlangan jaqon moliyaviy inqirozi, uning ta'siri va salbiy oqibatlari, yuzaga kеlayotgan vaziyatdan chiqish yўllarini izlashdan iborat ekanligidan boshlab, jaqon moliyaviy inqirozining mazmun-moqiyati, kеlib chiqish sabablariga batafsil to’xtalib o’tdilar.

37. Ishchi kuchi va ishsizlik.


Jamiyatning yalpi milliy mahsuloti hisobiga ishlab chiqarishning moddiy ashyoviy omillarigina emas, balki shaxsiy omili – ishchi kuchi, jamiyatning asosiy ishlab chiqaruvchi kuchi ham takror hosil etiladi va sifat jihatdan ancha yuqori darajada takror yuzaga chiqariladi.Ishchi kuchini takror hosil qilish insonning jismoniy kuchlari va aqliy qobiliyatlarini uzluksiz qayta tiklab va ta’minlab turish, ularning mehnat malakasini muttasil yangilab va oshirib borish, umumiy bilim va kasbiy darajasi o’sishini ta’minlash demakdir. Ishchi kuchini takror yaratish xodimlarni ishlab chiqarishga jalb etishni, tarmoqlar, korxonalar, regionalar o’rtasida mehnat resurslarini taqsimlash va qayta taqsimlashni, ularning xodimlarga bo’lgan ehtiyojlari qondirilishini va ayni paytda aholining ish bilan to’la va samarali band bo’lishini ta’minlaydigan ijtimoiy-iqtisodiy mexanizmini yaratishni ham o’z ichiga oladi.Ishchi kuchini takror hosil qilish nisbatan mustaqil iqtisodiy va ijtimoiy muammo bo’lib, bu muammo aholining tabiiy harakatlari shaklida namoyon bo’ladi. Shu sababli ishchi kuchini takror hosil qilishning asosi aholining tabiiy ko’payishidir.Ishchi kuchi resurslarining soni va sifati mamlakat aholisining soni hamda jinsi va yoshi jihatidagi tarkibi bilan belgilanadi. Bular esa o’z navbatida aholining tabiiy harakatlanishiga bog’liq bo’ladi.Respublikada mehnat resurslarining o’rtacha yillik soni 2002 yilda 12,6 mln. kishini tashkil qilgan, bu mamlakat aholisining 51,1 foiziga tengdir.Iqtisodiyotda band bo’lgan aholining o’rtacha yillik soni 9,0 mln. kishiga yaqin bo’lib, mehnat resurslari tarkibida 71,3 foizni tashkil qiladi.Aholining tabiiy harakatlanishi, uni takror ishlab chiqarish xarakteri ko’pgina holatlar bilan mamlakatning industrial taraqqiyoti va urbanizatsiya darajasi, ijtimoiy shart-sharoitlar, madaniyat va maishiy turmush an’analari, aniq tarixiy omillar bilan belgilanadi.

38. Ishsizlik darajasi. O`zbekistonda ishsizlik muammosi


O‘zbekistonda 2020 yilning yanvar-iyun oylarida ishsizlik darajasi 13,2 foizni tashkil etdi.O‘zi qanday odam ishsiz sanaladi? Ishsizlik — ishlash layoqatiga ega bo‘lgan va mehnat qilish istagini bildirgan iqtisodiy faol fuqarolarning ish topa olmasligi.Ishsizlik juda ko‘p muammolarga zamin yaratadi — jinoyatchilik oshadi, oilalarda notinchlik paydo bo‘ladi, bolalarning tarbiyasi buziladi. Ishsizlikning ma'lum darajaga yetishi hatto davlatchilik tanazzuliga ham sabab bo‘lishi mumkin. Ya'ni bu yerda illatli doira paydo bo‘ladi: ishsizlar ko‘payishi davlatni zaif qiladi, zaif davlatda esa ishsizlar yanada ko‘payadi. Lekin dunyoning xoh rivojlangan, xoh rivojlanayotgan biror davlati yo‘qki, ishsizlik muammosi bo‘lmasa.Bizni ko‘proq o‘zimizdagi holat qiziqtiradi. O‘zbekistonda rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, ishga layoqatli aholining taxminan 10 foizi ishsiz. Ya'ni ichki mehnat bozorida band bo‘lganlar, chetga ketganlardan tashqari 1,5 mln nafarga yaqin fuqaro ishsiz hisoblanadi.Ishsizlik jiddiy muammo ekanligi, unga qarshi astoydil kurashish zarurligini e'tirof etgan holda, bugun masalaga ikkinchi tarafdan yondashib ko‘ramiz.Bugun aksariyat tashkilotlar, ayniqsa nodavlat kompaniyalar yaxshi xodimlar qidirib, bo‘sh ish o‘rinlari haqida e'lonlarni muntazam joylashtirib borishadi. Eng katta ish beruvchi bo‘lgan davlat tizimida ham vakant talaygina.


39. Inflyatsiya va aksilinflyatsiya siyosati
Inflyatsiyaning turlari:Inflyatsiyaning vujudga kelishi sabablariga ko’ra ikki turi mavjud:Talab inflyatsiyasi
;Taklif inflyatsiyasi;Narxlarning o`sish sur`atlariga ko`ra:;Me`yordagi(sudraluvchi) inflyatsiya;O`rmalovchi inflyatsiya;Yuqori inflyatsiya;Giper inflyatsiya;Namoyon bo’lish shakliga ko’ra:;Ochiq inflyatsiya;Yashirin inflyatsiya;Aksilinflyatsiya siyosat - narxlar umumiy darajasini barqarorlashtirish, inflyatsion keskinlikni yumshatishga yo’naltirilgan makroiqtisodiy siyosat.;Aksilinflyatsiya siyosati inflyatsiyani yuzaga keltirgan sabablarni tugatishga qaratilgan faol va inflyatsiya sharoitlariga moslashishga qaratilgan passiv ko’rinishda bo’lishi mumkin;Aksilinflyatsiya siyosati o’z ichiga quyidagilarni oladi:-yalpi talabni tartibga solish;-yalpi taklifni tartibga solish.Keynschi iqtisodchilar birinchi yo’nalish tarafdorlari bo’lib, ular davlat buyurtmasi va arzon kredit hisobiga samarali talabni shakllantirish asosida yalpi taklif darajasini ko’tarish mumkin deb hisoblashadi. Hukumatning bu tadbirlari iqtisodiy pasayishni qisqartiradi va ishsizlikni kamaytiradi.Ammo bunday aksilinflyatsiya siyosati davlat byudjeti taqchilligini yuzaga keltiradi va qo’shimcha pul emissiyasiga ehtiyoj tug’diradi. Keyns davlat byudjeti taqchilligini davlat tomonidan olinadigan uzoq muddatli qarzlar hisobiga qoplashni taklif etgan.Aksilinflyatsiya siyosatining monetarstik yo’nalishi tarafdorlari keyinchalik, keynschilarning inflyatsiyaga qarshi kurash bo’yicha takliflari doimo samara beravermagach va kamchiliklari yuzaga chiqib qolgach yuzaga keldi. Jumladan, bir qator mamlakatlarda davlat qarzi haddan oshib ketdi. Bunday sharoitda monetaristlar radikal asilinflyatsiya usullarini taklif etishdi. Ular yalpi talabni konfiskatsiya tipidagi pul islohoti o’tkazish hisobiga cheklash va byudjet taqchilligini ijtimoiy dasturlarni qisqartirish kamaytirishni taklif etishdi.

40. Fillips egri chizig`i va uning mohiyati



Yüklə 71,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə