Mikroiqtisodiyot


Tovarning maksimal va minimal bahosi



Yüklə 71,63 Kb.
səhifə5/17
tarix23.06.2023
ölçüsü71,63 Kb.
#118703
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Mikroiqtisodiyot” fani

Tovarning maksimal va minimal bahosi. Ba’zi vaqtlarda bozor narxi davlat tomonidan o’rnatiladi. Narx maksimal deyiladi, agar o’rnatilgan narx muvozanat narxdan kichik bo’lsa ( - muvozanat narx) va narxni maksimal narx dan yuqori belgilash ta’qiqlansa. Maksimal narx ba’zi bir mahsulotlarga aholini ushbu mahsulot bilan ma’lum darajada ta’minlash maqsadida davlat tomonidan o’rnatiladi. Talab va taklif nazariyasiga ko’ra, maksimal narxning o’rnatilishi mahsulot tanqisligiga olib kelad.Tovar tanqisligini davlat o’z zahirasidan mahsulotni bozorga chiqarish yo’li bilan echadi, ya’ni o’z zahirasidagi miqdorda mahsulot chiqarib talab va taklifni tenglashtiradi.Agar sotuvchilarga tovarni maksimal narx dan yuqori narxda sotishga ruxsat bo’lmasa, taklif miqdor bilan chegaralangani uchun, norasmiy bozor (xufiyona bozor) vujudga keladi (rasmda bu nuqta orqali ifodalangan va bu bozorda tovar norasmiy bozor narxi da sotiladi; muvozanat narxdan ancha Yuqori bo’lishi mumkin).
13. Iste`molchilar tanlovi nazariyasi
Nazariyasi iste'molchining tanlovi ning filialidir mikroiqtisodiyot bu bilan bog'liq afzalliklar iste'mol xarajatlariga va iste'molchilarning talab egri chiziqlari. Iste'molchilar o'zlarining iste'mol xarajatlarini cheklashlar bilan bog'liq bo'lgan imtiyozlari bilan o'lchanadigan iste'molning maqsadga muvofiqligini maksimal darajada oshirish orqali qanday qilib tahlil qilishadi qulaylik iste'molchiga bo'ysunadi byudjet cheklovi.[1]Iste'mol mantiqan ishlab chiqarishdan ajralib turadi, chunki ikkitasi farq qiladi iqtisodiy agentlar ishtirok etmoqda. Birinchi holda iste'mol birlamchi shaxs tomonidan amalga oshiriladi; ikkinchi holda, ishlab chiqaruvchi o'zi iste'mol qilmaydigan narsalarni yasashi mumkin. Shuning uchun har xil motivlar va qobiliyatlar ishtirok etadi. The modellar iste'molchilar nazariyasini tashkil etadigan narsalarga odatlangan vakillik qilish individual xaridor uchun istiqbolli kuzatiladigan talab shakllari gipoteza ning cheklangan optimallashtirish. Tovarni sotib olish (talab qilish) tezligini tushuntirish uchun ishlatiladigan taniqli o'zgaruvchilar bu tovar birligining narxi, tegishli tovarlarning narxi va iste'molchining boyligi.The talab qonuni iste'mol narxi yuqori narx ta'sirini pul bilan qoplagan taqdirda ham, tovar narxi ko'tarilganda iste'mol darajasi pasayib ketishini ta'kidlaydi; bu "deb nomlanadi almashtirish ta'siri. Tovar narxi ko'tarilgach, xaridorlar boshqa alternativalarni ko'proq tanlab, ushbu tovarni almashtirishadi. Agar odatdagidek narx ko'tarilishi uchun kompensatsiya ro'y bermasa, unda narxlarning ko'tarilishi tufayli umumiy xarid qobiliyatining pasayishi, aksariyat tovarlar uchun talab qilinadigan miqdorning yanada pasayishiga olib keladi; bu "deb nomlanadi daromad ta'siri.Entsiklopediya site:ewikiuz.top
14.Iste`molchining byudjet chizig`i va tenglamasi
Byudjet liniyasi (BL) - to'g'ridan-to'g'ri, o'z nuqtalari ajratilgan byudjet mablag'lari to'liq sarflangan tovarlar to'plamini ko'rsatadi. U hozirgi narxlarda ma'lum bir daromad uchun sotib olinishi mumkin bo'lgan eng katta miqdordagi mahsulotni ko'rsatadigan y va x koordinata o'qlarini kesib o'tadi.Shunday qilib, B bl ma'lum bir foyda va belgilangan qiymatda sotib olingan har qanday tovarning 2 to'plamidagi turli xil kombinatsiyalarni namoyish etadi.Xususiyatlar bl.Byudjet liniyalarining xususiyatlarini tasavvur qiling.1. Ular faqat salbiy qiyalik mavjud. Blda joylashgan imtiyozlar to'plamlari, shu bir xil narxlarga ega, so'ngra boshqa xaridlarni kamaytirishga olib keladi. Eslatib o'tamiz, ikkita o'zgaruvchining fikr-mulohazalarini namoyish etadigan egri har doim salbiy moyillik turi bilan ajralib turadi.2. Xaridorning foydasi kattaligiga qarab joylashuv. Agar uning daromadlari oshsa va narxlar bir xil bo'lsa, byudjet liniyasi avvalgi to'g'ridan-to'g'ri, oldingi yo'nalishga nisbatan o'ng tomonga o'tadi. Agar foyda o'zgarmas narxlarda pasaysa, B bl chapga, ammo eski chiziqqa parallel ravishda.Shunday qilib, iste'molchi daromadining o'zgarishi BL burchagining o'zgarishiga olib kelmaydi

15.Daromad samarasi va almashtirish samarasi


O’zbekiston mustaqillikka erishgach, bozor iqtisodiyotini tanladi va bu bu butun tizimning o’zgarishiga olib keldi. Ma’muriy – buyruqbozlik tizimidan farqli o’laroq, endi bozor, talab va taklif birinchi o’ringa chiqdi. Ishlab chiqaruvchilar tovarlarning doimiy tarzdagi realizatsiyasini ta’minlash uchun bozordagi talabni kuzatib borishlariga to’g’ri kelishini anglab yetdilar. Shunga ko’ra, iste’molchilarning qaysi vaqtda qanday tovar va xizmatlarga ehtiyoj sezishi endilikda muhim ahamiyat kasb eta boshladi. Tovar yoki xizmatlarning narxi yoki sifati o’zgarganda bozordagi talabning qay tarzda o’zgarishini anglab olish tadbirkorlarga muvaffaqiyat olib kelishi iqtisodchilarga va ishlab chiqaruvchilarga ma’lum. Ulardan tashqari iste’molchilarning daromadlari o’zgarganda tovar va xizmatlarga bo’lgan talabning o’zgarishi ham daromadga ta’sir etuvchi muhim omillardan biri sifatida e’tirof etiladi. Chunki iste’mol uchun muhim tovarlar ( un, guruch, yog’, sabzavot mahsulotlari va shu kabilar) iste’molchilar qanday daromad olgan taqdirda ham sotib olinadi. Daromadning ortishi ularning miqdorini ko’paytirishi yoki sifatliroq mahsulot turlariga almashtirishi mumkin, lekin daromad kamaygani bilan talab yo’qolib qolmaydi. Zeb – ziynat buyumlari, oliy sifatli qimmatbaho tovarlarni sotib olish
uchun daromadning ma’lum darajaga yetishi talab qilinadi.

16.Normal va Giffen tovarlari uchun talab chizig‘i.


17.Bozor va tavakkalchilik


Tavakkalchilikni pasaytirishning quyidagi turlari mavjud: diversifikatsiya, sug‘urtalash, tavakkalchilikni taqsimlash, axborot izlash.Diversifikatsiya usulida tavakkalchilik bir necha tovarlarga taqsimlanadi, ya’ni biror tovarni sotish (sotib olish) yuqori tavakkalchilik bilan bog‘liq bo‘lishi boshqa bir tovarni sotishdan (sotib olishdan) bo‘ladigan tavakkalchilikni kamaytirishga olib keladi.Firma o‘zi ishlab chiqarishini diversifikatsiya qilib, yoz oyida ikkinchi tur tovar hisobidan yo‘qotadigan daromadini birinchi tur tovarni ko‘proq sotish hisobidan qoplaydi. Xuddi shunday qish faslidagi yo‘qotishlar ikkinchi tovar hisobidan qoplanadi. Ko‘rinib turibdiki, firma diversifikatsiya yo‘li bilan tavakkalchilikni kamaytirdi. Lekin, diversifikatsiya tavakkalchilikni to‘liq yo‘qotmaydi, u faqat kamaytiradi xolos.Tavakkalchiliklarni qo‘shish - ushbu usul tasodifiy yo‘qotishlarni o‘zgarmas xarajatlarga aylantirish orqali tavakkalchilikni kamaytirishga qaratilgan. Ma’lumki, mulkning o‘g‘irlanishi, shaxsning kasal bo‘lib ishga chiqmasligi, tabiiy ofatlarning bo‘lishi tasodifiy bo‘lib, ular juda kata xarajatlarga olib kelishi mumkin. Ushbu noxush hodisalarning oqibatlarini kamaytirishda sug‘urtaning ahamiyati katta.O‘zbekistonda ham hozirgi vaqtda ko‘pgina insonlar o‘z hayotlarini, mulkini sug‘urtalaydilar. Sug‘urta ishlarini yo‘lga qo‘yish uchun respublikada maxsus qonunlar ishlab chiqilgan va bir qator davlat va nodavlat sug‘urtalash firmalari faoliyat ko‘rsatmoqda.Sug‘urtalashda tavakkalchilikni qo‘shish samaradorligi shu bilan belgilanadiki, sug‘urtalangan shaxslarning tavakkalchiligi bir-biriga bog‘liq bo‘lmasligi kerak.Tavakkalchilikni taqsimlash - ushbu usulga ko‘ra zarar ko‘rish ehtimoli bilan bog‘liq bo‘lgan tavakkalchilik bilan qatnashuvchi sub’ektlar o‘rtasida shunday taqsimlanadiki, oqibatda har bir sub’ektning kutiladigan yo‘qotishi nisbatan kichik bo‘ladi.


18.Assimetrik axborotlashgan bozor.


Men sen bilmaydigan bir narsani bilaman”. Bu bolalar orasida juda mashxur hazil, shu bilan birga uning tagida odamlar ba’zida o‘zaro qanday muomalada bo‘lishlarini ko‘rsatuvchi haqiqat bor. Hayotda ko‘pincha bir odam atrofda nima bo‘layotganini boshqasidan ko‘ra ko‘proq biladi. Hozirgi hodisaga ta’lluqli bo‘lgan turlicha bilimlar farqi axborot assimetriasi deyiladi.Misollar. Ishchi o‘z ish beruvchisiga qaraganda o‘z ishiga qancha kuch ketishini ko‘proq biladi. Ishlatilgan mashina egasi xaridorga qaraganda mashinaning holati haqida ko‘proq ma’lumotga ega. Birinchisi yashirin faoliyatga misol bo‘lsa, ikkinchisi yashirin tavsifga misol bo‘la oladi. Ikkala holatda ham ma’lumotga ega bo‘lmagan taraf (ish beruvchi, xaridor) haqiqiy ma’lumotni bilmoqchi, lekin unga ega bo‘lgan taraf (ishchi va sotuvchi) ataylab haqiqatning bir qismini berkitishi mumkin.Assimetrik axborot juda keng tarqalgani sababli iqtisodchilar yaqin o‘n yilliklarda uning ta’sirini o‘rganish uchun juda ko‘p kuch sarflashdi. Assimetrik axborot - bu shunday holatki, bozordagi bozor sub’ektlari o‘rtasida bo‘ladigan savdo-sotiqda ularning bir qismi kerakli, muhim axborotga ega, qolgan qismi esa ega emas.Bozordagi tovarlarning taqsimlanishi optimal bo‘lishi tovarlar narxi va tovar to‘g‘risida qanchalik to‘g‘ri axborot berish bilan bog‘liq. Raqobatlashgan bozorni qaraganimizda biz axborotni simmetrik ravishda taqsimlangan, ya’ni sotuvchilar va sotib oluvchilar axborot bilan to‘liq ta’minlangan, deb faraz qilgan edik. Bunday holatda narxlar sotiladigan ne’matlarning al’ternativ xarajatlari to‘g‘risida to‘liq axborot beradi. Aniq va to‘liq axborotning bo‘lishi bozordagi ne’matlarning optimal taqsimlanishiga yordam beradi. Lekin, bozorda ahvol butunlay boshqacha. Sotuvchilar o‘z tovarlari sifatini yaxshi bilsa-da, ushbu axborotni xaridordan yashiradi. Xuddi shunday xaridorlar ham o‘zlarining bozordagi hatti-xarakatlarini yashirib, har xil yo‘l bilan savdo-sotiqda bir tomonlama yutuqqa erishishga harakat qiladi. Bozor narxi o‘zida juda ko‘p axbortni mujassamlashtiradi. Ushbu axborotni bozor qatnashchilari qancha to‘liq bilsa, savdo-sotiq ikki tomon uchun shuncha samarali bo‘ladi, ya’ni ikki tomon ham maksimal foyda ko‘radi. Yuqoridagidan kelib chiqib aytish mumkinki, bozorda axborotlar assimetrik (to‘liq) bo‘lmaganligi uchun bozor mexanizmi ham yetarli darajada mukammal emas.

19. Ishlab chiqarish nazariyasi\


Moddiy va ma’naviy ne’matlarni yaratish, xizmatlar ko’rsatish inson hayoti, uning yashashi va kamol to’ishi uchun moddiy asosdir. Shuning uchun ishlab chiqarishning to’xtovsiz takrorlanishi va uni rivojlantirish har doim eng muhim iqtisodiy qonuniyat va ob’ektiv zaruriyatdir.Ishlab chiqarish – bu cheklangan resurslardan, ishchi kuchi, uskuna va texnologiya, tabiiy resurslar va materiallardan muayyan kombinatsiyada foydalangan holda mahsulotlar tayyorlash jarayonidir.Har qanday jamiyatda ishlab chiqarishning amalga oshishi, eng avvalo uning ro’y berishi uchun bu jarayonda qatnashadigan omillar mavjud bo’lmog’i lozim. Iqtisodiyotning tizimi va shaklidan qat’iy nazar ishlab chiqarish yoki xizmat ko’rsatishning hamma sohalari uchun umumiy bo’lgan 4ta omil: ishchi kuchi, mehnat qurollari, mehnat predmetlari va tadbirkorlik qobiliyati bo’lishi shart.Ishchi kuchi deb insonning mehnat qilishga bo’lgan aqliy va jismoniy qobiliyatlarining yig’indisiga aytiladi. Ishchi kuchi mehnat qobiliyatiga ega bo’lgan kishilar uchun xosdir. Lekin ishchi kuchi insonning o’zi emas yoki uning mehnati ham emas, uning qobiliyatidan iboratdir.Mehnat qurollari deb, inson uning yordamida tabiatga, mehnat ‘redmetlariga ta’sir qiladigan vositalarga aytiladi (mashinalar, stanoklar, traktorlar, qurilmalar, uskunalar va boshqalar).Mehnat predmetlari esa bevosita mehnat ta’sir qiladigan, ya’ni mahsulot tayyorlanadigan narsalardir (er-suv, xom ashyo va boshqa turli materiallar).

20. Qisqa va uzoq muddatlardagi ishlab chiqarish.


Korxona foydalanadigan koʻplab resurslar miqdori, yaʼni jonli mehnat, xom ashyo, yonilgʻi va energiya sarflari tovar hajmining oʻzgarishiga tez va oson taʼsir qiladi. Boshqa resurslar sarfi taʼsirida tovar hajmi oʻzgarishi uchun uzoq vaqt talab qilinadi. Masalan, ogʻir sanoat tarmoqlarining ishlab chiqarish quvvatlari ancha uzoq vaqt oraligʻida mahsulot miqdori oʻzgarishiga taʼsir qilishi mumkin. Demak, ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olishda vaqt omili, yaʼni xarajat qilingandan pirovard natija olinguncha oʻtgan davr sezilarli taʼsir koʻrsatadi. Shu sababli vaqt omilidan kelib chiqib, ishlab chiqarish xarajatlarini qisqa va uzoq muddatli davrda alohida tahlil qilinadi.Korxona ishlab chiqarish hajmini oʻstirish uchun qisqa davrda faqat oʻzining oʻzgaruvchi xarajatlari miqdorini oʻzgartirishi mumkin. Bu qisqa muddatli xarajatlardir. Ishlab chiqarish quvvatlari esa (ishlab chiqarish bino va inshootlari maydoni, mashina va uskunalar miqdori) doimiy boʻlib qoladi, hamda bu davr faqat ulardan foydalanish darajasini oʻzgartirish uchun yetarli boʻlishi mumkin.Boshqacha aytganda qisqa davr oraligʻida korxonaning ishlab chiqarish quvvatlari oʻzgarishsiz qoladi, ishlab chiqarish hajmi jonli mehnat, xom ashyo va boshqa resurslar miqdorini koʻpaytirish orqali oʻzgarishi mumkin. Bunda mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish intensivligini oshirish mumkin.Uzoq muddatli davr – bu korxonaning ishlab chiqarish quvvatlarini va butun band boʻlgan resurslari miqdorini oʻzgartirish uchun yetarli boʻlgan davrdir.Bu yerda shuni taʼkidlash lozimki, ishlab chiqarish quvvatlarining oʻzgarishini taqozo qiladigan davr davomiyligi ayrim tarmoq va korxona xususiyatidan kelib chiqib farqlanishi mumkin. Masalan, yengil sanoat tarmogʻida kiyim-kechak ishlab chiqaradigan kichkina firma, bir nechta qoʻshimcha tikuv mashinasi oʻrnatish bilan oʻzining ishlab chiqarish quvvatlarini qisqa vaqtda (bir necha kunda) oshirish mumkin. Ogʻir sanoat tarmoqlarida yangi quvvatlarni ishga tushirish uchun bir necha yil talab qilinadi.

21. Ishlab chiqarish xarajatlari



Yüklə 71,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə