Mikroiqtisodiyot



Yüklə 71,63 Kb.
səhifə1/17
tarix23.06.2023
ölçüsü71,63 Kb.
#118703
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Mikroiqtisodiyot” fani





  1. Mikroiqtisodiyot fanining predmeti, maqsadi va vazifalari

Mikroiqtisodiyot” fani korxonalar, firmalar va shu kabi mamlakat xalq xo’jaligining quyi bo’g’inidagi ob’ektlar faoliyatiga taalluqli fan bo’lganligi uchun, u shu korxonalarda cheklangan resurslardan maqsadga muvofiq tarzda foydalangan holda kishilar ehtiyoji uchun zarur bo’lgan moddiy ne’matlarni ko’paytirishni tashkil etishda muhim rol o’ynaydi. Mikroiqtisodiyot (yunoncha “mikro” kichik) so’zidan olingan bo’lib, iqtisodiyotning dastlabki hal qiluvchi bo’g’ini bo’lgan firma, korxona, mikrofirma, turli xil xalq xo’jaligi sohalaridagi xizmat ishlarini bajaruvchi xo’jalik va tashkilotlarda bozor qonunlari ta’sirida sodir bo’ladigan iqtisodiy jarayonlar , hodisalarni, ularni namoyon bo’lish shart sharoitlarini, oqibatlarini tahlil qiladi va xulosalar yasaydi.Fanni o’rganishdan maqsad - talabalarda zamonaviy bozor iqtisodiyotining ishlashi va rivojlanishining ham nazariy, ham amaliy tomonlarini o’rgatishdan iborat. U xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning bozor sharoitida harakatini tahlil etadi, iqtisodiyotda vujudga keladigan amaliy muammolrni yechish yo’larini bartaraf etishda qo’l keladi.Fanning vazifasi - noyob ishlab chiqarish resurslarini, iste’mol tovarlarini bozor sharoitida taqsimlash tamoyillarini o’rgatish, talab va taklif nazariyasiini korxona faoliyatidagi ahamiyati to’g’risida tushuncha berish, raqobatlashgan va raqobatlashmagan bozorlar to’g’risida hamda ularda narxni shakllanishi bo’yicha bilimga ega bo’lish, bozor strukturasi sharoitida firmalarning harakatini tahlil etish, davlatni bozor iqtisodiyotiga aralashuvi va buning oqibatlari to’g’risida tushunchaga ega bo’lish.
2.Iqtisodiy omillarning cheklanganligi
iqtisodiyot nazariyasi (ruscha: "Экономическая теория", inglizcha: "Economics") - insonlarning cheksiz ehtiyojlarini qondirish uchun cheklangan resurslardan samarali foydalanishni va xo'jalik yuritish jarayonida turli tomonlar orasida yuzaga keluvchi munosabatlarni o'rganuvchi fan.Economics atamasi qadimgi yunon tilidagi οἶκος (oikos, "uy") + νόμος (nomos, "odat" yoki "qonun"), demak "uy (xo'jaligi)ni yuritish qoidalari" yig'indisi οἰκονομία (oikonomia, "uy xo'jaligini boshqarish") so'zidan olingan.Iqtisodiyot nazariyasi fani ko'pgina maktab va yo'nalishlardan iborat. Iqtisodiyot fani mudom o'zgarishda bo'lgani sababli uning taraqqiyoti va tarixiy retrospektivasi bilan iqtisodiyot tarixi fani shug'ullanadi.Iqtisodiyotning qonun-qoidalari, tushunchalari va rivojlanish tamoyillarini oʻrganuvchi umumiqtisodiy va nazariy fan. Iqtisodiyot nazariyasi xorij mamlakatlarida "Ekonomiks", "Ekonomika" va "Siyosiy iqtisod" nomlari bilan, MDH mamlakatlarida "Iqtisodiyot nazariyasi" nomi bilan yuritiladi. Iqtisodiyot nazariyasi iqtisodiyotni umumiy jihatidan va har bir iqtisodiy tizimga tadbiqan oʻrganadi, iqtisodiy hodisalarni mikro va makro hamda jahon iqtisodiyoti darajasida tahlil etadi. Bu fan Oʻzbekistonda "Iqtisodiy bilim asoslari" sifatida maktablarda, "Iqtisodiyot asoslari" sifatida kollej va akademik litseylarda va "Iqtisodiyot nazariyasi" sifatida oliy oʻquv yurtlarida oʻrganiladi. Iqtisodiyot nazariyasi ijtimoiy fan bo'lib, tovar va xizmatlarning ishlab chiqarilishi, taqsimlanishi va iste'mol qilinishi jarayonlarini o'rganadi.Iqtisodiyot nazariyasining predmeti kishilarning cheklangan iqtisodiy resurslar sharoitida muqobil xoʻjalik yuritish asosida oʻz ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan xattiharakatlari, ularni belgilovchi iqtisodiy shartsharoitlar hisoblanadi. Bu fan xoʻjalik yurituvchi subʼyektlarning (firmalar, xonadon, ayrim individ va davlat) iqtisodiy xattiharakatlarini yaxlitlikda oʻrganadi. Uning tadqiqot obʼyekti iqtisodiy hodisalar boʻlib, ular ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimot va isteʼmol sohasida yuz beradi. Tabiiy sharoit — bu iqlim, tuproqning tu-zilishi, yer osti boyliklarining mik,dori, oʻsimlik va hayvonot dunyosidan, odamlarning ish qobiliyatidan iboratki, bu omillar iqtisodiy faoliyatga taʼsir etmay qolmaydi.

3. Talab funksiyasi, grafigi va talabga ta`sir etuvchi omillar


Funktsiya talab - individual mahsulot guruhlari uchun va ham ta'sir qiluvchi omillar bir qator hajmi talablariga qarab o'zgarishi har bir nuqtasi qaysi bir egri. iqtisodiy tushunchalar yana bir talqini mavjud. Unga ko'ra, talab funktsiyasi - buning uchun tovar va iste'mol talabining narxi o'rtasidagi mavjud o'zaro bog'liqligi. Bu holda, boshqa omillar doimiy deb qabul qilinadi,,,statistika matematik usullaridan foydalanish, ularning ariza topish iste'mol talabi asosida modellar, qurish, ma'lumotlarni narx omili, shuningdek aholining daromad darajasi haqida ma'lumot qayta ishlash olingan. Ko'rib chiqish, shuningdek, berilgan:- bardoshli iste'mol tovarlari foydalanish bilan bog'liq ob'ektlarni ishlatish vaqti mavjudligi to'g'risidagi ma'lumotlar;- oila tarkibi;- mebel sotib olish va boshqalar uchun talab borligi asos bo'lgan uy-joy qurilishi, ko'lamiEng tez-tez ham iqtisodiy nazariya bir omil talab funktsiyasi ishlatiladi. Bu ular qabul daromad darajasini maishiy ehtiyojlari bog'liqligini aks ettiradi.Talabga ta’sir etuvchi omillar1. Iste’molchilar didi;2. Bozor iste’molchilar soni;3.Iste’molchilarning; 4. Bir biriga bog’liq tovarlar narxi;5. Kelajakda narx va daromadlarning o’zgarishi.

4. Taklif funksiyasi, grafigi va taklifga ta`sir etuvchi omillar


Taklif funksiyasi bir birlik tovar narxi bo’lganda tovar sotuvchilar maksimal darajada qancha miqdorda tovar taklif qilishini ko’rsatadi. Uning grafigi, talab funksiyasi grafigiday aniqlanadi.bu taklif funksiyasi tovar narxiga bog’liq bo’lib, bu bog’liqlik musbatdir, ya’ni narx (argument) o’sishi taklifning (funksiyaning) o’sishiga olib keladi. Taklif funksiyasi o’suvchidir. Taklif funksiyasi grafigi talab funksiyasi grafigi kabi aniqlanadi.
Taklifning taklif chizig’i bo’yicha o’zgarishiga, taklif miqdorining o’zgarishi deyiladi. Taklif miqdorining o’zgarishi, ya’ni taklifning taklif chizig’i bo’yicha o’zgarishi, faqat narx ta’siri ostida bo’ladi. Narxdan boshqa taklifga ta’sir qiluvchi omillar taklif chizig’ini unga pastga yoki chapga-yuqoriga siljitadi. Taklif chizig’ining o’zini o’ngga yoki chapga siljishiga taklifning o’zgarishi deyiladi. .Ishlab chiqarishda ishlatiladigan tovarlar va xizmatlar narxining o’zgarishi. Narx oshish ehtimoli;Tovar ishlab chiqaruvchilar, sotuvchilar soni..Foyda olishning boshqa manbai mavjudligiFan-texnika sohasida qilingan ixtirolar va ularni ishlab chiqarishga joriy qilish. .Ishlab chiqarilgan mahsulotning tovarlik darajasi, bozorga etkazib berish. Tashqi savdo

5. Bozor muvozanatini ta’minlash modellar



Yüklə 71,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə