Mikroiqtisodiyot


Ishlab chiqarish omillari



Yüklə 71,63 Kb.
səhifə7/17
tarix23.06.2023
ölçüsü71,63 Kb.
#118703
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17
Mikroiqtisodiyot” fani

Ishlab chiqarish omillari — Bevosita ishlab chiqarish jarayonida qoʻllanadigan resurslar boʻlib; yer (tabiat), ishchi kuchi, kapital, tadbirkorlik faolligi (tadbirkorlik qobiliyati) kabi omillar hisoblanadi. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar hajmi, miqdori ulardan foydalanish darajasiga boglik, boʻladi.

28. Mehnat unumdorligining kamayish qonuni.


Mehnat unumdorligi - ishlab chiqarish jarayonida kishilar mehnatining foydaliligi, samaradorligi va mahsuldorligi; Mehnat unumdorligi ishlovchining maʼlum vaqt birligi (soat, smena, oy, yil) ichida tayyorlagan mahsulot hajmi bilan oʻlchanadi. Mehnat unumdorligi tarmoqlari va korxonalarda mehnat unumdorligi yalpi yoki sof mahsulot asosida hisoblanadi. Yillik mahsulot hajmini oʻrtacha ishlovchilar soniga boʻlish orqali bir ishlovchi hisobiga yaratilgan mahsulot aniqlanadi.Mehnat unumdorligining oʻsishi mahsulot birligini ishlab chiqarishda mehnat sarfining kamayishi demakdir. Mehnat unumdorligi yuqori boʻlsa, jami-yat har bir xodim hisobiga koʻproq mahsulot tayyorlash, binobarin, oʻzining oʻsib borayotgan ehtiyojlarini toʻlaroq qondirish imkoniyatiga ega boʻladi. Mehnatning asosiy kapital bilan taʼminlanishini yaxshilash, fantexnika taraqqiyoti yutuqlari va yangi texnologiyani joriy etish, ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish, xodimlarning malakasini va texnik tayyorgarlik darajasini, madaniyatini, maʼlumotini oshirish Mehnat unumdorligi oʻsishining eng muhim omillaridandir
29. Ijtimoiy ne’matlar va umumiy resurslar
Insoniyat tabiatdan biologik, iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, ma'naviy va boshqa xarakterdagi turli-tuman ehtiyojlar qurshovida yaratilgan. Bu ehtiyojlar ichida iqtisodiy, ya'ni moddiy ehtiyojlar muhim o'rin tutadi. Moddiy ehtiyojlar - shaxs, firmalar va jamiyatning faoliyati uchun zarur bo'lgan ehtiyojlarni aks ettiradi.Iste'molchilarning ehtiyojlari turli-tuman bo'lib, ularning ro'yxati juda keng va balki son-sanoqsizdir. Bu ehtiyojlarni qondirish uchun zarur bo'ladigan tovarlar va xizmatlarni shartli ravishda ikkiga, ya'ni birlamchi ehtiyojlarni qondiruvchi va hasham predmetlariga bo'lish mumkin. Ba'zan ayrim iste'molchilar uchun birlamchi sanalgan buyumlar ikkinchi bir iste'molchilar uchun hasham va dabdaba buyumi bo' lishi ham mumkin.Xuddi insonlarniki singari firmalar va davlat tashkilotlarining ham ehtiyojlari mavjud. Masalan, firmalar faoliyat ko'rsatishi uchun binolar, inshootlar, mashina va uskunalar, xomashyo hamda ishchi kuchiga ehtiyoj sezadi. Davlat esa mamlakat fuqarolarining jamoaviy manfaatlarini ifodalab kasalxonalar, maktablar, teatrlar, yo'llar, harbiy qurol-aslahalar va boshqa ijtimoiy ne'matlarga ehtiyoj sezadi.Ayrim ehtiyojlar - masalan, oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-joy insonlarning biologik ehtiyojlari tufayli, ayrimlari ularning mentaliteti, ya'ni yashash manzili, turmush tarzi, madaniyati, ijtimoiy statusi, urf-odatlari va qadriyatlari ta'sirida, ayrimlari esa texnik taraqqiyot va global rivojlanish ta'sirida vujudga keladi.Biz moddiy ehtiyojlarimizni qondirish va farovon hayot kechirishimiz uchun oziq-ovqatlarga, kiyim-kechaklarga, turli xil tovarlar va xizmatlarga ehtiyoj sezamiz. Iqtisodiy ehtiyojlarni qondirish vositalari iqtisodiy ne'matlar deb ataladi. Ayrim ne'matlarni tabiat insoniyatga iste'molga tayyor holatda in'om etgan bo' lsa (masalan, suv, yovvoyi mevalar va hayvonlar), ayrimlarini ishlab chiqarish zarur bo' ladi.Ba'zan bir xil ehtiyojni turli xil ne'matlar orqali qondirish mumkin. Masalan, go'sht mahsulotiga bo'lgan ehtiyojimizni mol go'shti, qo'y go'shti yoki parranda go'shti orqali qondirish mumkin. Bir xil ehtiyojni qondiruvchi turli ne'matlar o'rinbosar ne'matlar deb ataladi.Ba'zan iqtisodiy ehtiyojlarni birgalikda qondiradigan ne'matlar guruhi ham mavjud bo'ladi. Masalan, avtomobilga bo'lgan ehtiyoj o'z navbatida benzin va garajlarga ehtiyojni yuzaga keltiradi. Ularni to'ldiruvchi ne'matlar deb ataymiz.Bizning ehtiyojlarimizni qondirish uchun talab etiladigan aksariyat iqtisodiy ne'matlarni ishlab chiqarish zarur bo'ladi. Buning uchun esa ma'lum miqdordagi iqtisodiy resurslar, ya'ni yer, ishchi kuchi, tadbirkorlik qobiliyati, boshqaruv malakasi, kapital, xomashyo va materiallar, axborot talab etiladi.

30. Sof ijtimoiy mahsulotga talab. Bozor ojizligi.


Sof xususiy ne’matga bo’lgan umumiy talab shaxslarning talab chiziqlarini gorizontal bo’yicha qo’shish orqali aniqlanadi ,Sof ijtimoiy mahsulotni jamoa bo’lib iste’mol qiladi, lekin biz yuqorida aytganimizday har bir shaxs bunday iste’moldan har xil naf ko’radi. Masalan, 5-rasmda A shaxs eng kam naf ko’radi, B shaxs A shaxsga nisbatan ko’proq naf ko’radi, S shaxs B shaxsga ko’ra ko’p naf oladi. Amalda har bir shaxsning qancha naf olganligini hisoblash qiyin. Bunday axborotni olish ham murkkab.Agar iste’mol qilingan sof ijtimoiy ne’matga har bir shaxs o’zi olgan chekli yutug’iga ko’ra pul to’laganda edi, olingan naf to’g’risidagi axborotni yashirishga undaydigan kuchli rag’batlantirish paydo bo’lar edi, hamda olinadigan nafni darajasini ko’pchilik pasaytirishga harakat qilar edi.Bozor ojizligi - bu shunday hodisaki, bunda bozor resurslardan samarali foydalanishni ta’minlay olmaydi.Bozor ojizligini ko’rsatuvchi to’rtta turdagi vaziyat mavjud va bu vaziyatlar samarasiz vaziyat hisoblanadi:Monopoliya.Asimmetrik axborot.Tashqi samara.Ijtimoiy ne’mat.Ushbu vaziyatlarda bozorga davlatning aralashuvi maqsadga muvofiq deb hisoblanadi.

31. Makroiqtisodiyot fanining predmeti, maqsadi va vazifalari.



Yüklə 71,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə