Mintaqaviy iqtisodiyot va menejment


Mehnat resurslaridan foydalanish



Yüklə 157,27 Kb.
səhifə3/11
tarix04.06.2022
ölçüsü157,27 Kb.
#88667
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Kirish1

Mehnat resurslaridan foydalanish

Ushbu konsepsiya XIX asrning oxirlarida XX asrning 60 - yillarida o‘z aksini topgan. Ushbu konsepsiyada ishlab chiqarishda inson emas, uning funksiyasi, ish vaqti sarfi va ish haqi bilan o‘lchanadigan mehnat ko‘rib chiqilar edi.

  1. Personalni boshqarish

Bu konsepsiya 1930 yillarda rivojlangan. Ushbu konsepsiyaning ilmiy asosi bo‘lib byurokratik tashkilotlar nazariyasi hisoblanadi. Bunda inson rasmiy rol mansab orqali ko‘rib chiqilib, boshqarish ma’muriy mexanizmlar (tamoyillar, usullar, vakolatlar, funksiyalar) orqali amalga oshiriladi.

  1. Inson resurslarini boshqarish

Inson mansab sifatida emas (struktura elementi sifatida emas) to‘ldirilmaydigan resurs – uchta asosiy komponentdan (mehnat funksiyasi, ijtimoiy munosabatlar, ishchining ahvoli) iborat tashkilotning ijtimoiy elementi sifatida ko‘riladi. Ushbu konsepsiyaning asoschisi bo‘lib YAponiyaning yetakchi olimlari hisoblanadi.

  1. Insonni boshqarish

Bu konsepsiyaga muvofiq inson tashkilotning asosiy subyekti va boshqaruvning alohida obyekti bo‘lib resurs sifatida qaralishi mumkin emas. Insonning istaklari va qobiliyatidan kelib chiqqan holda tashkilotning strategiya va tarkibi tuzilishi kerak. Ushbu konsepsiya asoschilari Yaponiyaning yetakchi olimlari hisoblaniladi.
Korxona va tashkilot o‘z oldiga qo‘yilgan maqsadlarni ro‘yobga chiqarish uchun turli resurslardan foydalanadi. Ular an’anaviy ravishda uchta asosiy guruhga bo‘linadi: natural yoki tabiiy resurslar (fransuz iktisodchisi J.B.Seyning ta’rifi bo‘yicha: er), moddiy resurslar (kapital) va inson resurslaridan iborat bo‘lib, bularni ishlab chiqarish omillari deb ham atash mumkin.
Korxona va tashkilot resurslarni harid qilar ekan, tashkiliy maqsadlarga erishmoq uchun ulardan unumli foydalanishga harakat qiladi, paxtani qayta ishlab gazmolga aylantiradi, stanoklarda detal tayyorlaydi, avtobus haydovchilarini o‘qitadi va yo‘lga yuboradi.
Mazkur jarayon samarali bo‘lmog‘i uchun korxona foydalaniladigan resurslarning optimal nisbatini (ularning miqdori, usuli, joyi, vaqti, o‘zaro harakat qilish muddati nuqtai nazaridan) ta’minlashi yoki boshqacha aytganda, resurslarni boshqarishi zarur. Bir uyni bir kishi uch yil mobaynida qurishi mumkin, o‘n kishilik brigada - g‘ishtdan to‘rt oy mobaynida, temir – beton bloklaridan uch kishilik brigada ko‘tarma kran yordamida bir oy ichida qurishi mumkin, bu ish uyning bo‘lajak egasi ega bo‘lgan maqsad va mablag‘larga bog‘liqdir. Resurslarni boshqarish tashkilotni boshqarishga asoslanadi.
Moddiy va tabiiy resurslarni boshqarish bilan bir qatorda insonlarni boshqarish har qanday korxona va tashkilotni boshqarishning tarkibiy qismidir. Biroq o‘zining ta’riflariga ko‘ra odamlar tashkilotlar foydalanadigan har qanday resurslardan jiddiy ravishda farq qiladi, binobarin, boshqarishning alohida usullarini talab etadi.
Birinchidan, odamlar aql–idrokka ega bo‘lib, ularning tashqi muhitga (boshqarishga) reaksiyasi mexaniq tarzda emas, balki hissiy – o‘ylangan, anglab etilgan reaksiyadir. Demakki, tashkilot bilan xodim o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir ko‘rsatish jarayoni ikki tomonlamadir.
Ikkinchidan, odamlar doimiy ravishda takomillashib va rivojlanib borishga qodirdirlar. Hozirgi fan va texnika taraqqiyoti davrida texnologiya, shu bilan birga kasbiy ko‘nikmalar bir necha yil mobaynida eskirib qoladi. Shuning uchun ham xodimlarning doimiy ravishda takomillashib va rivojlanib borishga qodirligi korxona va tashkilotning faoliyati samaradorligini oshirishning eng muhim va uzoq davom etadigan manbaidir.
Uchinchidan, insonning mehnat hayoti hozirgi jamiyatda 30 – 50 yil davom etadi, shunga ko‘ra inson bilan tashkilotlarning o‘zaro munosabatlari ham uzoq davom etish xususiyatiga egadir. Masalan, Fransiyada inson o‘rta hisobda bir korxona yoki tashkilotda 16 yil mehnat qiladi.
To‘rtinchidan, odamlar ko‘p hollarda korxona va tashkilotga ongli ravishda, o‘z oldilariga muayyan maqsadlarni qo‘ygan holda keladilar va tashkilotdan ana shu maqsadlarni amalga oshirishga yordam berishni kutadilar. Xodimning korxona va tashkilot bilan o‘zaro hamkorlikda ishlashdan qanoat hosil qilishi, bu hamkorlikni davom etirishning muhim sharti hisoblanadi, xuddi shuningdek, korxona ham bu hamkorlikdan qanoat hosil qiladi.
Yuqorida sanab o‘tilgan o‘ziga xos xususiyatlarga ko‘ra inson resurslarini boshqarish faoliyatning alohida bir turidir, u maxsus vazifalarni bajarishni va mazkur faoliyat bilan shug‘ullanadigan kishilarda alohida sifatlarning bo‘lishini talab qiladi.
Inson resurslarni boshqarish quyidagi maqsadlarga ega bo‘lishi mumkin:
-inson resurslaridan samarali foydalanish;
-tashkilot xizmatchilari o‘rtasida yaxshi mehnat munosabatlarini shakllantirish;
-jamoada yaxshi ijtimoiy-ruhiy muhitni saqlab turish;
-har bir shaxsning mukammal ravishda rivojlanishini ta’minlash.
Ushbu maqsadlarga erishish uchun quyidagi talablar bajarilishi lozim: birinchidan funksional vazifalari aniq belgilangan, qobiliyatli insonlarni ishga olish lozim, buning uchun malakaviy xarakteristikalar ishlab chiqilishi kerak; ikkinchidan insonlarning imkoniyatlarini samarali tadqiq etish; uchinchidan maqsadlarni bajarish uchun mehnat qilishga tayyorlikni qo‘llab-quvvatlash.
Butun tashkilot kabi tashkilot personali ham, shuningdek, uning har qanday qismi ham to‘xtovsiz harakatda bo‘ladi. Bu harakat quyidagilarni o‘z ichiga oladi:


Yüklə 157,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə