127
yoritadi. “Mil” so‘zi “Hayratul-abror”, “Farhod va Shirin” asarlari va Fuzuliydan
keltirilgan misollar bilan izohlanadi:
mil ulkim, podshohlar g‘azab qilgan odamni
ko‘ziga qizutub chekarlar, nobino bo‘lur, ermish. Bu ma’niga mavlono Fuzuliy
buyururlar
.
Darhaqiqat, muallif Xoksor mazkur lug‘atini yaratishda Firdavsiy, Nizomiy,
Sa’diy, Jomiy va Navoiy asarlaridan foydalangan. Xoksor lug‘atda bergan
so‘zlarini adabiy yodgorliklardan misollar keltirib, izohini dallilaydi:
hasab
so‘zining “fazl” va “hunar” hamda “ulug‘luk” ma’nolarida
ishlatilishini
ta’kidlaydi.
Lug‘atda o‘z davri ilmiy saviyasida astronomiyaga doir bir qator terminlar
izohlanadi:
sath
– yuza,
sathi xok
- yer yuzasi,
mintaqa
– zona,
qutr
- fazo,
diametr,
xatti ustuvo
- ekvator.
Shuningdek, lug‘atdan musiqa, adabiyot,
arxitektura va boshqa sohalarga tegishli so‘z-terminlar ham o‘rin olgan:
hijo,
nazm, radif, majoz, balog‘at, tashbeh, razm, fasohat
.
Lug‘atda adabiy til materiallari jonli shevaga qiyoslanadi:
ketmak, kelmak,
kurmak
kabi so‘zlar xorazm va turkmanlarda
gitmak, gelmak, gurmak
tarzida
talaffuz etiladi.
Xoksor asari XVIII asr ilmiy terminologiyasi haqida yetarli ma’lumot
beruvchi manbadir. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, mazkur davr terminologiyasi
ham aksariyat arabcha va forscha so‘zlar bo‘lganidan hozirgidan tamoman farqli.
Demak, o‘zbek ilmiy terminologiyasi
ham bir davrning emas, balki butun tarixiy
jarayonning mahsulidir.
XIX asrda Fatq Alixon Kojariy tomonidan 8000 dan ortiq so‘zga izoh
berilgan
Dostları ilə paylaş: