Моҳир педагог ва ажойиб инсон Нишонбоева Мастуранинг ёрқин ҳотирасига бағишланади



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/82
tarix30.04.2018
ölçüsü5,01 Kb.
#40830
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   82

 
201 
o‘zgartirish kabi yangi muammoni keltirib chiqardi. Natijada gen terapiyasi g‘oyasi 
paydo  bo‘ldi.  Gen  terapiyasi  ikki  xil  usulda  amalga  oshiriladi.  Birinchi  usul  – 
somatik  terapiya.  Bu  usul  mutant  genni  sog‘lom  gen  bilan  almashtirishga  imkon 
beradi, bu sohada ayrim muvaffaqiyatli natijalarga ham erishildi.  
Keyingi  vaqtlarda  irsiy  kasalliklarni  davolashda  hujayra  terapiyasi  (fetal 
terapiya) usulini qo‘llash imkoniyatlari aniqlanmoqda. Hujayra terapiyasi uchun 16-
21 haftali pusht hujayralaridan foydalaniladi.  
Somatik  hujayralar  irsiyatni  o’zgartirish  natijasi  faqat  o’sha  shaxs  uchun 
taalluqli,  uning  nasliga  ta`sir  qilmaydi,  shuning  uchun  ham  bu  usul  etik 
tomondan  insonga  zararsizdir.  Fetal  terapiya  uchun  homila  hujayralaridan 
foydalanishni  ananaviy  ahloq  va  etika  qoidalari  buzilishi  sifatida  talqin  qiluvchilar 
ham kam emas.  
Gen  Terapiyasining  ikkinchi  usuli  –  homila  terapiyasi  bo‘lib,  bunda  jinsiy 
hujayralar  irsiy  materiali  o‘zgartiriladi.  Bu  o‘zgarishlar  nasldan-naslga  o‘tadi. 
Shuning  uchun  ham  homila  terapiyasi  1994  yilda  YUNYESKO  tomonidan 
(hozircha)  qat`iy  taqiqlangan.  Insonning  reproduktiv  funksiyalariga  aralashish 
texnologiyalari  kelajak  avlodlarning  taqdiri  bilan  bog’liq  bo’lgani  uchun,  uning 
etik  tomonlarini  chuqur  tahlil  qilish  va  qonuniy  normativlarini  ishlab  chiqish 
lozim.  
Gametalarning  gen  terapiyasi  keyingi  avlodlar  genomi  o‘zgarishlarga  olib 
kelishi  ya`ni  mutatsiyalar  kelib  chiqishi,  insoniyat  jamiyati  bilan  atrof-muhit 
muvozanati buzilishiga sabab bo‘lishi mumkin.  
Hozirgi  zamon  genetikasining  yana  bir  kashfiyoti  –  organizmlarni 
klonlashtirish bo‘lib, bu usul yordamida donorning bitta somatik hujayrasidan o‘sha 
donorning  ayni  nusxasi  bo‘lgan  butun  organizm  yaratiladi.  Klonlashtirish  jarayoni 
bir nechta bosqichdan iborat. Avval urg‘ochi organizmdan tuhum hujayra olinadi va 
mikroxirurgiya  usuli  bilan  yadrosi  olib  tashlanadi  (enuklezatsiya).  Keyin  yadrosiz 
tuxum  hujayraga  klonlashtirish  mo‘ljallangan  organizmning  somatik  hujayrasi 
yadrosi  kiritiladi.  Bu  jarayon  spermatozoidning  tuhum  hujayrani  otalantirish 
jarayonini eslatadi. Yadro kiritilgandan keyin homilaning rivojlanishi boshlanadi.  


 
202 
Klonlashtirish  usulini  odamlarda  amalga  oshirish  etika  nuqtai  nazardan 
tamomila  mumkin  emas.    Bu  usul  amalga  oshirilishi  odamlar  orasidagi  ijtimoiy 
munosabatlarning  tabiiy  asoslarining  buzilishiga  olib  keladi,  har  bir  shaxsning 
hayotini myensimaslikka olib keluvchi dunyoqarashlar rivojlanishiga sabab bo‘lishi 
mumkin. 
Ko‘pchilik  fikriga  ko‘ra  klonlashtirish  natijasi  insonning  nafsoniyatiga,  uning 
nodirligiga,  shaxsiy  daxlsizlikka  xavf  tug‘diradi,  inson  irsiyatni  begonalar 
aralashishidan ximoyasiz qilib qo‘yadi. Dunyoning ko‘pchilik mamlakatlarida klon 
bolalarni olish maqsadida reproduktiv klonlashtirish qonun bilan taqiqlangan.  
Keyingi 
yillarda 
insonnning 
somatik 
hujayralarini 
klonlashtirish 
texnologiyasi  takomillashtirillmoqda.  O’zak  hujayralardan  foydalanish  tibbiyot 
genetikasi  oldida  juda  porloq  istiqbol  yaratishi  mumkin.  Bunday  o‘zak  hujayralar 
transplantatsiyasi  inson  organizmida  immun  nomoslik  reaktsiyalarga  sabab 
bo‘lmaydi.  Moskvalik  profyessor  V.Tarantul  fikriga  ko‘ra,  bolaning  tug‘ilish 
vaqtida  uning  homila  hujayralaridan  (masalan,  kindik  hujayralaridan)  o’zak 
hujayralar  banki  yaratish  mumkin.  40-50  yillardan  keyin  o‘sha  shaxsda 
shikastlangan  a`zoning  o‘rniga  o‘zak  hujayralar  bankidan  mazkur  a`zoni  sun`iy 
o‘stirib, almashtirish mumkin. O‘zak hujayralar inson organizmining asosini tashkil 
qiladi.  O‘zak  hujayralardan  har  qanday  to‘qimalar  (mushak,  asab,  qon,  Teri  va 
hokazo)  rivojlanishi  mumkin.  O‘zak  hujayralardan  parkinsonizm,  orqa  miya 
kasalliklari,  yurak  yetishmovchiligi,  bo‘g‘imlar,  asab  sistemasi  kasalliklarini 
davolashda foydalanish istiqboli mavjud.  
Embrionlardan  sun`iy  o‘stiriladigan  o‘zak  hujayralar  texnologiyasiga  etika 
nuqtai  nazaridan  hech  qanday  e`tirozlar  bo‘lishi  mumkin  emas.  CHunki  bunday 
amaliyotlar  insonning  shaxsiy  suveryenitetini  buzmaydi  va  bu  texnologiya  ilmiy-
tadqiqot maqsadida ham tibbiyot sohasida ham foydalidir. Buyuk Britaniyada o‘zak 
hujayralardan tibbiy maqsadlarda foydalanishga ruxsat berilgan.  
 
Tayanch so’zlar:  
Tibbiyot etikasi 
 
 
 
Genetik prognostika  


 
203 
Irsiy kasallar bilan muloqot 
 
Irsiy kasalliklarni davolash muammolari 
Prenatal diagnostikada etikasi    
Suniy urug‘lantirish  
Homilani davolash, genoterapiya 
Organizmlarni klonlashtirish somatik  
O‘zak hujayralar bankini yaratish  
hujayralarni klonlashtirish. 


 
204 
Ilova. 
I. ENG KO’P UCHRAYDIGAN STIGMALAR 
BOSH STIGMALARI. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Braxisefaliya   
 
 
Dolixosefaliya 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
     
    Mikrosefaliya 
 
 
 
 
Gidrosefaliya 


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə