201
o‘zgartirish kabi yangi muammoni keltirib chiqardi. Natijada gen terapiyasi g‘oyasi
paydo bo‘ldi. Gen terapiyasi ikki xil usulda amalga oshiriladi. Birinchi usul –
somatik terapiya. Bu usul mutant genni sog‘lom gen bilan almashtirishga imkon
beradi, bu sohada ayrim muvaffaqiyatli natijalarga ham erishildi.
Keyingi vaqtlarda irsiy kasalliklarni davolashda hujayra terapiyasi (fetal
terapiya) usulini qo‘llash imkoniyatlari aniqlanmoqda. Hujayra terapiyasi uchun 16-
21 haftali pusht hujayralaridan foydalaniladi.
Somatik hujayralar irsiyatni o’zgartirish natijasi faqat o’sha shaxs uchun
taalluqli, uning nasliga ta`sir qilmaydi, shuning uchun ham bu usul etik
tomondan insonga zararsizdir. Fetal terapiya uchun homila hujayralaridan
foydalanishni ananaviy ahloq va etika qoidalari buzilishi sifatida talqin qiluvchilar
ham kam emas.
Gen Terapiyasining ikkinchi usuli – homila terapiyasi bo‘lib, bunda jinsiy
hujayralar irsiy materiali o‘zgartiriladi. Bu o‘zgarishlar nasldan-naslga o‘tadi.
Shuning uchun ham homila terapiyasi 1994 yilda YUNYESKO tomonidan
(hozircha) qat`iy taqiqlangan. Insonning reproduktiv funksiyalariga aralashish
texnologiyalari kelajak avlodlarning taqdiri bilan bog’liq bo’lgani uchun, uning
etik tomonlarini chuqur tahlil qilish va qonuniy normativlarini ishlab chiqish
lozim.
Gametalarning gen terapiyasi keyingi avlodlar genomi o‘zgarishlarga olib
kelishi ya`ni mutatsiyalar kelib chiqishi, insoniyat jamiyati bilan atrof-muhit
muvozanati buzilishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Hozirgi zamon genetikasining yana bir kashfiyoti – organizmlarni
klonlashtirish bo‘lib, bu usul yordamida donorning bitta somatik hujayrasidan o‘sha
donorning ayni nusxasi bo‘lgan butun organizm yaratiladi. Klonlashtirish jarayoni
bir nechta bosqichdan iborat. Avval urg‘ochi organizmdan tuhum hujayra olinadi va
mikroxirurgiya usuli bilan yadrosi olib tashlanadi (enuklezatsiya). Keyin yadrosiz
tuxum hujayraga klonlashtirish mo‘ljallangan organizmning somatik hujayrasi
yadrosi kiritiladi. Bu jarayon spermatozoidning tuhum hujayrani otalantirish
jarayonini eslatadi. Yadro kiritilgandan keyin homilaning rivojlanishi boshlanadi.
202
Klonlashtirish usulini odamlarda amalga oshirish etika nuqtai nazardan
tamomila mumkin emas. Bu usul amalga oshirilishi odamlar orasidagi ijtimoiy
munosabatlarning tabiiy asoslarining buzilishiga olib keladi, har bir shaxsning
hayotini myensimaslikka olib keluvchi dunyoqarashlar rivojlanishiga sabab bo‘lishi
mumkin.
Ko‘pchilik fikriga ko‘ra klonlashtirish natijasi insonning nafsoniyatiga, uning
nodirligiga, shaxsiy daxlsizlikka xavf tug‘diradi, inson irsiyatni begonalar
aralashishidan ximoyasiz qilib qo‘yadi. Dunyoning ko‘pchilik mamlakatlarida klon
bolalarni olish maqsadida reproduktiv klonlashtirish qonun bilan taqiqlangan.
Keyingi
yillarda
insonnning
somatik
hujayralarini
klonlashtirish
texnologiyasi takomillashtirillmoqda. O’zak hujayralardan foydalanish tibbiyot
genetikasi oldida juda porloq istiqbol yaratishi mumkin. Bunday o‘zak hujayralar
transplantatsiyasi inson organizmida immun nomoslik reaktsiyalarga sabab
bo‘lmaydi. Moskvalik profyessor V.Tarantul fikriga ko‘ra, bolaning tug‘ilish
vaqtida uning homila hujayralaridan (masalan, kindik hujayralaridan) o’zak
hujayralar banki yaratish mumkin. 40-50 yillardan keyin o‘sha shaxsda
shikastlangan a`zoning o‘rniga o‘zak hujayralar bankidan mazkur a`zoni sun`iy
o‘stirib, almashtirish mumkin. O‘zak hujayralar inson organizmining asosini tashkil
qiladi. O‘zak hujayralardan har qanday to‘qimalar (mushak, asab, qon, Teri va
hokazo) rivojlanishi mumkin. O‘zak hujayralardan parkinsonizm, orqa miya
kasalliklari, yurak yetishmovchiligi, bo‘g‘imlar, asab sistemasi kasalliklarini
davolashda foydalanish istiqboli mavjud.
Embrionlardan sun`iy o‘stiriladigan o‘zak hujayralar texnologiyasiga etika
nuqtai nazaridan hech qanday e`tirozlar bo‘lishi mumkin emas. CHunki bunday
amaliyotlar insonning shaxsiy suveryenitetini buzmaydi va bu texnologiya ilmiy-
tadqiqot maqsadida ham tibbiyot sohasida ham foydalidir. Buyuk Britaniyada o‘zak
hujayralardan tibbiy maqsadlarda foydalanishga ruxsat berilgan.
Tayanch so’zlar:
Tibbiyot etikasi
Genetik prognostika
203
Irsiy kasallar bilan muloqot
Irsiy kasalliklarni davolash muammolari
Prenatal diagnostikada etikasi
Suniy urug‘lantirish
Homilani davolash, genoterapiya
Organizmlarni klonlashtirish somatik
O‘zak hujayralar bankini yaratish
hujayralarni klonlashtirish.
204
Ilova.
I. ENG KO’P UCHRAYDIGAN STIGMALAR
BOSH STIGMALARI.
Braxisefaliya
Dolixosefaliya
Mikrosefaliya
Gidrosefaliya
Dostları ilə paylaş: |