Моҳир педагог ва ажойиб инсон Нишонбоева Мастуранинг ёрқин ҳотирасига бағишланади


-rasm. Invaziv usullar Xorionbiopsiya (a)  va platsyentobiopsiya (b)



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/82
tarix30.04.2018
ölçüsü5,01 Kb.
#40830
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   82

 
192 
 
56-rasm. Invaziv usullar Xorionbiopsiya (a)  va platsyentobiopsiya (b) 
Muolaja  UTT  nazoratida  transabdominal  yoki  transtservikal  usulda  amalga 
oshiriladi. Xorionbiopsiya osonroq usul hisoblanadi.Transabdominal biopsiyadan 
keyin  10%gacha  qon  ketish  asorati  kuzatilishi  mumkin,  juda  kam  hollarda 
bachadon  infeksiyasi  rivojlanishi  mumkin.  Transtservikal  biopsiya  ancha  qiyin, 
ko‘p asoratlar bergani uchun uncha qo‘llanilmaydi. Xorionbiopsiya asoratlaridan 
biri  spontan  abortlardir  (2,5-3%gacha).  Xorionbiopsiyani  homiladorlikning  8-


 
193 
xaftasidan  keyin,  platsentobiopsiyani  esa  11-haftasidan  keyin  amalga  oshirish 
tavsiya etiladi. 
    Olingan  xorion  va  platsenta  bioptatlarini  tsitogenetik,  biokimiyoviy, 
molekulyar- genetik usullarda tekshiriladi. 
 Amniotsentez    homiladorlikning  15-18  haftalarida  amnion  suyuqligini  olib, 
undagi hujayralarni tekshirishga asoslangan usul. Amniotsentez juda kam asorat 
beradi (0,2%). 
    Amniotsentez 
transabdominal 
usulda 
amalga 
oshiriladi 
(57-rasm), 
transtservikal  usul  deyarli  amalga  oshirilmaydi.  8-10  ml  amnion  suyuqligi 
olinadi.  Amnion  suyuqligidagi  homila  hujayralar  syentrafugalash  yo‘li  bilan 
ajratib olinadi va 2-4 hafta davomida sun`iy o‘stiriladi. Ularni keyin sitogenetik, 
biokimiyoviy, molekulyar-genetik usullarda tekshiriladi. Faqat polimeraza zanjir 
reaktsiyasi 
uchun 
hujayralarni 
sun`iy 
o‘stirish  shart  emas 
(58-rasm). 
 
 57-rasm. Amniotsentez 
tekshiruv usuli. 
 


 
194 
58-rasm. Amniosentez usuli bosqichlarining sxematik tasviri. 
Kordotsentez. 
UTT nazorati ostida kindikdan qon olib tekshirishga asoslangan (59-rasm). Usul 
homiladorlikning  18-22  haftalarida  o‘tkaziladi.  Olingan  qon  tsitogenetik, 
biokimiyoviy,  molekulyar-genetik  usullarda  tekshiriladi.  Buning  uchun  avval 
limfotsitlar  ajratib  olinib,  sun`iy  ustiriladi.  Kordotsentez  usuli  amniotsentez 
usuliga  nisbatan  qulayroq,  chunki  limfotsitlarni  2-3  kun  davomida  o‘stiriladi, 
amniotsitlarni o‘stirish uchun ko‘proq vaqt ketadi. 
 
59-rasm. Kordosentez 
 
Kordotsentez 
usulidan 
xromosoma 
sindromlariga, 
qon 
kasalliklariga, 
immunodefitsitlarga,  irsiy  ona  bola  nomosliklariga  (Rh),  noma`lum  bachadon 
infeksiyalariga tashxis qo‘yishda foydalaniladi. 
    To’qimalar  biopsiyasi  usuli  UTT  nazoratida  homiladorlikning  2  trimyestrida 
o‘tkaziladi, ixtioz, epidyermoliz kabi og‘ir irsiy kasalliklarga tashxis qo‘yish uchun 
pusht  Terisi  biopsiya  qilinib  tekshiriladi.  Olingan  bioptatlar  morfologik  usullarda 
o‘rganiladi.  
    Dyushenn  mushak  distrofiyasini  aniqlash  uchun  pusht  mushak  to‘qimasi 
bioptatlari 
immunoflyuorestsent 
usulda 
tekshiriladi. 
Dyushenn 
mushak 
distrofiyasida  muhim  oqsil  -  distrofin  sintezlanmaydi.  Distrofin  oqsil  bo‘lmasa 
flyuorestsentsiya kuzatilmaydi. Bu usul molekulyar-genetik usulga nisbatan aniqroq 
natija beradi.  


 
195 
Fetoskopiya  kam  ishlatiladigan  usul  bo‘lib,  maxsus  zond  yordamida  pushtni 
tekshirishga 
asoslangan. 
Homiladorlikning 
18-22 
haftalarida 
qo‘llaniladi.Fetoskopiya  7-8%gacha  asorat  berishi  mumkin  (bola  tushishi)  unga 
nisbatan  UTT  usuli  qulayroq,  samaraliroq  va  asorat  bermagani  uchun  fetoskopiya 
deyarli qo‘llanilmaydi. 
12.2. Preimplantatsion diagnostika 
Hozirgi  davrda  tuxum  hujayralarni  in  vitro  sharoitida  otalantirilib,  blastotsista 
bosqichigacha  rivojlantirish  va  bachadonga  implantatsiya  qilish  usuli  keng  yo‘lga 
qo‘yilgan.  Bu  usuldan  bachadon  nayi  bitib  qolganligi  tufayli  kelib  chiqadigan 
bepushtlikni davolashda muvaffaqiyatli foydalanilmoqda.  
Ekstrakorporal otalanish natijasida olingan 8-16 blastomerali bosqichdagi zigotadan 
1-2  blastomerasini  ajratib  olib  preimplantatsion  diagnostikasi  mikrometodlar 
yordamida amalga oshirish mumkin. 
Preimplantatsion  diagnostika  uchun  homilani  bachadondan  ham  olish  mumkin. 
Otalanishdan  keyin  homila  90-130  soat  davomida  bachadon  nayidan  bachadonga 
tushadi.  O‘sha  vaqtda  hali  implantatsiyalanmagan  homilani  maxsus  moslamalar 
yordamida bachadondan chiqarib olish mumkin. Tekshirish o‘tkazilguncha homilani 
chuqur  muzlatib  qo‘yiladi.  Agar  irsiy  kasalliklar  aniqlanmasa  homila  yana 
bachadonga  qaytarib  kiritiladi.  Bunday  muolaja  o‘tkazilgan  homilalar  50%gacha 
normal rivojlanishi mumkin. 
Olingan  hujayralarni  polimeraza  zanjir  reaktsiyasi  (PZR),  monoklonal  antitelolar, 
ultramikronalitik usullar yordamida tekshiriladi. 
Preimplantatsion  diagnostika  birlamchi  profilaktika  usuli  hisoblanadi.  Uni  yaxshi 
yo‘lga qo‘yilsa prenatal diagnostika o‘tkazishga, abortlarga xojat qolmaydi. 
12.3. Skrining dasturlar. 
Irsiy  kasalliklar  ba`zan  fenotipik  nomoyon  bo‘lmaydi  yoki  kasallikning  klinik 
belgilari  yaqqol  yuzaga  chiqmaydi.  Bunday  holatlarda  skrining  tekshirish  usullari 
qo‘llaniladi.Skrining  tekshirishlarning  harakterli  xususiyatlari  quyidagilar 
hisoblanadi: 
1.
 
YOppasiga, tanlamasdan o‘tkaziladi 


 
196 
2.
 
Kasallikning oldini olishga qaratiladi 
3.
 
Tashxis kamida ikki bosqichda o‘tkaziladi.  
    Ckrining tekshirishlari oddiy,arzon, tez natija beruvchi testlar yordamida amalga 
oshiriladi.Ommaviy  tekshirishlar  natijasida  ma`lum  kasallik  gumon  qilingan 
shaxslar aniqlanib, ularni murakkab, aniq natija beruvchi usullar yordamida takroriy 
tekshiriladi. 
    Ommaviy skrining tekshirishlar quyidagi holatlarda o‘tkaziladi: 
1.
 
Agar  o‘z  vaqtida  profilaktik  davolash  o‘tkazilmasa  hayot  qobiliyati  cheklanib, 
nogironlikka olib keluvchi irsiy kasalliklarda. 
2.
 
Aniqlanadigan  kasalliklarga  nisbatan  samarali  profilaktik  davolash  usullari 
mavjud bo‘lganda. 
3.
 
Aniqlanadigan  kasallikning  uchrash  chastotasi  1:10000  va  undan  yuqori 
bo‘lganda. 
4.
 
Klinik  nomoyon  bo‘lguncha  aniq  tashxisga  imkon  beruvchi  biokimyoviy  va 
molekulyar-genetik usullar mavjud bo‘lganda. 
     Ommaviy skrining tashxis usullari quyidagi mezonlarga javob berishi lozim: 
1.
 
Oddiy, arzon, qimmatbaho reaktivlar, asboblar talab qilmaslik 
2.
 
Tekshiruv natijalarida xatoliklar deyarli bo‘lmasligi 
3.
 
Tekshiruvlar har xil tadqiqotchilar tomonidan bemalol o‘tkazila olinishi. 
4.
 
Tekshirish uchun qulay material bo‘lishi, bu materiallarni kam miqdorda olinishi 
mumkinligi, ularning yaxshi saqlanishi, markaziy laboratoriyalarga yubora olish 
imkoniyati bo‘lishi. 
    Shunday qilib skrining dasturlarining asosiy maqsadi chaqaloqlarda mavjud irsiy 
kasalliklarni erta aniqlash va davolashni tashkillashtirishdir. 
    Skrining dasturlar quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi: 
1.
 
CHaqaloqlarda tekshirish uchun material olib uni laboratoriyaga yetkazish. 
2.
 
Laboratoriyada skrining tekshirish o‘tkazish 
3.
 
Skrining tekshirishda ijobiy natija olingan shaxslarning ikkinchi bosqichda aniq, 
murakkab tekshirishlar o‘tkazish 
4.
 
Aniqlangan kasallarni davolash va dispanser nazoratiga olish 


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə