Moliyaviy va boshqaruv tahlili pv doc



Yüklə 11,19 Mb.
səhifə35/316
tarix22.03.2024
ölçüsü11,19 Mb.
#180553
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   316
642a946f5e25f (1)

O‘rtacha

rorlanishlar (∑F) soniga bo‘linadi.

arifmetik (Tortilgan)

Misol uchun, 20 kishining (F1) har biri 50 kg dan paxta (X1) terdi, 40 kishi (F2) esa 60 kg. dan paxta




(X2) terdi. Har bir kishi o‘rtacha




qancha

paxta

terganligi

aniq-




lanadi.

O‘rtacha xronologik

Х  (1 x x  ..... 1 x ) /(N 1) 2 1 2 2 N

Voqeliklarni sodir bo‘lish inter- vallari bir xil bo‘lganligi inobatga olinib, muayyan davrdagi o‘rtacha aniqlanadi. Misol uchun, ombor- dagi mahsulotlarning oy oxiriga
yoki boshiga qoldiqlarini o‘rtacha miqdorlari topiladi.

O‘rtacha geometrik



Х N X 1 * X 2 *...* X n

Voqeliklar o‘zgarishi koeffitsi- yentlarda aniqlanib, koeffitsiyent- lar asosida o‘rtacha miqdor topila- di. Misol uchun, baho o‘zgarish- larining o‘rtacha o‘zgarishi aniq-
lanadi.

O‘rtacha kvadratik

X 2
X
N

Oddiy arifmetik o‘rtachani yanada aniqlikda hisoblab topish uchun
zarur.



ITda o‘rtacha miqdordan foydalanishda ommaviy ma’lumotlarga asoslangan holda hodisalarning umumlashma tavsifini berishini hisobga olish lozim. Ularning kuchi ham, nuqsoni ham shunda. Ko‘pincha yomon bo‘lmagan umumiy o‘rtacha ko‘rsatkichlar ichida yomon ishlovchi brigada, sex va boshqa xo‘jalik bo‘linmalari natijalari yashirin bo‘ladi. O‘rtacha olingan ma’lumotlarda korxonaning alohida segment- lari yutuqlari ham ko‘rinmaydi. Shuning uchun tahlilda ularni o‘rtacha guruh, ayrim hollarda esa individual ko‘rsatkichlar bilan to‘ldirib, o‘rtacha miqdor mazmunini yoritish zarur.
    1. Guruhlashtirish usuli


Iqtisodiy tahlil korxona faoliyatida ko‘p sonli voqeliklarni guruh- lashtirish usuli bilan tartibga solib o‘rganadi. Bunda voqeliklarni ijtimoiy-iqtisodiy tabiati chuqur tadqiq etilib, ularning bir turdagi xususiyatlari, jihatlari va miqdorlari aniqlanib, shu mezonlar bo‘yicha guruhlar va kichik guruhlarga ajratiladi. Ta’kidlash kerakki, voqeliklar tasodifiy belgilariga ko‘ra guruhlarga bo‘linmaydi. Bu holat tahlil natijalariga jiddiy ta’sir etadi.
Voqeliklarni tashkil etuvchi tarkib, tuzilish hamda tartibi ularning o‘zgarish sababi hamda o‘zgartiruvchi asosiy omillarining birgalikda yuzaga chiqishi hamda o‘zaro bog‘liqligi asosida ko‘rsatkichlarni guruhlashtirish uchun ilmiy asoslangan belgilar topiladi. Xo‘jalik jarayonlarini belgilar bo‘yicha guruhlarga ajratish bilan har bir guruhga tegishli boshqa voqeliklarni aniqlash, o‘rganish, ularning o‘ziga xos tomonlarini topish hamda guruhdagi turli voqeliklarni o‘zaro aloqalari, bog‘liqliklari va ta’sirini bilish, shu asosda guruh bo‘yicha bir necha jarayonlarning birgalikdagi rivojlanishining yo‘nalishi hamda qonuniy- ligi aniqlanadi. Demak, korxona faoliyatidagi voqeliklarni tuzilishi va o‘zaro bog‘liqliklarini o‘rganish maqsadida barcha ko‘rsatkichlarni ilmiy asoslangan belgilariga ko‘ra ajratib, ajralgan muayyan bo‘lakga tegishli voqeliklarni alohida tarzda o‘rganish usuli guruhlashtirishning mazmunini tashkil etadi. Shu joyda ta’kidlab o‘tish kerakki, alohida olingan guruhlarni o‘rganish natijasida olingan xulosalar iqtisodiy tahlilda belgilab olingan umumiy maqsad va vazifalardan kelib chiqib sintez qilinadi.
Iqtisodiy tahlilda guruhlashtirish maqsadi va vazifasiga ko‘ra: tipologik, tuzilish va omilli guruhlarga ajratiladi.
Tipologik guruhlashtirish – bir turdagi voqeliklarni umumiy belgi bo‘yicha bo‘laklarga ajratishdir. Misol uchun, korxonalarni mulkchilik shakli bo‘yicha (davlat, qo‘shma, AJ, xususiy va shu kabilar) yoki korxonadagi barcha xodimlarni (asosiy va yordamchi ishchilar, injener- texnik xodimlar, xizmatchilar va shu kabilar) kategoriyalari bo‘yicha guruhlashtirish.
Tuzilish bo‘yicha guruhlashtirish - ko‘rsatkichlarni ichki tuzilishi va ularning alohida qismlarini mutanosibligini o‘rganishga qaratilgan. Umumiy ishchilar tarkibida - ishchilarning malakasi, ma’lumoti, ish staji, yoshi, jinsi va boshqa belgilari bo‘yicha o‘rganish ushbu guruh- lashtirishga misol bo‘la oladi.
Omilli (analitik) guruhlashtirish natijaviy ko‘rsatkichga (oqibat) ta’sir qiluvchi omil (sabab) bo‘yicha tashkil qilinadi. Bunday analitik guruhlashtirishda voqeliklarning bir-birlariga bog‘liqliklarini o‘rganish maqsadida ko‘rsatkichlar birinchisi ikkinchisini keltirib chiqaruvchi taribda tuziladi, ya’ni birinchi ko‘rsatkich ikkinchi ko‘rsatkichga ta’sir etuvchi omil, o‘z navbatida ikkinchi ko‘rsatkich birinchi ko‘rsatkich ta’sirining natijasidir. Misol uchun, guruhdagi xodimlarning ish staji, ularning oylik maoshini o‘zgarishiga ta’sir etadi yoki ishlab chiqarish jarayonini texnik va texnologik jihatdan yangilash har bir ishchi tomoni- dan ishlab chiqarilgan mahsulotlar miqdorini oshirishga keskin ta’sir etadi.

  1. jadval

Yüklə 11,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   316




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə
Psixologiya