Moliyaviy va boshqaruv tahlili pv doc


Iqtisodiy tahlilda balans usuli



Yüklə 11,19 Mb.
səhifə37/316
tarix22.03.2024
ölçüsü11,19 Mb.
#180553
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   316
642a946f5e25f (1)

Iqtisodiy tahlilda balans usuli


Balans usuli o‘zaro bog‘liq va tenglangan iqtisodiy ko‘rsat- kichlarning ikki guruhi proporsiyalari, nisbatini aks ettirish uchun xizmat qiladi. Bu usul buxgalterlik hisobi va rejalashtirish amaliyotida keng tarqalgan, lekin u iqtisodiy tahlilda ham muayyan ahamiyat kasb etadi, xususan, korxonaning mehnat, moliyaviy resurs, xomashyo, yonilg‘i, material, asosiy ishlab chiqarish vositalari va boshqalar bilan ta’minlanganligi tahlilida keng foydalaniladi. Misol uchun, korxonaning mehnat resurslari bilan ta’minlanganligi aniqlash maqsadida, mehnat resurslari bo‘yicha balans tuziladi. Unda, bir tomondan, mehnat resurs- lariga bo‘lgan ehtiyoj, boshqa tomondan – ularning haqiqatdagi mavjud- ligi ko‘rsatiladi. Mehnat resurslaridan foydalanish tahlilida ish vaqtining ehtimoliy fondi haqiqatdagi ishlangan soatlar miqdori bilan taqqos- lanadi. Chorvaning ozuqa bilan ta’minlanganligini aniqlash uchun ozuqa balansi ishlab chiqiladi. Unda, bir tomondan, ozuqaga bo‘lgan rejaviy ehtiyoj ko‘rsatilsa, boshqa tomondan – uning haqiqatda mavjudligi ko‘r- satiladi. Korxonaning to‘lov qobiliyatini aniqlash uchun to‘lov balansi tuziladi, unda to‘lov mablag‘lari va to‘lov majburiyatlari o‘zaro taqqoslanadi.


Qo‘shimcha vositalar sifatida iqtisodiy tahlilda balans metodi natijaviy ko‘rsatkichlar kattaliklari o‘sishiga turli omillarning ta’siri aniqlash to‘g‘riligini tekshirish uchun foydalaniladi. Determinatsiya- lashgan tahlilda alohida omillarning ta’sir kattaliklari algebraik summasi natijaviy ko‘rsatkichning umumiy o‘sish kattaligiga mos kelishi lozim.
Balans usuli additiv omilli model tuzishda foydalanilishi mumkin.
Misol uchun, tovar balansi

Ta = Tyb + Tk - Tyo.


Tovar aylanish hajmi tahlili


18-jadval







Yüklə 11,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   316




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə