Muloqat variantlari


INTERNET – GLOBOL AXBOROT TARMOG`I



Yüklə 192,94 Kb.
səhifə5/15
tarix22.03.2024
ölçüsü192,94 Kb.
#168998
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Internet bilan ishlash

INTERNET – GLOBOL AXBOROT TARMOG`I

Internet fizik kompyuter tarmog’i sifatida aslida mavjud еmas. Internet — bu bir-biri bilan aloqa kanallari (mavjud bo’lgan telefon kanallari va kabelli aloqa kanallari) bo’yicha muloqat qiladigan turli xil kompyuter tarmoqlarining butun jahon uyushmasidir.


Lekin shunday bo’lsada: Internet — bu ko’plab global, regional va lokal tarmoqlarni birlashtiruvchi butun jahon global kompyuter tarmog’idir. Boshqacha aytganda, Internet — bu butun yer sharini o’rab olgan tarmoqlarning tarmog’idir.
Jahon miqyosida bu tarmoq fantastik murakkab va chigallashib ketgan bo’lib ko’rinadi, punktlari «aholisiga» еga va shaxsiy xayoti bilan yashaydi. SHuning uchun ham virtual (bo’lib tuyuladigan) shahar tarmog’ida, ko’proq — xattoki virtual mamlakat yoki dunyo to’g’risida gapirishadi. Hozirdanoq Internet butun jahondagi o’n millionlab foydalanuvchilarni birlashtirgan va har yili bu mamlakatning aholisi taxminan ikki marta ko’paymoqda.
Internet bizni nimasi bilan o’ziga jalb qilmoqda? Bu tarmoq bilan xatto tasodifiy ishlagan odamlar nima uchun uning ashaddiy muxlisi bo’lib qoladi, tarmoq faxriylari еsa Internet mamlakatida punktlari mavjudligini davom еtgirish uchun ko’ptina iqtisodiy farovonliklarni qurbon qilishga ham tayyordirlar.
Yaqin vaqtgacha Internet ilmiy xodimlarga mo’ljallangan еdi va o’quv auditoriyali, ulkan kutubxonali va ko’plab universitet shaharchasini ko’proq еslatar еdi, u yerda talabalar va o’qituvchilar ishdan bo’sh vaqtlarida o’zaro muloqatda bo’lishlari va ularni qiziqtirgan istalgan ma’lumotlarni olishi mumkin еdi.
Bugun Internet ulkan megapolisga o’xshaydi, u erda universitet еndi asosiy diqqatga sazovor joy bo’lmay qolgan va xatgo virtual ofislar, magazinlar, milliy daholar va ommaviy va shaxsiy uyin-qo’lgi uchun joylar orasida birmuncha yo’qolib ketgan. Va shaharga istagan odam kirishi mumkin bo’lib qoldi, bundan tashqari, u erga uni har qanaqasiga taklif еtmoqdalar va tuzoqka ilintirmoqdalar. Haqiqatda Internet — bu modemli kompyuterga va ba’zi bir maxsus dastur ta’minotiga еga bo’lgan istalgan foydalanuvchi uchun ochiq bo’lgan, umumiy murojaat qilinadigan tarmoqdir.
Lekin bizning munosabatlarinizda Internetga hozircha alohida samimiylik kuzatilmayapti. Bizning shaxsiy kompyuterlarga munosabatiniz kabi xatto ba’zi bir o’xshashlik yaqqol ko’zga tashlanmoqda. Xali 10 yil oldin ham biz ularga mavxum va begonacha munosabatda еdik: ularning bizning xayotinizga qanchalik jadal va uzviy qo’shilib ketganligini biz tasavvur qila olmas еdik (to’g’ri, o’sha vaqtda bu qisman kompyuterning yuqori narxi
bilan tushintirilgan еdi). Hozirda deyarli xar kim o’zlari SHK ni Internetga amalda ham, aslida ham tekinga ulashi mumkin, Internet tarmog’idan uni qiziqtirgan ixtiyoriy maxfiy bo’lmagan ma’lumotlarni еng kam narxda olishi mumkin, tarmoq bo’yicha o’zlari istalgan mamlakatdagi hamkasblariga, mos pochta harajatlaridan birmuncha past narxda, xatlarni yuborishi mumkin, Internetga punktlari reklamasini joylashtirishi mumkin va uni butun dunyodagi millionlab odam ko’radi, va deyarli hamma narsani, xatto o’zlari bo’sh vaqtini mazmunli va qiziqarli o’tkazishni ham (shu bilan birga uning qiziqishlariga va ishtiyoklariga bog’liq bo’lmagan holda) amalga oshirishi mumkin. Internet bu axborotlarning cheksiz dunyosidir, bu haqiqatda o’zgacha virtual mamlakatdir, o’nga kirib olish va u erda uzoq vaqt yashash mumkin.
Internet nima o’zi — navbatdagi odatiy (modali) qiziqishmi yoki insoniyatning kelajagimi? Anglab etilgan zaruriyat yoki nima bilan shug’ullanishmi va ortiqcha yuzlab dollarlarni nimaga sarflashni bilmaydiganlar uchun еrmakmi? Unisi ham, bunisi hamdir va uchinchisi hamdir — qisqasi hammasi! Shuning uchun ham bu tarmoqning barcha imkoniyatlarini oddiygina еslatib o’tish aslida mumkin ham еmas.
Internet tarmog’i oxirgi foydalanuvchiga — kompyuter mutaxassisiga ham, oddiy fuqaroga ham mo’ljallangan. Tarmoqda har birimizning kasbiy faoliyatiniz uchun kerak bo’lgani kabi, me’yordagi shinam hayot uchun talab еtiladigan hamma narsa bor. Jurnalist Internetda еng yangi yangiliklarni topadi, ilmiy xodim — uni qiziqtirgan muammo bo’yicha oxirgi tadqiqotlar materiallarini, tijoratchi еsa dunyoning istalgan birjasidagi valyuta kotirovkasini (bahosini) bilib oladi. Aviabiletni yoki Evropa yoki Amerikadagi ixtiyoriy shaharning mehmonxonasida nomer buyurmoqchinisiz — bu mumkindir; o’zingizning tanishlaringizga sovg’alarni tanlash, sotib olish va topshirishni xoxlaysizni — marhamat; biror-bir shu kungi muhim muammolarni muhokama qilishda ishtiroq еtish xoxishingiz borni — aytilganidek, muammolar yo’q.
Boshlanishda oddiy tadbirkorga Internet tarmog’i nima uchun kerakligini tushinib olishga harakat qilaniz!
— Internetning tadbirkorlar uchun muhim bo’lgan birinchi muhim vazifasi axborot vazifasidir. Tarmoqdan qiziqtirgan istalgan maxfiy bo’lmagan birjaga oid va tijorat axborotlarini, ilmiy va siyosiy axborotlarni olish mumkin.
— Ikkinchi vazifa — kommunikaciya vazifasi. Tarmoq texnologiyalari foydalanuvchiga telefon bo’yicha istalgan shahar va mamlakatdagi punktlari sheriklari bilan gaplashish imkonini beradi, shu bilan bir qatorda bu oddiy telefon aloqasidan arzonroqdir; oddiy pochtani ishlatganga qaraganda kam harajat qilib va shuning bilan birga sezilarli darajada tezroq unga faks yoki xat yuborish mumkin.— Uchinchi vazifa — kengash vazifasi. Internet tarmog’i — bu mutaxassislar va kompyuterlardan foydalanuvchilar «uchrashadigan» va ularni qiziqtirgan muammolarni muhokama qilishi, interaktiv rejimda foydali ma’lumotlar bilan almashishi mumkin bo’lgan joy.
— To’rtinchi vazifa — tijorat vazifasi. Butun dunyoda tarmoq bo’yicha savdo faol rivojlanmoqda.Imkoniyatli haridor o’z SHK ning еkranida tovarlarni ko’rib chiqadi, buyurtma beradi va kredit kartochkasi bo’yicha ularga xaq to’laydi. Tovar unga еng yaqin savdo punkitidan etkazib kelinadi, tabiiyki, еndi tarmoq bo’yicha еmas.
— Keyingi vazifa — reklama vazifasi. Internet bo’yicha reklama berish, birinchi navbatda uning ommaviyligi va tezkorligi tufayli juda samaralidir.
— Oltinchi vazifa — ko’ngil ochish vazifasi. Katta miqdordagi ko’ngil ochar adabiyotlarni va filmlarni o’qib chiqish va ko’rish mumkin; еng maroqli kompyuter o’yinlarini o’ynash mumkin, turli xil muzeylarning va mamlakatlarning go’zalliklariga sayoxat qilish va ulardan zavqdanish mumkin va boshqa ko’pgina shunga o’xshash narsalar.
— Va nixoyat — maxsus kompyuterli vazifasi. SHK dan foydalanuvchilar еng yangi dastur vositalarini, ko’rsatmalarni va tarmoqda ishlash bo’yicha tavsiyalarni, shu bilan bir qatorda ko’pincha tekinga olishi mumkin.




Yüklə 192,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə